Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Download 1.04 Mb.
bet65/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

5. Tropik o’rmonlar zonasi – bu zona asosan ekvatorning shimoliy va janubiy zonalariga joylashgan bulib, o’simlik va hayvonot olami uchun eng kulay sharoitiga ko’ra tropik o’rmonlar 4 gruppaga bo’linadi.
1. Nam tropik o’rmonlar.
2. Qishda yashil o’rmonlar yoki butazorlar.
3. Magra o’rmonlari yoki nam tropik butazorlar.
4. Savannalar kishda yashil kserofill o’rmonlar.
Nam tropik o’rmonlar-ekvatorda va uning shimoliy va janubiy tomonlarida joylashgan. Ular Sharqiy Osiyoning, Xindiston, Bangla desh, Shri-Lanka, Birma, Vetnam, Kambodja, Laos, Indoneziya, Janubiy Amerikada Amazonka ko’p tarqalgan. Nam tropik o’rmonlarda, yog’ingarchilik nihoyatda katta, o’rtacha yillik yog’in 2000-4000 mm ni tashkil kiladi. Atmosferaning nisbiy namligi, deyarli 90% dan kam bulmaydi. Yillik xarorat 25-30 oS bulib, eng sovuk davrda 1-5 oS atrofida fark qiladi xolos. Yoz oyining eng issik temperaturasi 35-36 oS dan ortmaydi. Pasti 18 oS dan pastga tushmaydi. Chunki buglanishning kuchliligi ta’sir kiladi. Shuning uchun nam tropik o’rmonlarda o’simlikning eng kalin (zich). Ma’lum maydonda yashashi mumkin bulgan organizmning tula imkoniyati foydalanilgan. Bu o’rmonlarda yerni yuza qismi utlokzorlar emas, nixoyatda kam tur usadi. O’rmon osti florasi kambagal. Bu zonada lianalar (chirmashib usuvchi) epifidlar va kauliflor o’simliklar kup uchraydi. Kauliflorlar gullari shoxlarida bulmasdan, bevosita tanasida buladigan o’simliklardir. Nam tropik o’rmonlarda uchraydigan daraxtlarning boshka joyda uchramaydigan turlari uziga xos. Fonerofitlarning terofitlarga o’ziga xos turlari ko’p. Ayniqsa bu joylarda saprofidlar ko’p, lekin parazitlar kam.
2. Magra o’rmonlari – nam tropik butazorlar asosan bular dengiz kirg’oqlarida yashaydigan o’simliklar, ular sho’r muhitda o’sadi. Ular suvni qutarilishi va pasayishiga karab, ildiz qismi gox suv ichida, gox atmosferada yashaydigan o’rmonzorlar kiradi. Bular ekvator zonasidagi deyarli barcha okean va dengiz kirgoklarida uchraydi. Kaliforniya, Bermut, Braziliya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Afrika kirg’oqlarida ko’plab o’sadi.
3. Yozda bargini tukadigan qishda yashil o’rmonlar – bular kontinental iqlimli joylardagi xarakterli bulib, gox kuruk, gox nam shamollar esib turadi. O’rmonlari nam tropik o’rmonlariga uxshasa xam ammo kurgokchilik davrlarida barglarini tukadi. Bu yerda yog’in miqdori 900-1500 mm gacha, yilning sovuk fasli bilan issiik fasli orasidagi xaroratning farki 8-14 oS. Bu yerlarda iyunь-oktyabrь oylari kurgokchilik xisoblanadi va bu yerlarda daraxtlar bargini tukadi.
4. Savannalar – bular xam tropik o’rmonlar asosan Afrikada, Janubiy Amerikaning Venesuela, Gviana, Braziliya, Xindiston va Avstraliyada uchraydi. Yillik yog’ingarchilik bu yerlarda 4-6 oy davom etadi. Masalan: Braziliya savannalarida yillik yog’ingarchilik 1500 mm bulib, shundan kurgokchilik davrida 100 mm atrofida yog’in tushadi xolos. Yoki Afrika savannalarida 1000 mm tashkil etsa, kurgokchilik davrida 10 mm yog’in yogadi xolos. Natijada savanna o’rmonlari bargini tukib tinim xolatiga utadi. Kupchilik turlarining tanasi yugon suv tuplaydigan ya’ni yozgi kurgokchilik sharoitiga karshi kurasha oladigan turlarigina yashaydi xolos.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling