Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i to’g’risida


Download 1.04 Mb.
bet74/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i to’g’risida. 1978 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Ilmiy Kengashi O’zbekiston «Qizil kitobi»ni ta’sis etdi. 1983 yili nashr qilingan «Qizil kitob»ning birinchi jildiga 22 turdagi sutemizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlar kiritilgan edi. «Qizil kitob»da hayvonlar soni va uning o’zgarish sabablariga, ayrim turlarning ahvoli va ularning ko’payishiga, muhofaza qilish bo’yicha belgilangan hamda mo’ljallangan tadbirlarga alohida e’tibor berilgan. SHuningdek, biotexnik tadbirlar, qo’riqlanadigan zonalar va qo’riqxonalar barpo etish, brakonьerlarga qarshi kurash, kishilarning ekologik bilimini oshirish taklif etilgan. Respublikamiz «Qizil kitobi»ni har 5 yilda yangilab turish ko’zda tutilgan. «Qizil kitob»ning hayvonot dunyosini o’rganish O’zbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya va Parazitologiya instituti zimmasiga yuklatilgan. Hozirgi kunda «Qizil kitob»ga kiritilgan ayrim turdagi sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlar alohida nazorat ostidadir. O’zbekiston hayvonot dunyosini chuqurroq o’rganish natijasida «Qi-zil kitob»ning keyingi nashriga olimlar qoshiqburun va qorabosh qulog’ichni kiritishni tavsiya etishmoqda. O’zbekiston «Qizil kitobi»da faqat umurtqali hayvonlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qayta chop etiladigan «Qizil kitob»da umurtqasiz jonivorlar vakillarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston «Qizil kitobi»ning ikkinchi jildya 1984 yilda nashr etildi. Unga davlat muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi 163 tur o’simlik kiritilgan. Ushbu «Qizil kitob»dagi o’simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifiga binoan 4 toifaga ajratildi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Yo’qolib ketgan yoki yo’qolish arafasidagn turlar.

  2. Noyob turlar (ma’lum kichik maydonlarda o’zigaxos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar).

3. Yo’qolib borayotgan turlar.
4. Kamayib borayotgan turlar.
«Qizil kitob»ning yangi nashrida muhofazaga olingan o’simlik turlari soni 400 ga boradi. Unda o’simlik har bir turining nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha ta’rifi, tarqalishi haqida ma’lumotlar keltirilgan, sxematik xaritada ularning o’sish joyi ifodalangan. SHuningdek, ilmiy ma’lumotlar asosida ta-biatdagi miqdori va ushbu tur arealining o’zgarish sa-bablari, tabiiy sharoitda ko’payish yo’llari, muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan. SHunday qilib, «Qizil kitob»ning mohiyati shundaki, u nabotot va hayvonot olamining noyob, yo’qolib ketish xavfi ostida turgan turlar haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir. Uning vazifasi jamoatchilik va . davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishda va turlar genofondini saqlab qolishga ko’maklashishdan iborat. «Qizil kitob» lar Vatanimizda o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasidagi eng muhim xayrli ishlardan biri bo’lib hisoblanadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling