Jumaqulov Ibroim 1967 yilda tug’ilgan
Darband qishlog’ida tug’ilgan bu inson yoshligida o’ta mehrubot ota onasi erkatoy farzandi bo’lib voyaga yetdi. Har bir ishni o’z vaqtida bajarishi bois oila ahli uni yaxshi ko’rishgan. U maktab davridayoq o’zini xush xulqi yetuk odob-axloqi bilan oila nazariga tushgan edi. O’rta maktabni tamomlab Tojikistondagi Politexnika oliygohida ta’lim oldi. Qaytib kelib bir muddat Muzrabot tumanida ishladi. Keyinchalik chet elda ishlab kelish maqsadida Maskvaga borib bir iki yil ishlab keldi. Uylandi, farzandli bo’ldi.
Biroq 2004 yilda chet elga chiqib ketib ishlab yurdi. Onasiga qo’ng’iroq qilib yana vatanga qaytayotganini aytganida onai zor uni mushtoqlik bilan kutib o’tirdi. Tasodifni qarangi ushbu qo’ng’iroq o’g’lini so’ngi qo’ng’irog’i va uni ovozini so’ngi marotiba eshitayotganini onai zor qaerda bilsin. Shu bo’ldiyu Ibroim boshqa qo’ng’iroq ham qilmadi qaytib ham kelmadi. Daragi ham chiqmadi.
Ha har bir inson taqdirini Alloh biladi. Onaxon hozirgacha o’g’lini yo’liga mushtoq bo’lib yashaydi. Eshik tiq etganida go’yo Ibrohimi kirib keladigandek uni kutib yashaydi. Uni na tirik na o’lik ekanligidan xabar topmagan onaxonni xaligacha umid ishonch tark etmagan. Go’yoki bir kuni uni o’g’li assalomu-aleykum onajon men adashib qaerlarga borib qolipman mana qaytib keldim kuttirib qo’ygan bo’lsam uzr deb kirib keladigandek. Iloho shunday bo’lsin. Agarda tirik bo’lsa bir kuni qaytib kelsa bu onaxon ikki yuz yil yashashi turgan gap. Shunday ekan bu bedarak yo’qolgan o’g’il taqdirini tirikligini Allohdan so’rab qolamiz. Rafiqasi: Abdumo’minova Xayriniso. Farzandlari: Bahrom, Dovud, Dilshod. Agar onamiz shoira bo’lganlarida ushbu misralarni bitgan bo’lur edilar
O’g’lim nega qaytib kelmaysan.
Yo’laringa mushtoq ko’zlarim toldi,
Alloh deb yolvorgan so’zlarim qoldi,
Na senga yetkazdi na jonim oldi.
Nega g’arib onangni sen izlamaysan.
Do'stlaringiz bilan baham: |