61. Prozelitizm so‘zining ma’nosi?
J: Boshqa dindagi kishilarni o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilish.
62.«Geosiyosat» atamasining qaysi olim ilmiy muomalaga kiritgan?
J: R.Gellen
63. “Aqliy hujum” metodi kim tomonidan ishlab chiqilgan?
J: A.Osborn
64. Fikrlashga undash va fikrlarni jamlash uchun qaysi uslub eng qulay?
J: “Aqliy hujum” metodi
65.......... metodga ko‘ra kichik guruh 4-5 o‘quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari o‘quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Har bir o‘quvchi o‘ziga tegishli qismini puxta o‘zlashtirib ?mutaxasisga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi ?mutaxassislar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi.
J: “Arra-2” metodi
66.“Texnologiya” so‘zi fanga qachon kirib keldi.?
J: 1972 y xato (1872 yil)
67.Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida ?Ommaviy axborot vositalari erkindir va to‘la qonunga muvofiq ishlaydilar. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Deb mustahkamlab qo‘yildi.
J: 67-moddasida
68. ...........- kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni mujassamlantirish imkonini beruvchi zamonaviy kompyuter axborotlari texnologiyasidir.
J:Multimedia
69. .......... - ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan bosma nashr.
J: Monografiya
70. ...............– interaktiv elementlar va giperuzatishlarni qo‘llab, o‘quv fani ma’ruza materialini namoyish qiluvchi multimedik tizim.
J: Elektron ma’ruza
71. ............... – ta’lim va tarbiyaning samarali usullarini amalda tadbiq etish bo‘yicha qisqa va aniq bayon etilgan takliflar majmuidan iborat metodik nashr.
J: Metodik tavsiyalar
72. ............. - fanning o‘quv hajmini qisman yoki to‘liq qamragan va axborotning adaptatsiya blokini o‘z ichiga olgan bo‘lib, masofaviy o‘qitish va mustaqil o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
J: Elektron o‘quv qo‘llanma
16
73. .......... – ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar, qarorlar, nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami sifatida foydalaniladigan doimiy nashr. J: Dayjest
74. ......... - o‘qituvchilar va bilim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop
etiladigan nashr.
J: Uslubiy qo‘llanma
75.Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 16-;15-QG`Q- va 26G`QQ-sonli qo‘shma qarori qachon qabul qilingan?
J: 2016 yil 14 martda
Do'stlaringiz bilan baham: |