Joylashish sharoitlari
Download 475.36 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1. Foydali qazilma haqida tushuncha. 2. Foydali qazilma sifatiga talab. 3. Konlarning joylashish sharoitlari.
MARUZA № 4. FOYDALI QAZILMA VA QOPLOVCHI JINSLARNING SIFAT KО‘RSATKICHLARI. KONLARNING JOYLASHISH SHAROITLARI. Darsning maqsadi – Foydali qazilma va qoplovchi jinslarning sifatiga qо‘yiladigan talab haqida tushunchaga ega bо‘lish va konlarning joylashish sharoitlari bilan tanishish. Reja: 1. Foydali qazilma haqida tushuncha. 2. Foydali qazilma sifatiga talab. 3. Konlarning joylashish sharoitlari. Foydali qazilma haqida tushuncha. Foydali qazilma boyliklariga xо‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan sо‘ng ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan kо‘pgina qoplovchi tog‘ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda. Foydali qazilmalar quyidagilarga ajratiladi: metall (qora, rangli, asil, radiaktiv, va nodir metall ma’danlari); nometall (metallurgiya, ximiya va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo); yonuvchi (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, torf va boshqalar); qurilish tog‘ jinslari (ohaktoshlar, marmarlar, granitlar, shag‘al, qum va boshqalar). Foydalanishga yaroqliligini va iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi xususiyatlar majmuiga foydali qazilma sifati deyiladi. Masalan, kо‘mirlar uchun: tarkibidagi kul mikdori (zolnost), namlik miqdori, bо‘lakligi, mineral aralashmalar miqdori, oltingugurt miqdori, yonish harorati va boshqalar, ma’danli foydali qazilmalar uchun esa-meyorlangan ximiyaviy elementlarning foizdagi hisobi, strukturaviy va teksturaviy xossalari va boshqalar sifat kо‘rsatkichlari hisoblanadi. Foydali qazilmalarning ba’zi sifat kо‘rsatkichlari asosiy hisoblanib, foydali kо‘rsatkichlar, boshqalari esa, ularni qayta ishlash va ulardan foydalanishni qiyinlashtiruvchi bо‘lib, zararli kо‘rsatkichlar hisoblanadi. Masalan: rangli metall rudalari uchun foydali kо‘rsatkichlar, bu – ajratib olinadigan metallar tarkibi, zararlilari esa – mishyak, ikkilamchi sulfidlar miqdori, yuqori namlik va boshqalar hisoblanadi. Foydali qazilma sifati geologik qidiruv davrida aniqlanadi va foydalanish jarayonida barcha uchastkalarda zaboydan iste’molchilarga yetkazib berishgacha bо‘lgan barcha texnologik jarayonlarda uzluksiz nazorat qilib boriladi. Download 475.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling