Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Ekologik muammolarni hal etishdagi tajriba va milliy dasturlarning axamiyati


Download 1.04 Mb.
bet71/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Ekologik muammolarni hal etishdagi tajriba va milliy dasturlarning axamiyati. Barcha mamlakatlarda milliy miqyosida tabiatdan foydalanish siyosatiga rahbarlikni uyushtiruvchi markaziy organlar paydo bo’ldi. Masalan, Yaponiyada atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Frantsiyada vazirlik, AQSHda atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha Federal Agentlik (qator shtatlarda o’z bo’limiga ega) va boshqalar.
Tabiatni muhofaza qilishni davlat tomonidan tartibga solish usullarini turliligiga qaramasdan bu yerda umumiylik shundan iboratki, davlat tabiat muhofazasi siyosatining maqsadlarini o’rnatadi, tabiatdan foydalanuvchilar bilan o’zaro munosabat me’yorlarini, ya’ni xo’jalik mexanizmi deb ataluvchi o’yin qoidalarini ishlab chiqadi. Bu mexanizm o’zining elementlari bilan iqtisodiy va noiqtisodiy tavsifga ega bo’lib, bozor munosabatlari asosida harakat qiladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda ekologik siyosatni o’tkazish va harakat qilish asosida turli xil ifloslanish standartlarini o’rnatish yo’li bilan atrof muhitni me’yoriy sifat holati tamoyillariga asos solindi. Bu andozaga o’tish bilan soliq siyosatiga mos ravishda (jazovlovchp. kechiruvchi va rag’batlantiruvchi xarakterga ega bo’lgan) imtiyozli kredit berish, me’yoriy va me’yoridan ortiq darajasi uchun to’lovlar jarima to’lash va boshqalar amalga oshiriladi. Noiqtisodiy choralarga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarishni bevosita ta’qiqlash;
- korxonani yopishni ma’muriy hal qilish;
- jismoniy javobgarlikka tortish;
Masalan, AQSH tabiatni muhofaza qilish Agentligi har bir fuqaro yoki kompaniyaga me’yoridan ortiq ifloslantirganligi uchun jinoiy ish qo’zg’atib, qamoqda o’tirish muddatini o’rnatish huquqiga ega. Hozirgi vaqtda tabiat muhofazasi bo’yicha faol siyosatga o’tish rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Ularda chegaralash ishlab chiqarish hajmining o’sayotgani bilan emas, balki «iflos» ishlab chiqarish korxonalar sonini ko’payishi bilan bog’liq. Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiat muhofazasi bo’yicha qonuniyatlar ishlab chiqildi, davlat organlari ta’sis etildi, ekotizimni saqlash dasturlarp yaratilyapti, ifloslanish andoza va me’yorlari ishlab chikilyapti. «Uchinchi Dunyo» mamlakatlari uchun albatta rivojlangan mamlakatlar tajribasi, xususan dasturlarni tejash, chiqindisiz texnologiya agrar sohada hosildorlikni ko’tarish va yoqilg’i-energetika resurslarida foydalanish samaradorligi kabilar muhimdir. Bu tajribalar tabpat muhofazasi bo’yicha juda ko’p muammolarni yechishda, umumiy sotsial-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini amalga oshirishda xatoliklarga yo’l qo’ymaslikka yordam beradi.
O’tish davrini o’tayotgan mamlakatlarda (Markaziy va SHarqiy Yevropa, Rossiya, MDH) tabiat muhofazasi bo’yicha faoliyat tajribalari o’sha rejali, Markaziy boshqaruv davrida to’plangan edi. 70-80 yillarda tabiat muhofazasi bo’yicha qator qonuniyatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi, tabiat muhofazasi bo’yicha davlat boshqaruv tizimi yaratildi, iqtisodiy monitoring (nazorat punktlari tizimi havo, 76 va suv havzalari holati) barpo qilindi, iqtisodiy ta’sir qilish elementlari (soliq, dotatsiya, jarima, imtiyoz), ekologik fondlar tuzila boshladi. qator mamlakatlarda ishlab chiqarishda chiqindisiz texnologiyalar qo’llanila boshlandi. Hozirgi vaqtda (ayniqsa o’tish davrini o’tayotgan mamlakatlarda) bu tajribalarning ijobiy tomonlarini saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. Murakkab sotsial-iqtisodiy sharoitda tabiat muhofazasi uchun sarf-harajatlarni tejash uchun moyillik bo’ladi. SHu bilan birga bozor iqtisodiyotiga o’tish nafaqat mamlakatni iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi, balki unda ekologik vaziyatni yaxshi tomonga o’zgartiradi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling