Jro etuvchi hokimiyat
) ijro hokimiyatining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishiga mos ravishda tashkil etilishi va faoliyat ko 'rsatishi prinsipi'
Download 27.67 Kb.
|
IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT TIZIMI
1) ijro hokimiyatining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishiga mos ravishda tashkil etilishi va faoliyat ko 'rsatishi prinsipi',
2) ijro hokimiyati organlari faoliyatining qonuniyligi prinsipi', 3) davlat boshqaruvi faoliyati obyektlarining xususiyatlarini inobatga olish prinsipi', 4) ijro hokimiyati organlarini tashkil etishda va ulaming faoliyat yuritishida kollegiallik va yakkaboshchilikning birgalikda mavjud bo - lishi prinsipi', 5) ijro hokimiyati organlarining javobgartigi prinsipi} Ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari, B.N.Gabrichidzening ko'rsatishicha, quyidagi- lardir: — ijro hokimiyati organlarining davlat tuzilishiga mos kelishi prinsipi; . — ijro hokimiyati organini huquqiy tartibga solish prinsipi; — ijro hokimiyati organlarining tizimliligi prinsipi; — funksiyalaming markazlashganligi va markazlashmaganligi hamda bu muammoni tizim ichida hal etish prinsipi; — funksiya va vakolatlaming taqsimlanganligi prinsipi; — professionallik va kompetentlik prinsipi; — qonuniylik prinsipi; — oshkoralik prinsipi; — funksiya va vakolatlaming ketma-ketligi va ulaming ma’lum bir qismining bir ijro hokimiyatidan ikkinchisiga berilishi prinsipi; — ijro hokimiyati organlarining qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan o'zaro munosabati va hamkorlikda funksiyalanishi prinsipi; — ijro hokimiyati organlarini tashkil etishda fuqarolaming ishtiroki prinsipi; — ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va funksiyalanishi jarayonida nazoratni amalga oshirish prinsipi? Yuqorida ko'rsatib o'tilgan ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyati prinsiplari ning tasnifi shartli bo'lib, bu ma- salaga yangicha yondashishga imkon beradi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va joriy qonunlari bilan o'matilgan tartibdan kelib chiqqan holda hamda huquqshunos olimlaming ijro hokimiyati tizimini tashkil etish va ular faoliyatining prinsiplari bo'yicha bildiigan qarashlarini e’tiborga olib, O'zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ko'rsatib o'tishimiz mumkin: 1) Ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etilishining O'zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga mos kelishi prinsipi. Mazkur prinsip — konstitutsiyaviy, keng qamrovli qoida bo'lib, nafaqat ijrohokimiyatining, balki 0‘zbekiston davlati tashkiliy-huquqiy tu- zilishining xususiyatini belgilab beradi. . O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi — suveren demokratik respublikadir. O'zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasidan iborat. Demak, 0‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga unitarlik xususiyati xos boiib, aynan shu asosda ijro hokimiyati oiganlari tizimi tashkil etiladi (lekin unitarlik so‘zini asl ma’nosida tushunish kerak emas. Chunki, O'zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi ham mavjud. O'zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi aralash shaklga ega, ya’ni unitarlik va federativ davlat tuzilishlarining xususiyatlarini o'z ichiga olgandir); 2) Ijro hokimiyati organlarining fuqarolar oldida mas’ulligi prinsipi. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Konstitutsiyaning 14-moddasiga binoan esa davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi; 3) Ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda qonuniylik prinsipi. Mazkur prinsip nafaqat ijro hokimiyati organlariga, balki barcha shaxslarga taalluqlidir. Qonuniylik prinsipi — konstitutsiyaviy asosga ega boiib, unga amal qilish shartdir. Ijro hokimiyati oiganlari 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida tashkil etilishi, shuningdek, o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkin. 4) Ijro hokimiyati organlari faoliyatida markazlashganlik va markazlashmaganlikning mavjud bo ‘lishi prinsipi. Markazlashganlik ijro hokimiyati oiganlari tizimining yago- naUgidan kelib chiqadi. Markazlashtiiganlik — quyi turuvchi oigan- laming yuqori turuvchi oiganlaiga bo‘ysunishi, yuqori turuvchi oiganlar normativ hujjatlarining quyi oiganlar uchun majburiy- ligida, ayrim hollarda yagona predmet va vakolatlar doirasida biigalikda faoliyatni amalga oshirishda yaqqol namoyon boiadi. Markazlashmaganlik esa qonunchilik aktlari bilan maium bir ijro hokimiyati oigani zimmasiga faoliyat predmeti va vakolatlaming yuklatilishi boiib, tashqaridan (yuqori turuvchi organning) aralashuvisiz mustaqil amalga oshirishdir. Bunda vertikallik bo'yicha faoliyat predmeti va vakolatlaming taqsimlanishi, mavjud bo'lmaydi. 5) Ijro hokimiyati sohasida funksiyalar va vakolatlaming taq- simlanganligi prinsipi. Ushbu prinsip ijro hokimiyati organlari faoliyatining predmeti va vakolatlar doirasining tizimga kiruvchi organlar o'rtasida taq- simlanishini belgilab beradi. Har bir ijro hokimiyati organi aniq faoliyat va vakolatlar doirasiga ega boiadi, undan tashqariga chi- qishga yo'l qo'yilmaydi. 6) Ijro hokimiyati organlari faoliyatining kollegiallik va yakka- boshchilik asosida tashkil etilishi prinsipi. Mazkur prinsip ijro hokimiyati organlarini tashkil etishda va ular faoliyatini amalga oshirishda, davlat boshqaruv faoliyatining muhim masalalarini hal etishda jamoa fikrining hisobga olinishini ta’minlaydi. Shu maqsadda, ijro hokimiyati organlari tizimida turli xildagi maslahat, muvofiqlashtiruvchi kengash va hay’atlar tashkil etiladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasida deyarli barcha vazirliklar va davlat qo'mitalari tizimida Kengash va hay’atlar faoliyat ko'rsatadi. Shu bilan birga ijro hokimiyati organlari faoliyatida yakka- boshchilik ham mavjuddir. Yakkaboshchilik — ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirishda, shuningdek, tegishli boshqaruv tartibini o'matishda zarur boigan intizomni ta’minlashga xizmat qiladi. Kollegiallik — boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalidir, yakkaboshchilik esa — davlat-boshqaruv faoliyatining ajralmas bel- gisidir. Ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplariga xalq hokimiyatchiligi, oshkoralik, insonlar va fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, javobgarlik kabi prinsiplami ham kiritishimiz mumkin. Download 27.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling