Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Download 1.04 Mb.
bet1/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI



NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


«Geografiya» kaferdrasi


Jumaxanov Sh.Z.


««BIOGEOGRAFIYA»


fanidan
O’QUV – USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar


Ta`lim sohasi: 140000 – Tabiiy fanlar
Ta`lim yo’nalishi: 5140600 – Geografiya yo’nalishi uchun


N a m a n g a n -2019

Fanning o’quv uslubiy majmuasi 2016 yil Davlat ta`lim standarti va O’R OO’MTV tomonidan № БД 5140600 raqami bilan «25» 08 2016 yil 355-sonli buyrug’i bilan ro’yhatga olinib tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzildi.
Tuzuvchi:
Jumaxanov Sh.Z. – Geografiya fanlari nomzodi, dotsent


Taqrizchilar:


Mirzaahmedov H.S. - NamDU, geografiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi


Baratov A.S. - NamDU geografiya kafedrasi katta o’qituvchisi, geografiya fanlari nomzodi

O’quv-uslubiy majmua NamDU Kengashining 2019 yil ____avgustdagi ____sonli bayonnomasi bilan ko’rib chiqilgan va ishlatishga tavsiya etilgan.


Biogeografiya” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua materiallari


RO’YXATI VA MUNDARIJASI



I.

O’quv materiallari

3

I.1.

Ma’ruzalar matni




I.2.

Amaliy mashg`ulotlar




I.3.

Mustaqil ta`lim mavzulri va hajmi




I.4.

Glossoriy




II.

Ilovalar:





II.1.

Fanning namunaviy dasturi





II.2.

Fanning ishchi o’quv dasturi.





II.3.

Tarqatma materiallar





II.4.

Test savollari




II.5.

Yakuniy baholash uchun savollar

































I.O’QUV MATERIALLARI

1.1.Ma’ruzalar matni


1-Mavzu: Biogeografiya fanining predmeti, ob’ekti va vazifalari
Reja:

  1. Fanning o’qitilishining ahamiyati va predmeti

  2. Boshqa fanlar bilan aloqasi va tadqiqot usullari

  3. O’simliklarning asosiy guruhlari

  4. Biogeografiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi

  5. Yerning paydo bo’lishi haqidagi nazariyalar



Tayanch iboralar: Biogeografiya fanining o’rganish ob'ekti. Biogeografiyaning geografik fanlar bilan aloqalari. Biogeografiyaning biologik fanlar bilan aloqalari. Bigeografiya fani to’g`risida turli xil olimlarning fikrlari. Floristik-faunistik biogeografiya. Regional biogeografiya. Ekologik biogeografiya. Tarixiy biogeografiya.biogeografik tushunchalar (fauna, flora, biota, biom).
Hozirgi O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishi munosabati bilan mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy va tabiiy geografik jihatdan o’rganish ob’ektiv zaruriyatdir. Shu nuqtai-nazardan Biogeografiya fani ham o’qitilishi va o’rganilishi kerak. Biogeografiya fani – o’simliklar, hayvonlar geografiyasini umumlashtirib yagona biogeografiya fanini, ya’ni hayot geografiyasini vujudga keltirdi. Biogeografiya fani yer shari yuzasida o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning umumiy tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi. Bu fan tipik organizmlarning yer yuzasidagi geografik imkonlarini o’zgarishiga qarab ularning tarqalishi hamda o’zgarib borishini bir-biriga bog’liqligini va har bir geografik rayonni (o’zgarishiga qarab) turlarni moslashish xususiyatlarini o’rganadi.
O’simlik va hayvonlar guruxi bir-biri bilan doimiy aloqada bo’ladi. O’simliklar dunyosi yoki jamoasi (flora) yoki hayvonlar (fauna) shu muhit uchun organik olamni tashkil qiladi. Shuning uchun biogeografiya fani juda ko’pgina fanlar bilan aloqada bo’ladi. Jumladan, tabiiy geografiya, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti, ekologiya, bitsenologiya, geobotanika kabi fanlar bevosita uzviy aloqada bo’ladi.
Biogeografiya fani tirik organizmlarni muxitda joylashishi, strukturasi, dinamikasi, klassifikatsiyasi va kelajakdagi axvolini aniqlovchi fandir.
Hozirgi zamon biogeografiya fani boshqa fanlarga nisbatan juda yosh fan bo’lib, u biologiya va geografiya fanlari bazasida vujudga keladi. Faqat biogeografiya fani metodlari bilangina organik olamni yer sharida tarqalish qonuniyatlarini xamda o’zaro munosabatlarini o’rganish mumkin. O’simlik va hayvonot dunyosidan foydalanii ular populyatsiyasini saqlab kolish va insoniyat uchun hayotiy zaruriyat oziq-ovqat ularning bazasini yaratish uchun zarur.
Hayot shakllari biosfera qismlarida xar-xil tarkalgan. Biosfera - atmosferada, litosferada, gidrosferada joylashgan bo’lib, uning umumiy diametri 20-30 km.ni tashkil qiladi. Lekin hayotni eng qaynagan zarur joyi yer sharini 100 m diapazonini tashkil qiladi. Yer sharidagi tirik organizmlar 2,4 trillion tonnani tashkil qiladi. Yer sharining boshqa qismlari bilan solishtiradigan bo’lsak atmosfera massasiga nisbatan 2150 marta kam. Atmosferaning og’irligi 10. 515 kvatrillion tonnani tashkil qiladi. Paroxod qanday bosimda suzsa, samolyot xam zich havoda shunday suzib yuradi.
Yer sharining gidrosfera qismi 1,5 kvintrillion tonna, tirik organizimga nisbatan 600 martaga ko’p. Massa jihatdan quruqlikning asosiy massasini o’simliklar tashkil qiladi, 99,2%, ya’ni 2,37 trillion tonna o’simliklar hisobiga, 0,02 trillion tonnasi hayvonlar hissasiga, ya’ni 0,8% ni tashkil qiladi.
Okeanda biomassa quruqlikdagidan farq qiladi. Okeanda o’simliklar 0,0002 trillion tonna 3,3%, hayvonlar 0,0030 trillion tonna 96,7 % ni tashkil qiladi. Okeanda 160 ming tur hayvonlar va 10 ming tur o’simliklar uchraydi. Okeanda eng yirik hayvon sut emizuvchilarga (mamalia) sinfiga kiruvchi ko’k kitlardir. Ularning og’irligi 150 tonna bo’lib, uzunligi 35 m.ga teng bo’ladi. Quruqlikdagi eng katta hayvon Afrika fili bo’lib, og’irligi 5 tonna 700 kg. Eng baland sut emizuvchi jirafa 5,86 metrni tashkil qiladi. Eng tez chopadigan hayvon geopard bo’lib, 1 soatda 170-180 kmni tashkil qiladi. Eng og’ir tuxum 1 kg, uzunligi 20 sm, diametri 15 sm. ga teng tuyaqush tuxumidir. Dunyodagi eng baland daraxt sekvoyadendron 155 m. Evkalint-120 m.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling