Jurnalistika asoslari
Download 382.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Jurnalistika asoslari. Qozoqbovev T.
«manoqiba»larni eslatadi. Darvoqe, bu j a m inqilobdan keyin adabiy о -
tim izda um um an unutilgan edi. «M aqom ati Shohi Naqshband», «Manoqibi Sa 'diya», «Maqomati Yusuf Hantadoniy», «Maqomati Shayx 85 Abdulqodir Jeloniy» va boshqa mumtoz asarlar ruhida bizning ota-bobola- rimiz tarbiya topganini unutmasligimiz kerak. «Maqomat»larning G'arb adabiyotiga ham ulkan ta ’siri b o ‘Igan. Ma ’lumki, sharq zaminida yaratilgan «Maqomat»larda tariqat pirlari- ning axloq-odobi, qarashlari, hikm atli so ‘zlari, tarjim ai hollari, karomatlari, xalqqa qilgan xizmatlari qisqa-qisqa naqllarda, tarixiy shaxs- lar, shohid kishilar so'zidan bayon qil'mgan. Mazkur janrning qissa yo hikoyadan fa rq i shundaki, birinchidan, fik r g 'oyat lo ‘nda, ixcham ifodalanib, qisqa naqllarda o ‘z aksini topgan. Ikkinchidan, yasama, to ‘qima obrazlar, yasama voqealar ishlatilmaydi. Uchinchidan, tasvir etilgan har bir voqea-hodisadan ibratli xulosalar chiqariladi. To ‘rtinchidan, bosh qahramon garchi ideal inson sifatida tasvirlansa- da, lekin и о ‘zining xato-yu kamchiliklarini, bandalik bilan sodir etgan qusurlarini aslo yashirmaydi. N.Aminovning bu asari maqomatnavislik a n ’anasida yozilgan ekan- da, degan fikrga kelmaslik kerak. Balki, m uallif qadimiy adabiyotimizda bor b o ‘Igan janrni qayta jonlantirib, yangicha uslub, yangicha ohang, yangi tarovat, yangi fik r bilan boyitdi. «Bir asr hikoyati»dagi hikoyatlar ixcham, p u rm a ’no. Ular hikmatli so'z kabi bir o'qiganda xotirada muhr- lanadi, ravon va ibratliligi bilan ajralib turaai. Bosh qahramon Ota (Usta Amin Nurilloboy o'g'li) botinidagi halollik, mehnatsevarlik, to ‘g ‘rilik, don- ishmandlik, soddadillik, mardlik qisqa naqllarda о ‘z tajassumini topgan. Bir so'z bilan aytganda, «Muloqot» va «Tafakkur» jurnallari faoliya- 'tida istiqlolga xos muhim ijodiy burilish ruhi yetakchilik qiladi, y a ’ni m a ’naviyat va m a ’rifatniyuksak darajaga ко ‘tarish tuyg'usi, umumbasha- riy va m illiy qadriyatlarni uyg'unlashtirish negizida m illiy ong va demokratik tafakkur tarbiyasini kuchaytirish ruhi ustuvordir. Taqriz arabcha so‘z bo ‘lib, ijobiy baho degan m a ’noni anglatadi. Adabiy tanqid janri b o ‘lgan taqrizda 0 ‘zbekiston milliy ensiklopedi- iyasida yozilishicha «... asaming bibliografik tavsifi, snuningdek, mazmu- ni, unda k o ‘tarilgan muammolar, asarning g ‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o ‘rni haqida m a’lumot b o ‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi». Publitsistik m aqola taqrizi 20-asr boshlarida m atbuot bilan teng rivojlana boshlagan. 86 Ozod Sharafiddinov 0 ‘гЬек.1ыоп milliy ensiklopediyasidagi maqo- lasida: «Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G ‘afur G ‘ulom kabi yozuv- chilar, O .H o s h im o v , S .H u s a y n , O lim S h a ra fid d in o v , V.Zohidov, I.S u lto n o v , H .Y o q u b o v , M . Q o ‘s h c h o n o v , O z o d S h a ra fid d in o v , U.Normatov, N.Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o ‘zbek adabiyoti haqida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar», - deb yozadi. Taqriz. Bu jurnalistikaning mustaqil janri b o ‘lib, u ikkiga boMinadi. Tanqidiy bibliografik maqola (adabiy taqriz) ham da s a n ’at mavzusidagi maqola (teatr spektakliga, kinofilmga va boshqa s a n ’at turlariga yozilgan taqriz). Taqriz o ‘ziga xos xususiyatga ega. Unda ocherk, hisobot, kengaytirilgan axborot elementlari b o ‘ladi. Shu bois tajribali jurnalistlar taqrizni gazetaning umumlashtirilgan janri deb bejiz aytishmaydi. T a n q id iy -b ib lio g ra fik m a q o la (a d ab iy taq riz ), a so sa n , kitoblar, risolalar, bir yoki bir necha maqolalarni tahlil qiladi. Taqrizchi m uallif o ‘z asarida hayotning u yoki bu hodisalarini t o ‘g ‘ri, qaysi g ‘oya nuqtayi nazaridan yoritgan, mavzu qanchalik ochib berilgan, voqelik aniq va t o ‘g ‘ri ifoda etilganmi, asarning badiiy yoki publitsistik darajasi qanday kabi savollarga javob berishi lozim. Tanqidiy fikrlar muallifni xato va kamchiliklarni tuzatishiga ruhlantirishi kerak. Xuddi shunday vazifa spektakllar, kinofilmlar, konsert tomoshalari va sa n ’atga oid boshqa asarlarga yoziladigan taqrizga ham q o ‘yiladi. Bunda teatr jamoalari, bastakorlar, m o ‘yqalam ustalari, haykal-taroshlar, aktyorlar, dramaturglar, stsenaristlar va boshqa s a n ’at namsyandalari- ning ijodi tahlil etiladi. Taqriz haqqoniy bo'lishi kerak. Uni qolipga solib b o ‘lmaydi. Har qanday taqrizga q o ‘yiladigan talab bitta. U urr.umiy gaplar yig ‘indisiga aylanib qolmasligi kerak. Jumladan, qaysi bir spektaklga taqriz yozayotgan m uallif pyesa mazmunini aytib berish, unda ishtirok etayotgan aktyorlar ismi-sharifi va qaysi rolni bajarayotganini sanash bilan cheklanmasligi, balki pyesa bugungi kun talabiga jav o b beradimi, dramaturgiyasi, rollarga aktyorlar t o ‘g ‘ri topilganmi, teatr o ‘zining mavjud imkoniyatlaridan t o ‘la foydalanganmi, rejissyor xizmati va kamchiliklari qanday, badiiy bezagi pyesaning muvaffaqiyatida qanday rol o'y uadi va boshqa shu kabi savollarga jav o b berishi kerak. T a q r iz n in g en g c h iro y li, ib ra tg a loyiq b ir n a m u n a si s ifa tid a 0 ‘zbekiston Q ahram oni, atoqli ad a b iy o tsh u n o s olim va adib Ozod S h a r a f i d d in o v n in g f a n ta s t y o z u v c h i H o ji a k b a r S h a y x o v ijo d ig a b a g ‘ishlangan taqrizini toMaligicha k o ‘chiramiz. 87 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling