OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA VA KIMYO FAKULTETI
“5110200 – fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi”
ta’lim yoʻnalishi 4-kurs talabasi
Jumayev Suxrob Faxriddin oʻgʻlining
“YORUGʻLIK DISPERSIYASI: MUHITNING NUR SINDIRISH KOʻRSATKICHINING UNGA TUSHAYOTGAN NUR CHASTOTASIGA (YOKI TOʻLQIN UZUNLIGIGA) BOGʻLIQLIGI”
Mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Chirchiq 2023-yil
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………3
I BOB. YORUGʻLIK-ELEKTROMAGNIT TOʻLQIN
1.1-§. Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi……………
1.2-§. Muhitdagi elektromagnit toʻlqin…………………………….
II BOB. YORUGʻLIK DISPERSIYASI VA UNING KLASSIK NAZARIYASI
2.1-§. Maksvellning elektromagnit nazariyasi qiyinchiliklari……..
2.2-§. Yorugʻlikning modda bilan oʻzaro ta’siri……………………
2.3-§. Dispersiya nazariyasining asoslari…………………………...
III BOB. OLINGAN NATIJALAR HAMDA ULARNING TAHILI
3.1-§. Normal va anomal dispersiya…………………………………
3.2-§. Turli xil muhitlarlar uchun dispersiyani aniqlash……………..
XULOSA…………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
I BOB. YORUGʻLIK-ELEKTROMAGNIT TOʻLQIN
1.1-§. Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi.
Elektromagnit maydon - elektr zaryadlarning oʻzaro taʼsiri bevosita amalga oshadigan fizik reallik; materiyaning alohida shakli.
Elektr va magnit maydonlarning kuchlanganligi (induksiyasi) bilan ifodalanadi. J.K.Maksvell Elektromagnit maydon nazariyasini elektromagnit hodisalarning barcha asosiy qonuniyatlarini ifodalovchi bir necha tenglamalar sistemasi koʻrinishida ifodalagan J.K.Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning oʻzaro uzviy bogʻlanishda ekanligini ifodalovchi ushbu 2 gʻoya yotadi: 1) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday magnit maydon elektr maydonni yuzaga keltiradi. 2) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday elektr maydon magnit maydonni yuzaga keltiradi. J.K.Maksvellning birinchi gʻoyasi toʻgʻriligini elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi, ikkinchisini esa G.Gers elektromagnit toʻlqinlarni kashf qilishi bilan isbotladi. Maxsus shartsharoitlarda Elektromagnit maydon elektr maydon yoki magnit maydon koʻrinishida mavjud boʻlishi mumkin. Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali oʻzaro taʼsir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit oʻzaro taʼsir tabiatda mavjud uch xil fizik oʻzaro taʼsirlarning biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |