Jumaqul Amonov 1905-1973


Ma’murov Jumaqul (Jumaquli Ma’mur)1900-1949


Download 304.5 Kb.
bet15/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Ma’murov Jumaqul (Jumaquli Ma’mur)1900-1949


Bu inson haqida Darband eli orasida ko’p yaxshi gaplar, yaxshi xotiralar bor. Negaki o’zini e’tiqodiga sodiq qolgan, xalq davlat manfaatini himoya qilgan mohir mergan pahlavon kelbatli inson bo’lgan. Albatta sho’rolar hukumati ham o’sha davru zamonlarda qo’lidan ish keladigan davlat koriga yaraydigan insonlarni o’z saflariga jalb etgan. Ulardan foydalangan. Jinoyatchilikni oldini olish davlat tavraqqiyotini yo’lga qo’yish kambag’allika barham berish ommaviy savodxonlikni oshirish o’sha darvni eng muhim vazifalaridan hisoblangan.
Bu hamqishlog’mimiz Darbandda tug’ulib yetti yillik maktabni tamomlab Shahrisabz qishloq xo’jalik texnikumini tamomlab Darband xo’jaligiga ishga keladi. Tez orada o’zini tashabbuskorligi madaniyatliligi eng muhiti odamlar bilan til topishda mohir ekanligi bilan ko’zga tashlanadi. Bu xislatlari uni tezda el orasida mashhur qilgan. U qishloqda hosilot, qishloq yig’ini raisi, bo’lim boshlig’i lavozimlarida sharaf bilan ishlaydi. Tashabbuskorligi baqquvat chaqonligini hisobga olib u o’sha paytda militsiya ishiga jalb etiladi. Bu sohada sharaf bilan ishlaydi. Shu bilan birgalikda ko’p xayrli ishlarni amalga oshirishga erishadi. Uni tashabbusi bilan birinchi marotaba Go’rhoji qishlog’i orqali mashina va piyoda yo’li Sarimask tog’igacha quriladi. Bu yo’llarni ta’mirlash o’sha yerlarda mashina qatnovini yo’lga qo’yish og’ir ish bo’lishiga qaramsadan uni qurilishi ta’mirlashiga bosh-qosh bo’ladi. Uni birinchi marotaba 1948 yilda militsiya kiyimida Sarimask tog’ini teppasiga mashina bilan chiqib mashina va otga minib qurol bilan suratga tushganlari bor.
Jumaqul Ma’mur taqdir taqozosi bilan besh-olti marotaba uylangan. Birinchi oilasi Ambar otindan O’g’uloy, Uldon, Basanda, Noroy degan farzandlari bo’lgan. 1946 yilda J.Ma’murov Toshkentga militsiya maktabiga o’qishga borgan chog’i o’sha yerda o’qiyotgan Qurbon bika ismli xorazmlik ayol bilan tanishib uni Darbandga olib keladi. U ayol darbandda xorazim viloyatidan bo’lganligi bois Xo’ro’zm nomi bilan mashhur bo’ladi. Undan Ismoil degan yakkayu yagona o’g’il yodgor qoladi. Taqdirni qarangki o’sha Ismoil akadan o’n nafar alp kelbatli polvon o’g’illar tug’ilgan. Bu ham hayotni bir sirli ko’rinishi desak xato bo’lmaydi. Eng qizig’i men u kishini kelinlari bo’lmish Habiba aya bilan suhbat qurganimda qaynotalari bo’lmish Jumaqul Ma’murovni o’g’il farzand ilinjida bir necha marotaba uylanganliklari xotinlari haqida to’liq ma’lumot berdilar. Bu ma’lumotlar kitobni Mansur Arbob kim bo’lgan maqolasida mufassal bayon etilgan. Shunda Habiba aya Qurbon bikani Toshkentdan qanday qilib Darbandga olib kelganliklarini aytib berdilar.-
Men qaynanamni yakkayu yagona kelini edim. U kishi qarib qolganida ko’p xotiralarini gapirib bergan edilar. Bir kuni so’radim nega tappa tuzuk siz bir uzoq qishloqdan bo’lgan qaynatamga ergashib keldingiz deganimda qaynanam kulib axir bobong meni boplab aldadida. Nima deb aldadi? Tomorqamizda bir katta tut daraxtim bor. Har yili shu tut daraxti yeti xil meva tugadi. Shuni hech sirini bilmayapman deganida meni ham shu tutni ko’rish ishtiyoqi tug’ulib qo’shilb keldim. Birdaniga to’y qilib meni niqohlab oldilar deb kulgan edilar. U kishiga Alloh uzoq umr berdi. Kasal paytlari qarindoshlarini Xorazmdan chaqirgan. Xo’ro’zm momo vataniga qaytib borishga ko’nmagan. Bir o’g’lim bor. Men bu yerda hech kimdan yomonlik ko’rmadim deganlar. Deb 2011 yilda vafot etganlar. Darband qabristoniga dafn etilgan. J.Ma’murov Qurbonbika bilan bor yo’g’i 3 yil yashagan. Bir o’g’il shu Ismoil yodgor qolgan. 1949 yilda vafot etgan. Hamqishlog’imiz yodi farzandlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi.

Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling