Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Payg’ambarorol qo’riqxonasi


Download 1.04 Mb.
bet77/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Payg’ambarorol qo’riqxonasi. Bu Termiz shahridan 20 km quyida joylashgan. Orolning maydoni 4000 gektar. Payg’ambarorol qo’riqxonasining to’rtdan uch qismi qalin to’qayzorlar bilan qoplangan. To’qaylarda asosan turangi, jiyda va turli xil o’tlar o’sadi. Qum tepalarida esa yulg’unlar ko’p bo’lib, ularning atrofini tikanli jingilzorlar o’rab olgan. Pastroq yerlar qamishzorlar bilan qoplangan. Orolning janubiy qismida saksovul, juzg’un, efemerlar tarqalgan. 1960 yilda qo’riqxonaga Buxoro bug’usi keltirilgan. Bu yerda yovvoyi cho’chqa, qum quyoni, chiyabo’ri, qirg’ovul juda ko’p. Sudralib yuruvchilardan kaltakesak, toshbaqa, echkemar, zaharli ilonlar ko’p uchraydi. Payg’ambarorol qo’riqxonasi to’qay landshafti va uning noyob hayvoklarini muhofaza qilish, o’rganish bilan mamlakatimizda, hato jahonda mashhur.
Qorako’l qo’riqxonasi. Buxoro viloyatida joylashgan. Qo’riqxona hududidan Amu-Qorako’l va Amu-Buxoro kanallari oqib o’tadi. Kanal suvi to’lib, atroflarda bir necha ko’llar hosil qilgan. Bular ko’plab baliq va qushlarning oromgohiga aylangan. Qo’riqxonada 200 ga yaqin yuksak o’simliklar uchraydi, shundan 30 tasi daraxt va butalardir. Kanal yoqasi va ko’llar atrofidagi to’qayzorlarda asosan jiyda, turangi, tol, terak, qizil jing’il, yulg’unlarning bir necha turi, qamish va boshqa o’simliklar keng tarqalgan. Qumlarda asosan qora saksovul, qandimning 6 turi, singrenning 3 turi, cherkez, iloq va boshqa o’simliklar tarqalgan. Qo’riqxonaning kanal va ko’llarida baliqlarning 32 turi uchraydi. Qumli qismida esa sudralib yuruvchilardancho’l toshbaqasi, kaltakesak, echkemar, bo’g’mailon, o’qilon, charxilon va boshqalar yashaydi. Sutemizuvchilarning 30 dan ortiq turini qo’riqxona hududida uchratish mumkin. Ular orasida bo’ri, chiyabo’ri, tulki, qum mushugi va qum quyoni, ingichka barmoqli yumronqoziq va qum sichqonlari uchraydi. Qo’riqxonada qushlarning 170 dan ortiq turi mavjud. O’troq turlar orasida Zarafshon qirg’ovuli kenja tur bo’lib, uni qo’riqlash va ko’paytirish ishlari olib boriladi. Qo’riqxonada cho’l majmulari muhofaza qilinadi, shuningdek, cho’l o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishi o’rganiladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling