Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Download 1.04 Mb.
bet79/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Zarafshon qo’riqxonasi. Bu qo’riqxona Samarqand shahrining Zarafshon daryosi qayirida tashkil etilgan. Qo’riqxonaning o’simlik va hayvonot dunyosi xilma-xildir. Qayir to’qaylarida 140 dan ortiq o’simlik turi o’sadi. Bu yerda keng tarqalgan qush Zarafshon qirg’ovulidir. Qo’riqxonada chiyabo’ri, tulki, bo’rsiq, to’qay mushugi va boshqa hayvonlar uchraydi. Qo’riqxonaning asosiy vazifasi qayir- to’qay tabiiy majmularini saqlash hamda qirg’ovulni muhofaza qilish va ko’paytirishdir.
Qizilsuv qo’riqxonasi. Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan. Uning hududida ayiq, qoplon, tog’ echkisi, umuman tog’-o’rmon mintaqasi, archazorlar va uning hayvonlari muhofaza qilinadi.
Miroqi qo’riqxonasi. Hisor tizmasi shimoliy yonbag’rida, Oqsuv daryosi irmoqlari havzasida joylashgan. Qo’riqxona va uning landshaftlari xilma-xildir. U o’ziga xos o’simlik va hayvonlarga juda boy bo’lib, ularning tarqalishi balandlik mintaqalari qonuniyatiga bo’ysunadi. Qo’riqxonada Tayanьshanь tulkisi, ayiq, Farg’ona bursig’i, qor barsi, silovsin kabi hayvonlar muhofaza qilinadi. Qizilsuv qo’riqxonasining asosiy vazifasi balandlik mintaqalarining tabiiy majmuilarini o’rganish va muhofaza qilishdir.
Vardanzi qo’riqxonasi. Qo’riqxona qadimgi Vardanzi shahri o’rnida tashkil etilgan.Saksovul o’rmoni bu yer uchun xarakterli bo’lgan qumli cho’l tabiiy majmuining vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Ayni vaqtda bu qo’riqxonada tarixiy yodgorliklar ham muhofaza qilinadi.
Arnasoy cho’l-ko’l qo’riqxonasi. Jizzax shahridan 60 km shimolda joylashgan Arnasoy ko’l qo’riqxonasi. Qo’riqxonada sho’rxoklar, botqoqliklar, lyossli tekisliklar uchraydi. Tuzkon ko’li ham qo’riqxona tarkibiga kiradi. Uning lyossli tekislik qismida cho’l uchun xos bo’lgan efemer o’simliklar, juzg’un o’sadi. Qamish va butazorlarda ondatra, yovvoyi cho’chqa, bo’ri, bo’rsiq, to’-qay mushugi va boshqa hayvonlar yashaydi. Qo’riqxona akvatoriyasida qishda va bahorda o’rdak, g’oz, oqqush, qorabuzov, qirg’ovul va boshqalar to’planadi. SHuningdek, bu yerda sazan, laqqabaliq, mo’ylovbaliq, oqqayroq, qizilqanot va boshqalar uchratiladi. Arnasoy qo’riqxonasining asosiy vazifasi cho’l va sun’iy hosil bo’lgan akvatoriyada yashovchi va qishlovchi qushlarni, cho’l hamda botqoqlik qamishzor majmuilarini o’rganish va muhofaza qilishdan iborat.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling