ЙўРИҚнома I. Умумий қоидалар


Download 46.76 Kb.
bet5/5
Sana22.01.2023
Hajmi46.76 Kb.
#1111093
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5273954187170812274

Kasbiy malaka - kasbiy harakatlarning avtomatlashgan darajasi

Kasbiy ta’lim - maxsus, kasb-hunar o‘quv muassasalarida ta’lim mazmuni

Kasbiy maslahatlar - o‘quvchi shaxsini o‘rganishga asoslangan, kasb tanlashga yordam ko‘rsatish tadbirlari

Xulosa
O’zbekiston Respublikasida yoshlarni kasbga yo’naltirish tadbirlari bo’yicha qabul qilingan qarorlar mazur ishni markazlashtirilgan tarzda boshqarishda katta rol o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining politexnik ta’lim bo’limi mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish bo’limiga aylantirildi. O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida kasbga yo’naltirish sektori ishlay boshladi.
Kasbga yo’naltirish bilan shug’ullanuvchi yangi tuzulgan va qayta tashkil qilingan bo’limlarning vazifasi tuman, viloyat va respublika miqqiyosida rahbarlikning tashkiliy tajribalarini umumlashtirishdan; kasbga yo’naltirish boshqarmasi bo’g’inlari ishini kuchaytirishning tashkiliy-metodik tadbirlarni ishlab chiqish va tajribada tekshirib ko’rishdan iborat edi.
Shu tariqa respublikada kasbga yo’naltirishni boshqarish tizimining tarkib topishi va rivojlanishi 1970 yildan boshlanadi. U xalq xo’jaligining malakali qadrlarga talab-ehtiyojlarini hisobga olib, kasb tanlashda o’g’il va qizlarga yordam berishi; kasbga yo’naltirish ishini rejalashtirishi, uning mazmunini belgilashi; vazirliklar, idoralar, birgalikda kuch-g’ayratlarini mvofiqlashtirishi lozim edi.
Kasbga yo’naltirishni ilmiy boshqarishni xukumat, korxonalar va tashkilotlarning ishchi kuchini reja asosida tayyorlash va yoshlarni ishchi kasblarga yo’naltirish sohasidagi harakatlari tizimi hisoblash lozim. Shu boisdan kasbga yo’naltirish ishining tashkilotchilari faqat tarmoqlarning emas, balki ayrim korxonalarning ham qadrlarga talab-ehtiyojlarini bilishlari va shu xaqda maktablar va o’qituvchilarga axborot berib turishlari, amaliy tadbirlar dasturini ishlab chiqishlari va uni bajarish uchun kuch va mablag’larni safarbar etishlari; boshqaruv tizimining barcha bo’g’inlari nazorat o’rnatishlari va ularga yordam berishlari lozim.
Mustaqillikka erishgandan so’ng kasb tanlashga yo’llash ishlariga qaratilgan tadbirlar yana qayta jonlantirildi va har doimgidanda ko’proq e’tibor qaratila boshlandi. Bu borada ta’limni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida faoliyat yuritish mamlakatimiz uchun ulkan muvaffaqiyatlarni olib keladi. Umumta’lim maktablarining 8-9 sinflarida mehnat ta’limi fani mashg’ulotlarida o’qitilayotgan kasb tanlashga yo’llash mavzularini samarali tashkil etish ham shular jumlasiga kiradi.
Download 46.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling