Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Download 1.04 Mb.
bet69/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Zarang (Aser) —bo’yi 25—30 m keladi, 100—150 yil yashaydi. SHirali o’simliq yog’ochi yuqori sifatli, duradgorchilikda keng foydalaniladi.
Grab (Carpinus) — 300 yilgacha yashaydi, bo’yi 20—25 m keladigan soyaga chidamli daraxt. yog’ochi juda og’ir va pishiq bo’lganligi uchun qishloq xo’jalik mashinalarining yog’ochli qismlarini tayyorlashda ishlatiladi. Bargida 3—12,5% gacha oshlovchi moddalar bor. Ulardan terini oshlashda, mevasi (yong’og’i) dan esa oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Bir gektar maydondagi 100—120 yoshli grablardan 1,5 tgacha hosil olish mumkin.
Qoraqayin (G’agus) — bo’yi 30—40 m, 500 yilgacha yashaydi, 20 yilda hosil bera boshlaydi. Yong’oq shaklidagi mevasi tar-kibida 50% gacha moy bo’lib, undan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. yog’ochi juda pishiq va yuqori sifatli bo’lganligi uchun suv osti inshootlarini qurishda, mebelь va muzika asboblari tayyorlashda ishlatiladi.
Baxmal yoki amur po’kak daraxti (Phellodendron — 300 yil yashaydi, bo’yi 20—25 m gacha yetadigan manzarali daraxt. Undan asosan po’kak tayyorlanadi.
Kashtan (Castanea) — yovvoyi holda va ba’zan madaniy holda o’sadi, bo’yi 25—30 m keladi, 10—15 yoshda hosilga kiradi. Mevasining tarkibida 62% kraxmal, 17% shakar, 6% oq-sil, 2% moy bor. Undan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi.
Yuqorida ko’rsatilgan asosiy daraxtlardan tashqari o’rmon hosil qilishda butalar,. o’tlar, sporali yuksak (moxlar, paporotniklar, plaunlar) va tuban (zamburug’lar, lishayniklar) o’simliklar ham qatnashadi. Ulardan xo’jalikning turli sohalarida keng miqyosda foydalaniladi.
O’rmon zonasidagi yerlardan har xil ekinlarni ekishda foydalaniladi.
Mo’yna beruvchi yovvoyi hayvonlarning yashashi, chorva mollarini boqish, asalarichilikni rivojlantirish, turli xil dori-darmon o’simliklarni meditsinada qo’llanilishida xilma-xil mevali butalardan oziq-ovqat sanoatida foydalanishda o’rmonlarning ahamiyati katta. Bulardan tashqari o’rmonlar tuproqni yuvilib ketishidan saqlashda, yog’in suvlarining yil davomida yerga tekis shimilishida, ekinzorlarning doimo namlanyb turishida, shuningdek, mikroiqlimni qulay bo’lishida, shamolning zararli ta’sir kuchini pasaytirishda va havoning doimo sof bo’lib turishida juda katta ahamiyatga ega. Xullas, o’rmon va o’rmon o’simliklariyaing ahamiyati cheksizdir. kich faqat Sibirь o’rmonlari bo’yicha 18,8 mln. t ni tashkil etadi.
Ko’pchshshk kapitalistik mamlak*atlarda o’rmonlardan ayovsiz foydalanish oqibatida o’rmonlar maydoni keskin qisqarib bormoqda. Masalan, Shimoliy Amerikadagi o’rmonlar maydoni yaqin o’tmishda 365 million gektarni tashkil etgan bo’lib, unda 1100 turdan iborat daraxt o’sgan. Shundan 100 ga yaqin turi sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan. XX asr boshlariga kelganda esa . Amerikada atigi 262 tur daraxt saqlanib qylgan va umumiy o’rmon maydoni 225 million gektarni tashkil etgan. CHunonchi Gretsiyaning 65% maydoni o’rmonlar bilan qoplangan bo’lib, XIX asr oxirlariga kelganda bu ko’rsatkich 15% ga tushib qolgan. Shundan atigi 4% i unumli o’rmonlar maydoni hisoblangan. Ispaniyaning maydoni ilgari deyarli o’rmon bilan qoplangan bo’lsa, keyinchalik esa shu maydonning 1/8 qismidagina o’rmonlar saqlanib qolgan. Dunyo bo’yicha mavjud bo’lgan o’rmon maydonlarining 22% ini MDH territoriya-sidagi o’rmonlar ishg’ol etadi, ya’ni 9100 mln. ga dan iborat. MDH o’rmonlarida 1500 tur daraxt va butalar mavjud. Shu o’rmonlarning 78% maydonidi ninabargli o’rmonlar ishg’ol etadi. Har yili MDH da 2,5—3,5 million gektar maydonda o’rmon daraxtlari qirqiladi va uchdan bir hissa maydonda yangi o’rmonlar barpo etiladi.
Ammo ob’ektiv analiz qilinganda keyingi 50 yil ichida MDQning Yevropa qismidagi o’rmonlardan haddan tashqari ko’p foydalanib, ularning o’rniga yangi o’rmonlar barpo etish ishiga yetarli e’tibor berilmaganligi ma’lum bo’ldi. O’rmonlardan noto’g’ri foydalanish oqibatida esa 40% qoraqa-qarag’ay o’rmonlari maydoni qayin-tog’terak o’rmonlariga aylangan. Ma’lumki ninabargli xususan, qoraqarag’ay o’rmonlari kesilgach ular o’rnida yog’ochi past sifatli qayin va tog’terak daraxtlari tez o’sib o’rmon hosil qilgan.
Shuning uchun bugungi kunda yangi o’rmonlar barpo etish ishi eng zarur problemalardan biri deb hisoblanmoqda va o’rmonlar maydonini qisqartmaslik sharti bilan ulardan unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish ilmiy asosda tashkil qilinmoqda

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling