Jurnalistika asoslari


M atbuot sharhi. M illat va um um insoniy m a’naviyat


Download 382.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/76
Sana03.06.2024
Hajmi382.29 Kb.
#1899049
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76
Bog'liq
Jurnalistika asoslari. Qozoqbovev T.

M atbuot sharhi. M illat va um um insoniy m a’naviyat
(«Muloqot» va «Tafakkur» jurnallarini o'qib)
M ustaqil О 'zbekiston xalqi о ‘zi tanlab olgan yo

ochiq, erkin 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan, umumjahon sivilizatsiyasiga, m illiy 
a n ’analarga, ijtim oiy qadriyatlarga asoslangan odil jam iyat, kuchli 
dem okratik huquqiy davlat qurish y o ‘lida bosqichm a-bosqich olg'a 
bormoqda. Zero m ustaqillik tufayli m am lakatim iz havotida, uning ijti- 
m oiy-siyosiy, m a da niy ja b h a la r id a c h u q u r o ’z g a r is h la r am alga 
oshirilyapti. Sarchashm alarni о ‘rganish, tadqiq etish va bu haqda 
matbuot sahifalari orqali ochiq-ravshan so 'zlash imkoni yaratildi.
80


Shu о ‘rinda istiqlol tufayli chinakamiga dunyo yuzini ко 'rgan ikki nashr
- «Muloqot» va «Tafakkur» jum allari sahifalarida m a ’naviyatga doir chop 
etilgan materiallar haqida fikr-mulohazalar bilan o'rtoqlashmoqchimaz.
«Muloqot» - O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy, 
tarixiy- 
badiiy va milliy ju m a li bo'lib, и 1991-yil yanvar oyidan buyon nashr etib 
kelinmoqda.
1991—1995-yillar davomida chop etilgan «Muloqot» sahifalaridan о ‘rin 
olgan madaniy va tarixiy merosimizga, qadriyatlarimiz, urf-odat va 
an ’analarimizga, milliy istiqlol mafkurasining yaratilishiga, umumbashariy 
qadriyatlarga doir qator materiallar, xorijdagi yurtdoshlarimiz bilan suh- 
batlar, dolzarb iqtisodiy muammolarga bag ‘ishlangan mutaxassislar 
mulohazalari va boshqa maqolalar keng jamoatchilikda katta qiziqish 
uyg'otgani esimizda.
M a ’lumki, 1993-yili tabarruk vatandoshlarimiz, musulmon Sharqidagi 
eng buyuk mutasavvuf donishmandlar - Xoja Ahmad Yassaviyning 900- 
yillik va Xoja Bahovuddin Naqshband hazratlarining 675 yillik mavludi 
shariflari nishonlandi. «Muloqot» ju m a li tahririyati ijodkorlari mamlaka- 
timiz ziyolilari bilan hamkorlikda nafaqat ul zotlarning hayoti va faoliyati 
haqida, shuningdek, boshqa fozil-u fuzalolar to ‘g ’risida ко ‘plab maqolalarni 
chop etdi.
Mustaqil mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida mil­
liy istiqlol mafkurasini, uning barcha tomonlari, qirralari va jihatlari bilan 
uzviy bir tarzda shakllantirishga bo ‘Igan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bu 
tabiiy hoi, albatta. Zero xalqimizning m a ’naviyatini к о ‘taradigan, g'ayrat- 
shijoati, iste’dodi, iqtidori, salohiyati, s a ’y- harakatini yuksak maqsadlar 
sari yo ‘naltiradigan chinakam milliy ruhdagi mafkura yaratish zaruriyatini 
davr k o ’rsatmoqda.
«Muloqot» jurnali O'zbekiston xalqi mustaqillik ostonasida turganpayt- 
dayoq milliy istiqlol mafkurasi masalasiga keng о ‘rin bergan edi. O'shanda 
jurnal tahririyati milliy mafkura masalasi, uning paydo bo ‘lishi, shakllanish 
va taraqqiyot jarayonlari haqida keng miqyosli maqola yozib berishni taniqli 
olim, O'zbekiston Fanlari akademiyasi muxbir a ’zosi Haydar Po'latovdan 
iltimos qilganedi. Mazkur maqola jurnalning 1991-yil 6 -7 sonlarida bosilib 
chiqdi. Shvndan so ‘ng milliy mafkura,. uning asoslari va istiqboli xususida 
tahririyatga turli mazmundagi maqola va takliflar kela boshladi. Jurnal­
ning o'sha yilgi 12-sonida faylasuv olim Abduqodir Zohidovning «Milliy 
mafkura, dastlabki saboqlar», 1992-yUning 7-8-sonlarida Hasanoxun 
Musayevning «Mustaqillik inshosi» s'arlavhali maqolalari bosildi.



Download 382.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling