Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Shimoliy yarim shar o’rmonlari mintaqasi


Download 1.04 Mb.
bet66/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Shimoliy yarim shar o’rmonlari mintaqasi. Shimoliy yarim sharda katta maydonlarni ishg’ol etuvchi o’rmonzorlar o’rmon zonasini tashkil etadi. Bu zonaping janubiy va shimoliy chegaralarida iklim va tuproq sharoiti, shuningdek, usimliklar rollami bir-biridan keskin fark kiladi. Shunga kura bu zona usimliklari, odatda uchta kichik zonaga: ninabargli (doim yashil), aralash va bargli (yozda yashil) o’rmonlarga bulib o’rganiladi.
O’rmon asosan mezofill (o’rtacha namlikda usuvchi) daraxtlar, butalar va o’t o’simliklaridan tashkil topgan maxsus usimliklar jamoasidan iborat. O’rmon zonasi Yevrosiyoda kuzga yaqqol tashlanib turadi. Shimoliy Amerikada esa uning chegarasi meridian buylab egri chiziq hosil qiladi.
O’rmon zonasida usuvchi usimliklar uchun sharoit ancha noqulay bo’lsada, lekin Shimoliy qutb zonasi usimliklarining xaet sharoitlariga nisbatan birmuncha yaxshi.
O’rmon zonasi faqat MDH( territoriyasida 11.160 ming km2 ni yoki uning umumiy territoriyasining 52,5% ini tashkil kila­di. yozning ilikligi, qishning sovuq va uzots davom etishi, tsalin qor koplamining uzok, turishi, tuprogining nordon podzol-chimli va botqoq tuproqlardan tashkil topganligi, bug’lanishning yog’in miqdoriga ko’ra kam bulishi, shuningdek o’simlik olamining asosan daraxtlardan tashkil topganligi zona uchun xarak-terli belgilardan hisoblanadi. O’rmon zonasida arktik xavo massasi ilik, dengiz xavosi hamda o’rtacha kenglikdagi kontinental havo bilan almashinib turadi.
MDH territoriyasidagi O’rmonlarning janubiy chegarasi Lьvov — Kursk — Kaluga, Oka daryosi buylab Ryazanь va Gorь­kiy, K,ozon shax.arlari orqali Vyatka, Kama va Oq daryolari buy­lab Ufagacha boradi. Uning chegarasi Ural tog’idan boshlanib janubiroqqa buriladi, ya’ni Tagil — Narbit — Tyumenь — Tomskning janubrog’idan o’tib Oltoy tog’i etaklariga borib tutashadi. G’arbiy va O’rta Sibir yerlarida 46—50°lar buylab, Uzoq Sharqda shimoliy kenglikning 42° ni uz ichiga oladi. Shunday qilib, MDH territoriyasidagi urmon zonasining kengligi (eni) G’arbiy Sibirda 600 km ni tashkil etsa, Baykal ko’li atrofida 2300 km ni tashkil etadi.
Zonaning deyarli kupchilik qismi tekislikdan iborat bo’lib, O’rta Sibirda bir oz tepaliklar bor. Sharqiy Sibir va Uzoq Sharqda esa tog’li relьeflar asosiy qismini tashkil etadi. Yeg’ingarchilik 300 mm dan (G’arbiy Sibirda) 700 mm gacha (MDHning Yevropa qismida), Uzoq Sharqda esa 1000 mm ni tashkil qiladi.
Bug’lanishning yillik o’rtacha miqdori 350 mm ni, tayga o’rmonlarida 500 mm ni, aralash o’rmonlarda esa 600—800 m ni tashkil etadi.
Yog’ingarchilikning bug’lanishga nisbatan ko’pligi, tuproq-ning doim nam xolda bo’lishi ba’zi joylarning botqoqlanishiga sabab bo’ladi. O’rmon zonasining asosiy o’simlik tiplari va ularning hayot sharoitlari bilan yaxshiroq tanishish uchun kichik zonalar bo’yicha MDH territoriyasi misolida ko’rib chiqish maksadga muvofiqdir.
Ninabargli o’rmonlar yana doim yashil yoki tayga o’rmonlari ham deyiladi. Ninabargli o’rmonlar g’arbdan sharqqa tomon cho’zilgan bo’lib, shimoliy kenglykning 57—58° larida joylashgan. U Urta Sibirь va Uzoq Sharq chegarasida ancha katta maydonni tashkil etadi. Bu kichik zona o’zining shimoliy nuqtalarida tundra zonasining o’rmon tundra kichik zonasi bilan va janubiy nuqtalarini aralash o’rmonlar kichik zonasi bilan chegaralanadi. Ninabargli o’rmonlarning iqlimi g’arbiy va sharqiy chegaralarida iliq, Sharqiy Sibirь o’ta kontinental bo’lib, 300—500 mm atrofida yog’in yog’adi.
Ninabargli o’rmonlar geografik jihatdan ancha keng tarqalgan bo’lib, Yevropada, Shimoliy Osiyoda va Shimoliy Amerikada katta territoriyani egallaydi va shimoliy kenglik-ning 57—58°larini o’z ichiga oladi. Faqat MDHdagi ninabargli o’rmonlar 9 mln. km2dan ortiq maydonni yoki dunyo bo’yicha ninabargli o’rmonlar maydonining 70% ini tashkil qiladi. MDH territoriyasidagi o’rmonlarning 73% ini ninabargli o’rmonlar, 20% ini bargli o’rmonlar va 7% ini butazorlar tashkil etadi.
Shimoldan janubga tomon umumiy iqlim va tuproq sharoitining o’zgarishini hisobga olgan holda ninabargli o’rmonlar kichik zonasi o’z navbatida yana 4 ta kenja zonalarga: siyrak ninabargli, shimoliy ninabargli, o’rta ninabargli va janubiy ninabargli o’rmonlarga bo’lib o’rganiladi.
Siyrak ninabargli o’rmonlar zonasi ninabargli o’rmon zonasining eng shimoliy nuqtasiga joylashgan bo’lib, o’rmon-tundra kichik zonasi bilan chegaralanadi. Bu kenja zonacha asosan o’rmon tundra kichik zonachasiga deyarli o’xshash bo’lsa ham, lekin Sibirь qarag’ayi (Rinus sibirica)ning o’sishi va tipik arktik xamda alьpik o’simliklarining yo’kligi bilan o’rmon-tundradan farq qiladi.
Ninabargli o’rmon kichik zonasining janubiy chegarasi 4-kenja zona, ya’ni janubiy ninabarush o’rmonlar zonachasining chegarasi bilan belgilanadi. Bu kenja zona o’rmon zonasining aralash o’rmonlar deb atalgan kichik zonasiga o’xshab ketadi. Mazkur kenja zonada ba’zi bir keng bargli daraxt turlari daryo bo’ylarida uchraydi.
Yuqorida ko’rsatilgan hollar qarag’ay, pixta va Sibirь qarag’ayi o’sadigan Yevropa va G’arbiy Sibirdagi barcha ninabargli o’rmonlar uchun xarakterli bo’lib, Yenisey daryosidan sharq-qa tomon bu qonuniyat buzila boradi. Bunga asosan relьefning sharqqa tomon ancha notekislanib borishi, tog’lik-tepaliklarning uchrashi sabab bo’ladi. Bu yerlarda endi asosan Sibirь va daur tshyug’ochidan tashkil topgan och yashil ninabargli o’rmonlar uchray boshlaydi. Ammo Azov va Bering dengizlariga yaqin kelganda to’q yashil ninabargli qarag’ay o’rmonlari qayta tiklana boradi. Shunday qilib, shimoldan sharqqa tomon yo’nal-ganda to’rtta kichik zona ajratilganidek, g’arbdan sharqqa tomon 3 ta kenja zonaga — g’arbiy ninabargli, Yevropa va G’arbiy Sibirь tayga o’rmonlariga ajratish mumkin.
G’arbiy ninabargli o’rmonlar Yevropaning shimoli-g’arbida jonlashgan bo’lib, Skandinaviya yarim orolidan Onega daryosigacha va Kola yarim orolining kattagina yerini o’z ichiga oladi. Bu yerlarda oddiy qarag’ay, fin qarag’ayi (Ricea finnica), qarag’ay (Rinus silvestres, Pjaponica), qayin va tog’terak asosiy o’rmon hosil qiluvchi o’simliklar hisoblanadi. Bu xildagi o’rmonlar ninabargli o’rmonlar deyiladi xolos.
Haqiqiy tayga o’rmonlari Onega daryosi va ko’lidan boshla-nadi. Tayga o’rmonlarini tashkil etuvchi ninabarglilar to’rtlamchi davrda sodir bo’lgan muzl-ikning orqaga qaytishi natijasida Sibirning Oltoy-Sayan manbaidan tarqala boshlagan. Yevropa va G’arbiy Sibirь tayga o’rmonlari tarqalgan joyda yana o’ziga xos bir necha gruppachalar (Sibirь taygasi, janubiy tayga, Yoqutiston tilog’och taygasi) paydo bo’lgan.
G’arbiy Yevropadagi ninabargli o’rmonlarni Yevropa tilog’ochi (Larix europaea), oq pixta (Abies alba) Pireney o’rmonlarini qarag’ayning (Rinus uncinata) turi va Gretsiyada pixtaning (Abies cephalonica) turi tashkil etadi.
Shimoliy Amerika ninabargli o’rmonlari. Ular Labrador yarim oroli va Alyaskaning kattagina qismini ishg’ol etib, g’arbda Tinch okeanigacha, shimoldan janubga va Markaziy Amerikagacha cho’zilib boradi. Shimoliy chegaralarida tekislikda, janubiy chegaralarida esa tog’liklar uchraydi.
Turlar soni xilma-xil bo’lib, bular orasida endemik turlar ham bor. Shimoliy Amerikaning ninabargli o’rmonlari uchun quyidagi o’simliklar: oq qarag’ay (Rinus alba), balьzam pixtasi (Larix alba), Amerika tilog’ochi (Larix americana) banks, veymut qarag’ayi hamda sariq qarag’ay, chuganning bir necha turi qizil daraxt yoki sekvoya, mamont daraxt (Sequoia Sempervirenes S. gigantea), archa (luniperus), duglas pixtasi (Pseudotsuga) kabilar xarakterlidir. Pastki yaruslarida juda xilma-xil o’tlar va zamburug’lar bilan birga doim yashil magoniya (Mahonia nervosa) va arbutus kabi butasimon daraxtlar uchraydi. Ninabargli o’rmonlar egallagan maydonlarning ko’pchiligi podzol yoki botqoq tuproklardan iborat.
Shunday qilib, Shimoliy Amerika va Yevrosiyodagi ninabargli o’rmonlarda qarag’ay, pixta, tilog’och, sekvoya kabi turkumlarning bnr necha turlari uchraydi. Shuning uchun xam ular dominant o’simliklar bo’lib xisoblanadi.
- Ninabarglilar ba’zi xususiyatlariga ko’ra 2 ta gruppaga bo’linadi. Birinchi g’ruppaga qoraqarag’ay, pixta, Sibirь qa-rag’ayi kabilar kiradi. Qorong’i o’rmonlarni hosil qiluvchi ninabarglilar, asosan, MDHning daryo va tog’ etaklaridagi sernam oziqqa boy gil tuproqlarda o’sib, korong’i o’rmonzor-larni tashkil qiladi.
Ikkinchi gruppaga oddiy qarag’ay (Pinus silvestrus) va tilog’och (Ьapx yeigoraea) kabilar kiradi. Ular odatda unumdorligi past toshli va toshloq tuproqlarda o’sadi, barglari yorug’likni o’zidan tuproq betiga ko’p o’tkazadi. Shuning uchun bunday daraxt turlari yorug’ o’rmonlarni tashkil qiladi.
Quruq, tarkibida oziq moddasi kam humli tuproqlarda o’suvchi ninabargli o’rmonlarning eng pastki qavatida qalin lishaynikzorlarni, o’rtacha nam unumdor tuproqlardagi o’rmon-lar ostida yashil moxlar, nihoyat, sernam va oziq moddalarga boy tuproqli o’rmonlarda bir necha xil o’tlar, butalar o’sadi. Botqoq tuproqli o’rmonlar ostida kakkuzig’ir moxi va torf moxi (sfagnum moxlari) ko’p o’sadi. Ninabargli o’rmonlarda yuksak o’simliklardan tashqari juda ko’p miqdorda zamburug’-lar va bakteriyalar uchraydi. Ular tuproq mikroflorasini tashkil etuvchi asosiy vakillardir.
Qorong’i o’rmonlarni hosil qiluvchi ninabarglilar, asosan, MDHning Yevropa qismida va Oltoyda, qisman G’arbiy Sibirda, Uzoq Sharqda, Kavkaz va Urta Osiyoning tog’li rayonlarida uchraydi.
Evropa qismida bunday ninabargli o’rmonlar asosan qoraqarag’ay — yashil mox qoplamidan tashkil topgan bo’lib, bu yerda butalardan chernika, golubika, brusnika, o’tlaridan kislitsa maynik, sedmichnik, gudayera, grushankalar, ortiliya, o’rmon gerani, linneya, odnotsvetka, kalipso, sporali o’simliklardan bir necha tur plaunlar, qirqbo’g’im, paporotniklar va boshkalar o’sadi.
Tayga o’rmonlarining janubrog’ida ba’zan yelnik-zelenomoshnik qoplami kislitsa (Oxalis acetosella), tukli kiyoq (Carex pilosa), zelenchuk (Galeobdolon luteum), yulduzo’t (Stellaria holostea), asorun, tuyoqo’t (Asarum europaeum), sporali o’simliklardan jigarsimon mox (Hepatica mobilis), erkak paporotnik (Dryopteris filix-mas) lardan tashkil topadi.
Botqoqli qoraqarag’ayzorlarda ba’zan qayin daraxti ham o’sadi. Tuprok ustini oq mox yoki sfagnum moxlari, kakkuzig’irmoxi kabilar qoplab oladi. O’rmonning ikkinchi yarusini tol, kalina va krushina kabi daraxtlar tashkil etadi. Undan keyingi yarusni butalardan bagulьnik, chernika, golubika tashkil etadi. Undan keyingi pastroq qavatni o’t o’simliklaridan qiyoklarning bir necha turi (Sagex globularis, C. Conescens, C. diaperma), sabelьnik (Camarum palustre), skerda (Crepis Paludosa), moroshka (Rubus chamaemorus), ayiqtovon (Ranunculus lapporincus) va boshqalar tashkil etadi. Shunday qilib, ninabargli o’rmonlar ba’zan 4—5 ta yarusdan tashkil topadi.
Tayga o’rmonlarining aralash o’rmonlar kichik zonasiga yaqin yerlari qorakarag’ay, ba’zan arg’uvon, eman, zarang, ilьm (qayrag’och) kabi daraxt zotlari va zemlyanika (Fragaria vesca), medunitsa (Pulmonaria obscura), egopodium (Algopodium podagraria) kabi o’tlardan tashkil topgan.
G’arbiy Sibirь tayga o’rmonlarida ham Yevropadagi qora qarag’ay o’rmonlari singari tuproq ba’zi joylarda botqoqlangan yoki botqoqlanmagan bo’lib, o’simliklar qoplamiga ko’-ra Yevropa qora qarag’ay o’rmonlariga o’xshashdir. Ninabargli o’rmonlarda o’suvchi ko’p yillik o’tsimon gulli o’simliklar vegetativ ko’payadi, ko’pchiligi esa kishda xam yashil bargli bo’-ladi, ko’pchilik turlarning gullari oq yoki ochiq pushti rangga ega, urug’lari nihoyatda yengil bo’lib, havo oqimi yordamida juda osonlik bilan tarqaladi. Bu xildagi xususiyatlar ularning moslanish byolgilari hisoblanadi.
Qoraqarag’ay turkumining Yevropa qora qarag’ayi (Picea exelsa) degan turn va qisman fin qorakarag’ayi (Picca fennica) asosan Yevropada keng tarqalgan. MDH ning shimoli-sharqiy Yevropa qismida, Sibirda Sibirь qora qarag’ayi (Pieca obovata) degan turi keng tarqalgan. Bu yerda Sibirь qoraqarag’ayi bilan birga Sibirь qarag’ayi (Pinus sibirica) ham uchraydi.
MDH territoriyasidagi ninabargli o’rmonlarning 72 mln. ga maydonini yoki 16% ini qoraqarag’ayzorlar egallaydi va odatda ular yakka daraxtlardangina tashkil topmasdan, bir necha boshqa o’simliklar bilan birgalikda o’sib maxsus qoplam hosil qiladi. Shu qoplamning yuqori yarusida qoraqarag’ay daraxti, eng pastki yarusida esa moxlar asosiy o’rinni egallaydi. O’rta yaruslarda bir necha xil butalar va ko’p yillik o’tlarni ko’rish mumkin.

V

1. Qoraqarg’ay yashil mox yoki yelnik – zelenomoshniklar assotsiatsiya gruppasi. Bu assotsiatsiya gruppasi o’z navbatida yelnik — kislichnik, yelnik — brusnichnik, yelnik — chernichnik kabi assotsiatsiyalarga bo’linadi. Bu xildagi assotsiatsiyalarning hammasida eng yuqori yarusni qoraqarag’ay egallasa, ikkinchi yarusni kislitsa, brusnika yoki chernikadan tashkil topgan butalar egallaydi. Nihoyatda uchinchi — eng pastki yarusni zelenomoshnik deb ataluvchi yashil moxlar tashkil etadi.
2. Yelnik — dolgomoshniklar assotsiatsiya gruppasidan yelnik-dolgomoshnik asosiy assotsiatsiya bo’lib, sernam tekisliklarda uchraydi. Birinchi yarus qoraqarag’ay va ostki kakkuzi-g’irmoxidan tashkil topadi. Qoraqarag’ay tanasida borodach deb atalgan lishaynik ko’p uchraydi.
3. Yelnik-sfagnumlar assotsiatsiya gruppasidan qoraqarag’ay-oq mox assotsiatsiyasi asosiy o’rin oladi. Birinchi yarusda qoraqarag’ay va pastki yarusda sfagnum (oq) moxlari uchraydi. Bu yerda o’suvchi qoraqarag’aylar ancha noqulay sharoitda hayot kechiradi, chunki sfagnum moxlari uchraydigan joylar botqoq-lana boradi. Ba’zi bir pasttekisliklar va notekis do’nglik-lardan iborat bo’lgan joylarda qoraqarag’ay—qiyoq—oq mox assotsiatsiyasini uchratish mumkin. Bunda 2- yarusni qiyoq va 3-yarusni oq mox egallaydi.
4. Botqoqli qoraqarag’ay o’tzorlar assotsiatsiya gruppasi. Bu yerga asosan qoraqarag’ay — o’tli — oq moxlar assotsiatsiyasi xarakterli. Ikkinchi yarusda uchraydigan ba’zi butalar va o’t-lar juda siyrak bo’lib, uchinchi yarusda uchraydigan oq moxlar. juda yaxshi rivojlanadi. Bu xildagi o’rmonlarda ham tuproq botqoqlashgan bo’ladi.
5. Yelnik — dubzorlar assotsiatsiya gruppasi. Bu xildagi o’rmonlarda eman, arg’uvon kabi keng bargli daraxtlar qarag’aylar bilan birgalikda uchraydi. O’tlarning kengbargli o’rmon-larga xos bir qancha turlari (yasmennik, proleska, azarum, landish va boshqalar) uchraydi. Bunday o’rmonlar ancha janubda joylashgan va kichik aralash o’rmonlar eonasiga o’tishdan darak beradi.
6. Yelnik-lishayniklar assotsiatsiyasi. Bu xildagi o’rmonlar, asosan, qoraqarag’ay o’rmonlarining o’rmon-tundra kichik zonasi bilan chegaralanadigan joylarida uchraydi, ya’ni ninabargli o’rmonlarning eng shimoliy nuqtalari uchun xosdir.
Yuqorida ko’rsatilgan assotsiatsiya gruppalaridan tashqari qoraqarag’ay o’rmonlarida yana boshqa asootsiatsiya gruppalary ham mavjuddir. Har bir assotsiatsiya gruppasi o’z navbatida bir necha assotsiatsiyalardan tashkil topgan bo’ladi.
Shunday qilib, qoraqarag’ay o’rmonlarining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. O’rmonlardagi o’t o’simliklar asosan vegetativ yo’l bilan ko’payadi, gullari oq bo’ladi. Bu esa ularning hasharotlarni o’ziga jalb etishga moslashganligidan darak beradi. Qorong’i o’rmonlarda bahorgi efemer o’tlar uchramaydi.
Bu yerdagi ba’zi o’simlik — pod’elьnik, ladьyan va nadborodnik saprofit holda hayot kechiradi.
Oddiy va Yevropa qarag’ayi butun Yevropada, Sibir qoraqa-rag’ayi deb ataluvchi boshqa turi esa MDH Yevropa qismining shimoli sharqida va Sibirda keng tarqalgan. Tayga o’rmonla-rida qoraqarag’aydan tashqari Sibir pixtasi va Sibir qarag’ayi kabi ninabargli daraxtlar uchraydi.
Qoraqarag’ay o’rmonlaridan tashqari Yevrosiyoda oddiy qarag’aydan tashkil topgan qarag’ay o’rmonlari ham keng tarqal-gan. Oddiy qarag’ay xuddi oddiy qoraqarag’ay uchun xarakterli bo’lgan assotsiatsiya gruppalaridan tashkil topgan, lekin qarag’ayzorlar tarkibida oziq moddasi kam va birmuncha quruq bo’lgan qumli tuproq joylarda uchraydi.
Qoraqarag’ay daraxti dastlabki yillarda sekin o’sadi, keyinchalik esa tezlasha boradi. U soyaga chidamli o’simlik bo’lgani uchun dastlab boshqa iinabargli daraxtlar bilan birga-likda o’sa oladi, lekin unda o’q ildiz bo’lmaganligidan yon ildizlari tuproqning yuzaroq qatlamiga taralib o’sadi.
Qarag’ay o’q ildizli, yorug’sevar va sovuqqa chidamli bo’lganligidan qoraqarag’ayga qaraganda yaxshi o’sib ketadi.
Hozirgi paytda MDH da 109,5 mln. ga ninabargli o’rmonlar bor. Uning 40% ini faqat qarag’ay o’rmonlari tashkil qiladi. Qoraqarag’ay va qarag’ay o’rmonlaridan tashqari tayga o’rmon-lari kichik zonasida pixta o’rmonlari, kedr o’rmonlari va tilog’och o’rmonlari «abi gruppalarni ham uchratish mumkin. Bu xildagi o’rmonlardan, masalan, tilog’och o’rmonlari MDH da 274 mln. ga ni ishg’ol qiladi va u, asosan, Sibirda ko’p uchray-di. CHunonchi, bunday o’rmonlarda tilog’ochning bir necha turlari ba’zi turdagi butalar bilan bir necha assotsiatsiyani, masalan, tilog’och-toloknyanka, tilog’och-brusnika, tilog’och-bagulьnik, tilo-g’och-mox kabilarni tashkil qiladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling