Joytun madaniyati mil avv. Vii–V ming yilliklar
Download 0.8 Mb.
|
NEOLIT DAVRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaltaminor tarixiy-madaniy majmuasi
Jebel madaniyati Turkmanistonning g‘arbida Sharqiy Kaspiybo‘yi hududida faoliyat yuritgan madaniyat. Bu madaniyat dastlabki o‘rganilgan Jebel yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Jebel, Damdam- chashma I, II, Qaylu, Defichig‘anoq va boshqa yodgorliklarning yuqori madaniy qatlamlari neolit davriga (mil. avv. VII–V ming yillik) oid.
Jebel madaniyati yodgorliklaridan tosh qurollari, hayvonlarning suyagi va sopol buyumlar topib o‘rganilgan. Qurollar tekis tomoniga ega bo‘lgan prizmasimon nukleusdan sindirib olingan tosh bo‘lagidan yasalgan. Plastinkasimon tosh parchasidan yasalgan tosh qurollari soni nisbatan ko‘proq. Tosh qurollari majmuasida mikrolitlarning soni kamchilikni tashkil etadi. Toshdan yasalgan ko‘pgina yorg‘uchoq namunalari ham mavjud. Sopol buyumlari qo‘lda, tasmasimon usulida yasalgan. Xo‘jalikda chorvachilikning mavqeyi ustun bo‘lgan. Topilgan suyaklarning asosiy qismi xonaki echki va qo‘ylarga tegishli. O‘zlashtiruvchi xo‘jalik ahamiyatini yo‘qotmagan. To‘qay va cho‘l sharoitida to‘da bo‘lib yashaydigan hayvon va qushlar ov qilingan. Shuningdek, chuchuk suvda yashovchi baliq suyaklari ko‘p uchraydi. Bu davrda Qoraqumning g‘arbiy qismida baliqlarga serob ko‘llar ko‘p bo‘lgan. Umuman, neolit davri janubi-g‘arbiy va g‘arbiy Turkmaniston hududida neolit davri Joytun va Jebel madaniyatlari faoliyat yuritadi. Ilk ishlab chiqaruvchi xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik shakllariga asoslangan mazkur madaniyatlar O‘rta Osiyoning keyingi davr jamiyati taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Kaltaminor tarixiy-madaniy majmuasi (mil. avv. VII ming yillik oxiri – III ming yilliklar). Quyi Amudaryo, O‘zboy va Sariqamish o‘zani, Markaziy Qizilqum, Quyi Zarafshon va Sirdaryoning quyi oqimi hududida neolit davriga oid mingdan ortiq makonlar aniqlangan. Bu yerlarda yashagan aholi ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik asosida hayot kechirgan. Ularning xo‘jalik shakllari va moddiy madaniyatidagi umumiylik Kaltaminor tarixiy-madaniy majmuasi nomi bilan yuritilishiga asos bo‘lgan. A.V.V inogradov tosh qurollarining yasalish usuliga ko‘ra Kalta- minor madaniyatini ilk, rivojlangan va so‘nggi bosqichlarga ajratgan. Bu madaniyat hududiy jihatdan Oqchadaryo, Lavlakon (Ichki Qizilqum) va Quyi Zarafshon kabi mahalliy majmualardan iborat. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling