Joylashish sharoitlari


Foydali qazilma sifatiga talab


Download 475.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana24.02.2023
Hajmi475.36 Kb.
#1227446
1   2   3   4
Bog'liq
4-maruza

Foydali qazilma sifatiga talab. 
Foydali qazilma sifatiga talab konditsiya, texnik shart va davlat standartlari 
kо‘rinishida ifodalanadi. Konditsiya – yetkazib beriladigan mahsulotning 
shartnoma shartiga yoki meyor talablariga javob beradigan (qiymati) 
kо‘rsatkichidir. Kon ishlarida konditsiyadan cheklanish yо‘qolish (poteri) va 
aralashuv (razubojivaniye) bilan baholanadi. 
Yо‘qolish (poteri) – konditsion foydali qazilmalarning yer qa’rida qolib va 
qoplovchi jins tarkibiga qо‘shilib ketishi, yuklash va tashish oqibatida hamda 
boshqa hollarda hajmning kamayishidir. 
Aralashuv (razubojivaniye) – kon ishlarini olib borish jarayonida qoplovchi 
jinslarning va konditsiya talabiga javob bermaydigan foydali qazilmalar turlarining 
konditsiya talabiga javob beruvchi foydali qazilmaga aralashuv darajasini 
belgilaydi. 
Iste’molchilarning talablari va sifatiga bog‘liq xolda foydali qazilmalar 
zaxirasi texnologik tur va navlarga bо‘linadi. Bu tur va navlar odatda qazib 
olishning turli texnologiyalarini talab etadi va ba’zan ularni karyerda alohida qazib 
olish zarurati paydo bо‘ladi. 
Ma’dan turi ximiya-mineralogik tarkibi va boshqa kо‘rsatkichlari bilan 
xarakterlanadi. Ma’dan navlari undagi foydali komponent tarkibi bо‘yicha 
aniqlanadi. Ba’zan esa, zararli komponentlar tarkibi bо‘yicha ham aniqlanadi.
Foydali qazilmaning xar bir turi va navi bо‘yicha о‘zining sanoat talablari 
mavjuddir. Bu talablarning asosini ulardan kelgusida foydalanish va qayta ishlash 
shartlari tashkil etadi. Mahsulot sifatiga bо‘lgan bu talablarni qayta ishlash 
jarayonidagi texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar kafolatlaydi. Foydali qazilmaning 
berilgan sifatidan chekinish, uni qayta ishlashga ketadigan xarajatning о‘sishiga 
olib keladi. Bu esa о‘z navbatida samaradorlikni pasayishiga olib keladi.
Foydali qazilmani boyitish fabrikalarida qayta ishlash jarayonida konchilik 
sanoatining yakuniy samaradorligiga erishiladi. Shuning uchun ham karyerda kon 
ishlarining ishlab chiqarish jarayonida iste’molchiga yetkazib beriladigan foydali 
qazilma sifatiga katta ahamiyat beriladi. 
Qoplovchi tog‘ jinslari nafaqat texnologik xususiyatlari bilan balki, sifat 
kо‘rsatkichlari bilan ham xarakterlanadi. Bu sifat kо‘rsatkichlari qoplovchi tog‘ 
jinslaridan korxonalarda qurilish materiallari yoki xom ashyo sifatida 
foydalanishda alohida о‘ringa egadir. Bundan tashqari ba’zi tog‘ jinslari istiqbolli 
foydali qazilma sifatida ham baholanadi. Ular alohida qazib olinishi va kelajakda 
foydalanishni hisobga olib, maxsus ag‘darmalarga joylashtirilishi kerak. 



Download 475.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling