Jro etuvchi hokimiyat


Download 27.67 Kb.
bet3/6
Sana03.12.2023
Hajmi27.67 Kb.
#1798322
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT TIZIMI

Ijro hokimiyati organlari — davlat hokimiyatining bir bo‘g‘ini bo'lib, davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan hamda davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo'lgan siyosiy tashkilotdir.
Yu.N.Starilovning fikricha, ijro hokimiyati subyektlari o'matilgan kompetensiya1 doirasida davlat boshqaruvini amalga oshiradilar. Ijro hokimiyati — davlat boshqaruvi organlari tizimidan tashqarida mavjud bo'lishi mumkin emas. Ijro hokimiyati — bu uning organlarini, ya’ni normativ tartibda o'matilgan maqsad, vazifa, kompetensiya, tuzilma va boshqamv personali (davlat xizmat- chilari)ga ega bo'lgan davlat boshqaruvi organlarini tashkil etish va ular fimksiyalanishining tizimidir.
Ijro hokimiyati organlari — bu hokimiyat organlari tizimining bir qismi bo'lgan, qonunlar va boshqa normativ hujjatlami ijro etish va ijrosini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladigan, boshqaruv harakatlarining maxsus shakl va uslublaridan foydalanib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan, tegishli tuzilishga, kom- petensiyaga, davlat-hokimiyat vakolatlariga va davlat xizmatchilari shtatlariga ega bo'lgan tashkilotdir.
A.P.Alexinning ko'rsatib o'tishicha, ijro hokimiyati oiganlari tashkiliy, funksional va huquqiy jihatdan asoslantirilgan tashkilotdir, ya’ni:
a) ijro hokimiyati organlari qandaydir boshqa tashkilotning tarkibiga, tuzilmaviy bo'linmasiga kirmaydi (tashkiliy asos);
b) ijro hokimiyati oiganlarining asosiy maqsadi — o'matilgan funksiyalar doirasida jamiyat hayotining xo'jalik, ijtimoiy-madaniy, ma’muriy-siyosiy sohalariga rahbarlik qilish bo'yicha boshqaruv, ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirish hisoblanadi (funksional asos);d) ijro hokimiyati organlari — huquqiy aktlar bilan o'matilgan o'zining kompetensiyasiga egadir (huquqiy asos).1
Ijro hokimiyati oiganlarining tushunchasi hokimiyat bo'linishi prinsipidan kelib chiqadi, uning mazmuni esa—ijro hokimiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
Yu.M.Kozlovning fikricha, ijro hokimiyati oiganlari — mazkur davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi asosiy subyekt bo'lib, uning ishtirokisiz davlat-boshqaruv faoliyatini ro'yobga chiqarish, ma’muriy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish mumkin emas. Bundan tashqari, ma’muriy huquq boshqa subyektlarining ma’muriy huquqiy holati, aynan mana shu davlat oiganlarining faoliyatida namoyon bo'ladi.2
Ijro hokimiyati oigani, B.N.Gabrichidzening fikricha, ijro hokimiyati mexanizmi (tizimi)ning tarkibiy qismi bo'lib, ijro hokimiyati sohasida davlat ko'rsatmasiga ko'ra va davlat nomidan harakat qiladi; ijro etish va farmoyish berish xususiyatidagi faoliyatni amalga oshiradi; o'zining kompetensiyasiga ega; o'zining tuzilishiga ega; faoliyatning o'ziga xos boigan shakllari va uslub- larini qoilaydi.3
Ijro hokimiyati oiganlari — davlatning ijro hokimiyati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Mazkur oiganlar mazmuni va uslublariga ko'ra, o'ziga xos boigan davlat faoliyatini — davlat boshqaruvini amalga oshiradilar.
Ijro hokimiyati organlari o'zining davlat-huquqiy tabiatiga ko‘ra, o'zini-o'zi boshqarish oiganlaridan, funksional ahamiyatiga ko'ra esa davlat hokimiyatining boshqa organlaridan, shuningdek, davlat korxona va muassasalaridan farqlanadi.
Ijro hokimiyati organlari davlatning normal funksiyalanishini ta’minlash maqsadida vakillik (qonunchilik) va sud oiganlari bilan o'zaro munosabatda boiadi. Bu munosabatlar turli xildagi tashkiliy shakllarda namoyon boiishi mumkin (masalan, kelishuv komissiyalari yoki vakillik oiganlarining majlislarida ijro hokimiyati organi mansabdor shaxsining maiumotlarini tinglash).
Ijro hokimiyati oiganlari mustaqil oiganlar boiib, yuridik mazmuniga ko'ra, ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalgaoshirib, huquqiy aktlarni qabul qilish va ulami amalga oshirish bo'yicha davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo'ladilar. Ular keng doiradagi huquq ijodkorligi, huquqni qo'llash va huquqni himoya qilish bo'yicha vakcflatlarga ega bo'ladi. Shuni alohida ta’kidlab o'tish lozimki, ijro hokimiyati organlarining mustaqilligi, huquq bilan belgilangan doirada bo'ladi. Ulaiga nisbatan «taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin≫ degan qoida tatbiq etilmaydi.
Ijro hokimiyati oiganlari—huquqiy aktlar bilan belgilangan vakolat doirasida, ma’lum bir tartibda va o'matilgan huquqiy shakllarda harakat qilishlari mumkin.
Ijro hokimiyati oiganlari huquqiy holatining muhim xususiyat- laridan biri — bu ular faoliyatining qonunosti xususiyatiga ega ekanligidadir. Ular o'z faoliyatlarida Konstitutsiya va qonunlarning talablariga qat’iy rioya qilishlari, bajarishlari va o'z vakolatlari doirasida ularning boshqalar tomonidan bajarilishiga ko'maklashish- lari lozim.
A.P.Alyoxinning ko'rsatib o'tishicha, ijro hokimiyati oiganlari
- budjet tomonidan moliyalashtiriladi, yuridik shaxs maqomiga, ya’ni fuqarolik huquq layoqatiga ega bo'ladi.
Yu.M.Kozlov esa, fuqarolik huquq layoqati ijro hokimiyati organlari huquqiy holatining xususiyati hisoblanmaydi. Yuridik shaxs •kategoriyasini ulaiga nisbatan qoilab bo'lmaydi, chunki u ijro hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat- boshqaruv faoliyati bilan bog'liq emas, deb ko'rsatadi.

Yu.M.Kozlov, ijro hokimiyati organlarining quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatib o'tadi:


1. Ijro hokimiyati organi — qonunchilik va sud hokimiyati oiganlari singari davlat apparatining alohida bo'g'ini hisoblanadi. Ijro hokimiyati oiganlari davlat nomidan uning siyosatini turli sohalarda — xo'jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy soha- larda amalga oshiradilar; ma’lum bir hajmdagi davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo'ladilar;
2. Ijro hokimiyati oiganlariga beriladigan davlat-hokimiyat vakolatlari ulaming huquqlarida o'z ifodasini topadi hamda quyi- dagilarda namoyon bo'ladi:a) davlat nomidan majburiy bo'lgan huquqiy aktlarni qabul qilish. Bunday aktlar — bevosita ulaiga bo'ysunivchi korxona va muassasalaiga yoki quyi turuvchi ijro hokimiyati oiganlariga yoki kimga bo'ysunishi va qanday mulk shaklida bo'lishidan qat’i nazar, barcha korxona va muassasalaiga yoki jamoat (nodavlat) tashki- lotlariga yoxud keng shaxslar doirasiga (shu jumladan, fuqarolaiga) majburiylik xususiyatiga ega;
b) huquqiy aktlar bilan o'matilgan talablar va qoidalarga rioya etilishi ustidan kuzatuv (nazorat)ni amalga oshirish;
d) huquqiy aktlar talablarining bajarilishini ta’minlash va ulami turli xildagi buzilishlardan davlatning ta’sir choralarini, masalan, ishontirish, tushuntirish, rag'batlantirish yoki majburlov choralarini qo'llash orqali himoya qilish.
3. Davlat-hokimiyat vakolatlari barcha davlat hokimiyati or- ganlariga berilganligi sababli, unda ijro hokimiyati oiganlari vako- latining doirasini o'rnatish muhim ahamiyatga egadir.
Ijro hokimiyati oiganlari davlat-hokimiyat vakolatlaridan, faqatgina boshqaruv faoliyatida foydalanadi.
Ijro hokimiyati oiganlari — xo'jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida qonunlar va qonunosti hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli, ulaiga tegishli bo'lgan davlat-hokimiyat vakolatlari, ijro etish va farmoyish berish yoki davlat boshqaruv faoliyati amalga oshiriladigan sohalar doirasida bo'ladi.
Qonunchilik hokimiyati oiganlari ham qonunlami qabul qilish va ulaming ijrosini nazorat qilish orqali, mazkur sohalarda rahbarlikni amalga oshirishi inuiukin. Sud hokiiniyati oiganlari esa ushbu sohalarda, umuman rahbarlikni amalga oshirmaydi.
Demak, ijro hokimiyati oiganlarining funksional ahamiyati bo'lib, ijrochilik hisoblanadi.
4. Ijro hokimiyati organlari о z faoliyatlarini qonun asosida va qonunlami ijro etish maqsadida amalga oshiradi, ya’ni ulaming faoliyati qonunosti xususiyatiga egadir. O'zlarining faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida mazkur organlar qonun talablarini, shuningdek, davlat boshqaruvi sohasida o'zlari tomonidan o'matilgan talablar va qoidalarning bevosita amalga oshirilishini tashkil eta- dilar.
5. Respublika va mahalliy miqyosda harakat qiluvchi ijro hokimiyati organlari yagona davlat ma ’muriyati tizimini tashkil etadi. Mazkur tizim doirasida har bir bo'g'in, ya’ni aniq bir ijro hokimiyati oigani operativ mustaqillikka ega bo'ladi. Bu unga tegishlibo'lgan vakolatlar hajmi va javobgarlik doirasi singari, mazkur or- ganlarning kompetensiyasi (vakolati)da ifodalangan. Ijro hokimiyati organlarining kompetensiyasi Konstitutsiyada, joriy qonunlarda hamda boshqa normativ hujjatlarda o'z ifodasini topadi.
6. Ijro hokimiyati oiganlari korxona va muassasa singari, fuqarolaming ma ’lum bir jamoasi bo'lib, ma’muriy-boshqaruv personali (xodimlari)dan yoki davlat xizmatchilaridan iborat. Lekin bunday jamoaning maqsadi korxona va muassasaning maqsadlaridan farq qiladi; ikkinchidan esa ijro hokimiyati organini tashkil etuvchi mazkur jamoa doirasida ma’lum bir tashkiliy-huquqiy aloqalar vujudga keladi, funksional majburiyat va huquqlar taqsimlanadi, shuningdek, yuklatilgan ish bo'yicha javobgarlik belgilanadi. Bu — davlat-xizmat munosabatlari bo'lib, mazkur oiganning xodimlari — davlat xizmatchilari hisoblanadi.
7. Ijro hokimiyati organlari - tashkiliy tuzilishga, ya’ni bo'ysunivchi tuzilmaviy bo'linmalami tashkil etishni nazarda tUtuvchi ichki qurilishga ega bo'lgan davlat organidir.
8. Har bir ijro hokimiyati organi — davlat boshqaruvi faoliyatining ma ’lum bir hududiy yoki predmetli doirasiga ega. Ijro hokimiyati organlarining faoliyati ma’lum bir hududlarda, masalan, butun davlat yoki ma’lum bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, ijro hokimiyati oiganlari umumiy yoki maxsus ahamiyatga ega bo'lgan (predmetli) boshqaruv fiinksiyalarini, masalan, tartibga solish, ruxsat berish, nazorat va farmoyish berish kabi funksiyalarni amalga oshirishlari mumkin.1
Tabiiyki, savol tug'ilishi mumkin, davlat korxona va muassasalarida tashkil etiladigan ijro organlarining tutgan o'mi qanday? Ulami ijro hokimiyati organlari umumiy tizimining bo'g'ini sifatida ko'rib chiqish mumkinmi?
Davlat tizimidagi korxona va muassasalaming ma ’muriyati (ijro organlari) — ijro hokimiyati oiganlari singari harakat qiladilar, lekin ulaming faoliyati aniq belgilangan doirada bo'ladi. Yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, ijro hokimiyati organlari o'zlarining vakolatlarini tashqarida, ya’ni huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi boshqaruv obyektlariga nisbatan amalga oshiradilar. Korxona va muassasa ma’muriyati esa, o'zining vakolatlarini faqatgina ichki tuzilmaga nisbatan amalga oshirishlari mumkin. Shu sababli.ulaming - vakolatlari — korxona, muassasa xodimlariga nisbatan majburiy kuchga ega bo‘ladi.
Demak, ijro hokimiyati organi — bu hokimiyat bo'linishi prinsipiga asoslanib, davlat tomonidan jamiyatning xo'jalik, ijtimoiy- madaniy va ma’muriy-siyosiy hayotining turli sohalarida ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirish yuklatilgan hamda ma’lum bir davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo'lgan davlat hokimiyati. mexanizmining bo'g'ini hisoblanadi.
5) ijro hokimiyati organlarining javobgartigi prinsipi}
Ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari, B.N.Gabrichidzening ko'rsatishicha, quyidagi- lardir:
ijro hokimiyati organlarining davlat tuzilishiga mos kelishi prinsipi; .
ijro hokimiyati organini huquqiy tartibga solish prinsipi;
ijro hokimiyati organlarining tizimliligi prinsipi;
funksiyalaming markazlashganligi va markazlashmaganligi hamda bu muammoni tizim ichida hal etish prinsipi;
funksiya va vakolatlaming taqsimlanganligi prinsipi;
professionallik va kompetentlik prinsipi;
qonuniylik prinsipi;
oshkoralik prinsipi;
funksiya va vakolatlaming ketma-ketligi va ulaming ma’lum bir qismining bir ijro hokimiyatidan ikkinchisiga berilishi prinsipi;
ijro hokimiyati organlarining qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan o'zaro munosabati va hamkorlikda funksiyalanishi prinsipi;
ijro hokimiyati organlarini tashkil etishda fuqarolaming ishtiroki prinsipi;
ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va funksiyalanishi jarayonida nazoratni amalga oshirish prinsipi?
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyati prinsiplari ning tasnifi shartli bo'lib, bu ma- salaga yangicha yondashishga imkon beradi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va joriy qonunlari bilan o'matilgan tartibdan kelib chiqqan holda hamda huquqshunos olimlaming ijro hokimiyati tizimini tashkil etish va ular faoliyatining prinsiplari bo'yicha bildiigan qarashlarini e’tiborga olib, O'zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ko'rsatib o'tishimiz mumkin:
1) Ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etilishining O'zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga mos kelishi prinsipi. Mazkur prinsip — konstitutsiyaviy, keng qamrovli qoida bo'lib, nafaqat iIjro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari
Ijro hokimiyati organlari tizimi deganda — ijro hokimiyati organlarining yig'indisi va ular o'rtasida kompetensiyani taqsimlash asosida o'zaro munosabatlarining tizimi tushuniladi. Tizimlilik — ijro hokimiyatini tashkil etuvchi hamda uni amalga oshiruvchi subyektlar o'rtasida — faoliyat olib borish predmeti va valcolatlaming taqsimlanishini belgilab beradi.
Yuridik adabiyotlarda, ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari turlicha ko'rsatib o'tilgan. Jumladan, A.P.Alyoxinning ko'rsatib o'tishicha, ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplariga:
a) ijro hokimiyati organlarining davlat tuzilishiga mos kelishi prinsipi',
b) markaziashganlik va markazlashmaganlikning о zaro bir vaqtda mavjudligi prinsipi;
d) qonuniylik prinsipi kiradi.1
Yu.M.Kozlovning fikricha, prinsiplar — ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining muhim siyosiy-huquqiy va tashkiliy-huquqiy asoslari bo'lib, quyidagilardan iboratdir:

Download 27.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling