Jurayev Hasanning
Download 55.35 Kb.
|
Jurayev.H Hayot faoliyati xavfsizligi 1-M ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jurayev Hasanning ,,Hayot faoliyati xavfsizligi”
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI ,,TELEKOMMUNIKATSIYALAR TEXNOLOGIYALAR VA KASB TA`LIMI’’ FAKULTETI ,,AXBOROT XAVFSIZLIGI’’ yo`nalishi talabasi Jurayev Hasanning ,,Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan bajargan 1-Mustaqil Ish BAJARDI: Jurayev Hasan TEKSHIRDI: Davronov.B SAMARKAND-2023 Reja; 1. Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida 2. Aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash tartibi 3. Aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlashga mo‘ljallangan milliy elektron platforma orqali malaka oshirish 4. Respublika ijro etuvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida 1. Mazkur nizom aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: zilzila — yer qobig‘ining yoki yer ustki qatlamining to‘satdan ro‘y bergan siljishi, yemirilishi yoki o‘pirilishi oqibatida vujudga kelgan, uzoq masofalarga tarqaladigan to‘lqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti silkinishlari va tebranishlari; kompleks o‘quv mashqlari — obyektlar rahbarlarini, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolarini, ular tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarini, ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatmagan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarishga tayyorlashning asosiy shakli; kuchli zilzila — magnitudasi (zilzila quvvati) Rixter o‘lchovi bo‘yicha 5,0 va undan yuqori bo‘lgan zilzila; maxsus-taktik o‘quv mashqlari — qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni bajarishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy va samarali shakli; milliy elektron platforma — masofaviy ta’lim texnologiyasi asosida, mustaqil tarzda zilzilada to‘g‘ri harakat qilishni o‘rganishga mo‘ljallangan, maxsus o‘quv dasturiy ta’minot tizimi; mobil ilova — ma’lum bir platforma (iOS, Android, Windows Phone va boshqalar) uchun ishlab chiqilgan smartfonlar, planshetlar va boshqa mobil qurilmalarda ishlashga mo‘ljallangan dastur; seysmik xavf — muayyan hududda muayyan vaqt oralig‘ida aholining hayotiga tahdid soluvchi hamda binolar va inshootlarga zarar yetkazuvchi zilzilalar yuz berishi ehtimoli; seysmik xavfsizlik — seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholi hayotini va infratuzilma obyektlarini zilzilalar natijasida kelib chiqadigan xavflardan himoyalanganlik holati; qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda — FVDT) barcha darajalardagi rahbarlarini va boshqaruv organlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash; FVDTning funksional quyi tizimi — aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarni o‘z ichiga olgan quyi tizim; FVDTning hududiy quyi tizimi — tegishli hududda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini o‘z ichiga olgan quyi tizim; eksternat tartibidagi ta’lim — o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadigan ta’lim turi. 3. Quyidagilar aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi: respublika ijro etuvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ishchi hamda xizmatchilarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin o‘zini tutish qoidalari, kuchli zilzilalarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish hamda ulardan talafotlarsiz chiqish bo‘yicha bilimlarini izchil oshirib borish va ko‘nikmalarini hosil qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbir kompleksini amalga oshirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin o‘zini tutish qoidalari, shuningdek, kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari va usullariga o‘rgatish; qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarini kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga oldindan tayyorlash; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan, jismoniy imkoniyati cheklangan, shuningdek, faoliyat turidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish. 2-bob. Aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash tartibi 4. Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholi, shuningdek, respublika ijro etuvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ishchi va xizmatchilari: respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — FVDTning aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yillik rejaga muvofiq har yili o‘tkaziladigan kuchli zilzila va uning oqibatlaridan muhofazalanishga oid yig‘inlar va o‘quv mashqlari doirasida; respublika va viloyat miqyosidagi tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul mutaxassislari, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari — uch yilda bir marotaba aholining barcha qatlamlarini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan milliy elektron platforma (keyingi o‘rinlarda — milliy elektron platforma) orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida; tumanlar va shaharlar miqyosidagi tashkilotlarning rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari, fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari — uch yilda bir marotaba milliy elektron platforma orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida; tashkilotlarning ishchi hamda xizmatchilari — doimiy ravishda ish va xizmatdan ajralmagan holda, ish va xizmat joylarida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarida, Internet axborot tarmog‘ida kuchli zilzila va uning oqibatlaridan muhofazalanishga oid ma’lumotlardan foydalangan holda, shuningdek, mobil ilovalar hamda milliy elektron platforma orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida tayyorgarlikdan o‘tkaziladi; b) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim tashkilotlari talabalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tashabbuslariga asosan: maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari — har yili ta’lim-tarbiya jarayonida kuchli zilzila va uning oqibatlariga oid muammoli-vaziyatli o‘yinlar va mashg‘ulotlarda; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari — har o‘quv yili davomida, darslardan tashqari vaqtda tashkillashtiriladigan kuchli zilzila va undan muhofazalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar doirasida, shuningdek, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy o‘quv markazlari) xodimlari ishtirokida; oliy ta’lim tashkilotlari talabalari — har o‘quv yili davomida, darslardan tashqari vaqtda tashkillashtiriladigan kuchli zilzila va undan muhofazalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar doirasida, Internet axborot tarmog‘ida zilzila va uning oqibatlaridan muhofazalanishga oid ma’lumotlardan foydalangan holda, shuningdek, mobil ilovalar hamda milliy elektron platforma orqali, shuningdek, hududiy o‘quv markazlarining aholini zilzilada harakat qilishga tayyorlashga mo‘ljallangan mashg‘ulotlarida tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Ta’lim tashkilotlarida zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan darsdan tashqari mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Favqulodda vaziyatlar vazirligi) hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda olib boriladi; v) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar: ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar — muntazam ravishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tashkil etilgan o‘quv-maslahat punktlarida ma’ruzalar o‘qish, o‘quv filmlarini namoyish etish, o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek, qo‘llanmalar va eslatmalar tarqatish, maxsus radio va teledasturlarni efirga uzatish mobil ilovalar va milliy elektron platforma orqali malaka oshirish hamda qayta tayyorlash kurslarida; “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida har yili reja-grafik asosida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt o‘quv mashqlarida; O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar — tashrif davomida, ularga xizmat ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan zilzilada to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha suhbatlar, yo‘riqnoma o‘tkazish, buklet va eslatmalarni tarqatish, maxsus mobil ilovalardan foydalanish orqali tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. 5. Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlashda nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, innovatsion texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan holda masofadan o‘qitish uslublari hamda zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan maxsus elektron ta’lim platformasi, shuningdek, mobil ilovadan mustaqil o‘rganish orqali amalga oshiriladi. 6. Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, FVDT funksional va hududiy quyi tizimi xizmatlarini kuchli zilzilaning muddatli prognozlariga muvofiq harakatlanishga tayyorlash, kuch va vositalarning kuchli zilzila oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish, shuningdek, ularning kuchli zilzilada harakatlanishga tayyorgarlik darajasini baholash joylarda o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va kompleks o‘quv mashqlari orqali amalga oshiriladi. 7. Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 3-bob. Aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlashga mo‘ljallangan milliy elektron platforma orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash masofaviy kurslarini tashkil etish 8. Aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlashga mo‘ljallangan masofaviy o‘quv kurslari respublika ijro etuvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari bilan yillik jamlash rejasi asosida, shuningdek, fuqarolar bilan ixtiyoriy ravishda milliy elektron platforma orqali tashkil etiladi. 9. Milliy elektron platforma dasturiy ta’minotini serverda saqlash, tizimning axborot xavfsizligini ta’minlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 10. Milliy elektron platformaga ma’lumotlarni kiritish, to‘ldirish va yangilab borish Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti (keyingi o‘rinlarda — Fuqaro muhofazasi instituti) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 11. Milliy elektron platforma o‘quv reja va dasturlariga har uch yilda bir marotaba, sohadagi innovatsion yondashuvlarni inobatga olgan holda o‘zgartirishlar kiritib boriladi. 12. Amaldagi o‘quv reja va dasturlarni yangilash zarurati paydo bo‘lganda o‘quv kurslari ko‘pi bilan 15 kun muddatga vaqtinchalik to‘xtatiladi va ushbu muddatda o‘quv kursi o‘quv hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 13. Milliy elektron platforma orqali malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o‘quv kurslarida tayyorgarlikdan o‘tish ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) respublika ijro etuvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari, mas’ul mutaxassislari va xodimlari uchun: Fuqaro muhofazasi instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, hududiy o‘quv markazlari tomonidan tegishli respublika ijro etuvchi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarni tayyorgarlikdan o‘tish bo‘yicha avtomatik ravishda xabardor qilish; milliy elektron platformadan foydalanish uchun login va parolni taqdim etish; belgilangan o‘quv guruhiga qo‘shilish; o‘quv modullari bo‘yicha taqdim etilgan mavzularni mustaqil o‘zlashtirish; o‘quv kursi yakuniy nazorat sinovida ishtirok etish; 2) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan, jismoniy imkoniyati cheklangan, shuningdek, faoliyat turidan qat’i nazar, barcha fuqarolar: milliy elektron platformadan foydalanish uchun mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tish hamda login va parol olish; belgilangan o‘quv guruhiga qo‘shilish; o‘quv modullari bo‘yicha taqdim etilgan mavzularni mustaqil o‘zlashtirish; o‘quv kursining yakuniy nazorat sinovida ishtirok etish. 14. Respublika ijro etuvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini, mas’ul mutaxassislari va xodimlarini milliy elektron platforma orqali malaka oshirish hamda qayta tayyorlash uchun ro‘yxatga olish Fuqaro muhofazasi instituti va hududiy o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan, jismoniy imkoniyati cheklangan, shuningdek, faoliyat turidan qat’i nazar, barcha fuqarolar milliy elektron platformada mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tish uchun shaxsga doir quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: familiyasi, ismi va otasining ismi; tug‘ilgan yil, oy va kuni; telefon raqami; yashash joyi (hudud nomi). Bunda, aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlashga mo‘ljallangan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni jalb qilish maqsadida Fuqaro muhofazasi instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari, hududiy o‘quv markazlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (barchasiga) aniq reja-grafik asosida har uch yilda taklif kiritadi. 15. Milliy elektron platforma orqali o‘quv kurslariga jalb etilgan har bir tinglovchi uchun alohida login va parol beriladi. Login va parol orqali milliy elektron platformaga bog‘langan tinglovchi uchun uning toifasi bo‘yicha virtual auditoriya faollashadi va dastur bo‘yicha mavzular taqdim etiladi. Tinglovchi eksternat tartibidagi ta’lim shaklida har bir mavzuni mustaqil o‘zlashtirib boradi, mavzu bo‘yicha bilimlarini “Kutubxona” bo‘limi yordamida yanada mustahkamlaydi va o‘quv kursi yakuni bo‘yicha 20 ta savoldan iborat test sinovini topshiradi. 21. Milliy elektron platforma orqali malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o‘quv kurslari dasturlari Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi. O‘quv dasturlari tinglovchilar bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan malaka talablari asosida tinglovchilarning toifalariga muvofiq alohida-alohida ishlab chiqiladi. 22. Milliy elektron platformadagi o‘quv kurslarini rejalashtirish, tashkil etish va yuritish uchun Fuqaro muhofazasi instituti va hududiy o‘quv markazlari xodimlari tarkibidan administrator va har bir tashkil etilgan guruhga alohida tyutor (muvofiqlashtiruvchi) tayinlanadi. Administratorning vazifalari: yillik tasdiqlangan tinglovchilar jamlash rejasiga muvofiq o‘quv kursi guruhlarini tashkil etish; tinglovchilarga milliy elektron platforma guruhlariga kirish uchun login va parol berilishini tashkil etish; o‘quv kursi tinglovchilari faoliyati bo‘yicha tashkiliy va o‘quv-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish; tinglovchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish; tayyorgarlikdan o‘tgan fuqarolar ro‘yxatini yuritishdan iborat. Tyutor (muvofiqlashtiruvchi)ning vazifalari: guruhlarga jamlangan tinglovchilarning o‘quv modullarini o‘zlashtirishi, sinovlarni topshirishini nazorat qiladi; tinglovchilarga tashkiliy, uslubiy va texnik jihatdan yordam beradi; o‘quv kursi yakuniy nazorat sinovlarini o‘tkazish va hujjatlarini rasmiylashtirishda ishtirok etadi. 4-bob. Respublika ijro etuvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash sohasidagi majburiyatlari 23. Respublika ijro etuvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash sohasida: rahbarlar, mas’ul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlarini belgilangan tartibda kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlaydi; o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etilgan rahbarlar, mas’ul mutaxassislar, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilarning o‘rtacha ish haqi saqlanishini ta’minlaydi; belgilangan dasturlar asosida qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari mas’ul mutaxassislar, xodimlar, ishchi hamda xizmatchilarni o‘qitilishini, shuningdek, kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga shayligini ta’minlaydi; o‘quv jarayonini tashkil etishda kuchli zilzilaning birlamchi va ikkilamchi oqibatlaridan muhofazalanish, kuchli zilzila hamda uning oqibatlariga oid zamonaviy o‘quv-moddiy baza (o‘quv xonasi, zarur ko‘rgazmali o‘quv qurollari va darsliklar) bilan ta’minlaydi; qayta tayyorgarlik va malaka oshirish o‘quv kurslarida tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan rahbarlar, mas’ul mutaxassislar, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari ro‘yxatini Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etadi. 24. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash sohasida: tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi, tadbirlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; tashkiliy ko‘rsatmalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi; tinglovchilar bilan jamlash rejalarini tegishli davr uchun shakllantiradi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘iga kiritadi; o‘quv mashqlari, mashg‘ulotlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi hamda o‘tkazadi; aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qiladi va undan keng foydalanishni tashkil etadi; aholini zilzilalar vaqtida o‘zini tutish qoidalari bilan tanishtiradi, ularga tayyorgarlik ko‘rishga doir tegishli uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilishi hamda tarqatilishini ta’minlaydi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom. 25. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash sohasida: ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni, shuningdek, o‘z tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari, ishchi va xizmatchilarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin harakatlanishga tayyorlash tadbirlarini tashkil etadi hamda nazorat qiladi; zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash bo‘yicha o‘quv-amaliy tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi, ularga mahalliy aholi jalb etilishiga ko‘maklashadi; aholini kuchli zilzilalar vaqtida tegishli harakatlarni bajarishga va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash bo‘yicha seysmik faol zonalarda seminar, trening va o‘quv mashqlari tashkil etilishiga bevosita ko‘maklashadi; aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash sohasida o‘quv-uslubiy va targ‘ibot materiallari chop etilishini hamda aholiga tarqatilishini tashkil etadi; aholini kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar xavfi to‘g‘risidagi tegishli axborot va ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. 5-bob. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash sohasidagi ishtiroki 26. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash sohasida: ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash bo‘yicha maxsus elektron platformadagi kurslarda ixtiyoriy ravishda o‘qishlari yuzasidan targ‘ibot va tashviqotlarni tashkil etadi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan kuchli zilzila va uning oqibatlaridan muhofazalanishga oid tayyorlangan metodik qo‘llanmalar va boshqa targ‘ibot materiallarini tarqatadi; zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga mahalliy aholini jalb etishga ko‘maklashadi. 27. Nodavlat notijorat tashkilotlari respublika ijro etuvchi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash bo‘yicha o‘quv-amaliy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga, ularga mahalliy aholi jalb etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlashga oid boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. 28. Ommaviy axborot vositalari vakolatlari: zilzila sharoitida harakatlanishga doir tadbirlarni yoritadi; zilzila sharoitida harakatlanishga doir tadbirlarda ishtirok etadi; zilzila sharoitida harakatlanish sohasidagi bilimlarni targ‘ib qilishda ishtirok etadi. Download 55.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling