Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Download 1.04 Mb.
bet57/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

1. Xitoy-Yapon markazi. Bu ikki markazdan Xitoy markazi birlamchidir. Xitoy markazi ta’siri ostida Yapon markazi vujudga kelgan. Xitoy-Yapon markazi Osiyoning markaziy tog’li rayonlari va G’arbiy Xitoy hamda unga ulashgan past tekisliklarni o’z ichiga oladi. N.I.Vavilovning ta’rificha, bu markaz madaniy o’simliklar kelib chiqishining eng kattasidir. O’simliklarning turlarga boyligi jihatidan u boshqa markazlardan ancha ustun turadi. Bu yerda o’simliklarning boshqa markazlarda bo’lmagan ko’plab xil va shakllari mavjud. Tariq, grechixa, soya, nasha, sabzavot, efir moyi, bo’yoq va dorivor o’simliklarning ko’p tur va xillari shu yerdan chiqqan. Mevalarning turlari ko’pligi jihatidan Xitoy dunyoda birinchi o’rinni egallaydi.
2. Indoneziya-Hindixitoy markazi. Bu yer sholi va non daraxtining vatanidir. Sag va kokos palmasi hamda mangoning birlamchi vatani ham shu markazdir. Bu yerda sholining yovvoyi va oraliq xillari ko’p uchraydi. Ushbu darslik muallifi (D.T.Abdukarimov) bu markazning bir qismida, Laos mamlakatida bo’lib, kokos palmalarida tarvuzdek osilib turgan kokos yong’oqlari, qovun daraxtida (papayya) haqiqatda ham qovundek osilgan mevalarni ko’rib, birinchi marta iste’mol qilib ko’rgan. Bu markazda yilning 8 oyi doim yomg’ir yog’adi, qolgan oylar quruq keladi. Lekin qish bo’lmagani uchun o’simliklar hamma vaqt o’sib yotadi. SHunga moslashib namlik davrda sholining ortiqcha namga chidamli navlari, quruq vaqtda qurg’oqchilikka chidamli – sug’orib o’stiriladigan navlari ekiladi. SHolining non uchun ishlatiladigan yopishqoq navlari ekiladi. Mahalliy xalq bug’doy nonini iste’mol qilmaydi, non sifatida guruchni pishirib quyuq xamirga o’xshagan holda iste’mol qiladi.Bu sholi urug’i va papayya urug’idan keltirilib, jahon kolek-tsiyasiga va institut olimlariga o’rganish uchun topshirildi.
3. Avstraliya markazi. Avstraliyada g’o’zaning 9 ta endemik turi topilgan bo’lib, bu markaz g’o’zaning avstraliyali turlarining birlamchi markazi bo’lib hisoblanadi. Bu yer tabiatda uchraydigan evkalipt daraxtining 605 turidan 500 turi, akatsiya va tsitruslarning, tamaki o’simligining 21 turi, jumladan, uning xavfli ashaddiy kasalligi bo’lgan perenosporozga chidamli turlarining birlamchi kelib chiqish markazidir. Bu mamlakat sebarganing bir turi – yer osti sebargasi (Trifolium subterrarium L.) ning ikkilamchi kelib chiqish markazi bo’lib hisoblanadi. Avstraliyada bu ekin katta maydonlarda ekilmoqda. Bu markazda yovvoyi sholi topilgan.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling