Jurnal huquq bsb-2 Xodjiyeva Halima Konstitutsiya va huquqiy davlat. Konstitutsiya haqida qisqacha ma’lumot. Konstitutsiya


-moddaga binoan davlat o‘z faoliyatini qanday prinsiplar asosi amalga oshiradi?


Download 242.75 Kb.
bet5/5
Sana03.11.2023
Hajmi242.75 Kb.
#1745069
1   2   3   4   5
Bog'liq
huquq

20. 14-moddaga binoan davlat o‘z faoliyatini qanday prinsiplar asosi amalga oshiradi?
*a. Ijtimoiy adolat va qonuniylik
b. Demokratik
s. Umuminsoniy
d. Qonunchilik

21. Qaysi modda O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi suzsiz tan olinadi?
*a. 15-modda
b. 16-modda
s. 17-modda
d. 18-modda

22. 13-14-moddalar qaysi bobda yoritilgan?
*a. Xalq xokimiyatchiligi
b. Davlat suverenteti
s. Tashqi siyosat
d. Fuqarolik
23. Konstitutsiya va qonun ustunligi qaysi bob?
*a. 3-bob
b. 2-bob
s. 4-bob
d. 5-bob
24. Konstitutsiyamizning qaysi moddasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlarini zarar etkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas?
a. Barcha moddasi
*b. Faqatgina 16-moddasi
s. 3-bobdagi moddalar
d. Barcha javoblar to‘g‘ri

25. Birorta qonun yoki barcha normativ huquqiy xujjat konstitutsiya normalari yoki qoidalarga zid kelishi mumkin emas. YUqoridagi fikrlar konstitutsiyamizning nechanchi moddasida keltirilgan?
*a. 16-moddasida
b. 12-moddasida
s. 23-moddasida
d. 21-moddasida


Ushbu krossvordni to’g’ri yechsangiz, belgilangan kataklarda biz uchun muhim bo’lgan manbaning nomi kelib chiqadi


  • 1. Davlatning bosh markaziy shahri

  • 2. Birovning mol-mulkini ochiq-oydin talab ketish

  • 3. Yoʻllarning aynan bir joyda kesishadigan, tutashadigan yoki ayriladigan qismi

  • 4. Muayyan mamlakatning pul birligi

  • 5. Bir insonning oʻziga tegishli boʻlgan uyini, mashinasini va boshqa mulklarini ota-onasiga, aka-ukasiga, opa-singlisiga yoki boshqa shaxslarga oʻtkazib berishi

  • 6. Siyosiy va boshqa masalalarni hal etish uchun yigʻilish va namoyish oʻtkazish

  • 7. Diplomatik yozishmalar hujjati. Yaʼni ikki yoki undan ortiq davlatning biror masalani hal etishi boʻyicha imzolagan diplomatik hujjati

  • 8. Jinoiy jazo qoʻllanadigan qilmish

  • 9. Davlat yoki xalqaro tashkilotda ustuvor mavqega ega bo‘lgan tildir

Huquqiy davlat haqida qisqacha ma’lumot.

Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham ularga amal qilishi Huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Oʻzbekiston xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab oʻzining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi taʼkidlab oʻtilgan. Oʻzbekistonning mustaqil davlatchiligi davrida konstitutsiya va qonunlarning ustunligi gʻoyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylandi. Qonunni chetlab oʻtish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda. davlat inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashning izchil huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini amalga oshirdi (yana qarang Qonun ustuvorligi).


Huquqiy davlatning shakllanishi va faoliyat yuritishning muhim shart-sharoitlaridan bo'lib quyidagilar hisoblanadi: mamlakatda fuqarolik jamiyatining shakllanganligi; jamiyatning barcha yoki ko'pchilik a'zolarining siyosiy va huquqiy ongining yuqori darajada ekanligi; ularning mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok eta olishi uchun umuminsoniy madaniyatga ega boʻlishi; mamlakatda bir-biriga zid bo'lmagan yagona qonunchilik tizimining mavjudligi. Huquqiy davlat nazariyasi bilan uni amalga oshirish o'rtasida katta farq bor. Hozirgi paytda huquqiy davlat nazariyasi dunyodagi koʻpgina davlatlarning konstitutsiyalarida o'z aksini topgan. Masalan, 1978-yilda qabul qilingan Ispaniya Konstitutsiyasining 1- moddasi 1-bandida quyidagilar mustahkamlab qo'yilgan: "Ispaniya - bu sotsial, huquqiy va demokratik davlat boʻlib, bu davlatda oliy qadriyat erkinlik, adolat, tenglik va siyosiy hurfikrlilik hisoblanadi". 1949-yilgi GFR asosiy qonunga ko'ra "Germaniya Federativ Respublikasi demokratik va sotsial federativ davlat boʻlib hisoblanadi" (20-modda) hamda ularning konstitutsiyaviy tuzilmasi Asosiy Qonunga zid kelmasligi kerak (28- modda). Huquqiy davlat to'g'risidagi g'oyalar Avstriya, Gretsiya, Italiya, Fransiya, Shvetsiya, Shveytsariya va boshqa bir qator yuqori darajada rivojlangan davlatlarning konstitutsiyalarida belgilab qo'yilgan. 1993-yilgi Rossiya Konstitutsiyasida huquqiy davlat to'g'risidagi g'oya to'g'ridan-to'g'ri o'z aksini topgan. Uning birinchi moddasida "Rossiya Federatsiyasi - Rossiya respublika boshqaruv shaklidagi demokratik, federativ. huquqiy davlatdir" , -deb yozib qo'yilgan. 1992-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini muqaddimasida ham huquqiy demokratik davlat toʻgʻrisidagi g'oya o'z ifodasini topgan. Huquqiy davlat to'g'risidagi g'oya va nazariyalarni dunyodagi ko'pchilik mamlakatlar tan olsalarda, ammo uni amaliyotda hamma davlatlar to'laligicha qoʻllamaydilar. Hozirgi paytda huquqiy davlat to'g'risidagi g'oyani to'liq hayotga tatbiq qilgan biron-bir davlatni uchratmaysiz. Huddi shu ma'noda huquqiy davlat to'g'risidagi nazariyalar har qanday demokratik davlat intilishi kerak boʻlgan ideal, etalon vazifasini o'taydi.



O`ZBEKISTON BU ─HUQUQIY VA DEMOKRATIK DAVLAT.




Download 242.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling