Jurnalistika fakulteti


Download 92.13 Kb.
bet6/10
Sana14.02.2023
Hajmi92.13 Kb.
#1196874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мелиева Маржона

Grammatik kategoriya
3.Grammatik kategoriyalar va ularning ifodalanish usullari. Har bir tilning o‘ziga xos grammatik ma`nolari ,uni ifoda qiluvchi vositalari mavjud. Grammatik kategoriya - umumlashgan grammatik ma`no bo‘lib, u tilning qaysi morfologik tipga kirishini ko‘rsatadi va o‘z ifodasini so‘zlarning o‘zgarishida, gapda so‘zlarning boғlanishida topadi. Zidlik mas., birlik va ko‘plik. SHundan son kategoriyasi kelib chiqadi.
Grammatik kategoriyalar grammatik ma`no va grammatik formalar birikmasidan tarkib topadi.
Grammatik kategoriyalar ifodalanish usuliga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
- sintetik grammatik kategoriyalar;
- analitik grammatik kategoriyalar;
-aralash grammatik kategoriya yoki sintetik-analitik grammatik kategoriyalar.
Sintetik grammatik kategoriyalar: o‘zbek tilida: son, kelishik, egalik, shaxs-son.
Analitik grammatik kategoriyalar: rus tili: egalik, o‘zbek tilida -i, rus tilida tvoya, moya, ego, nasha, vasha, ix.
Jins kategoriyasi
Son kategoriyasi
Kelishik kategoriyasi
Zamon kategoriyasi
Demak, har bir tilning o‘ziga xos grammatik ma`no turlari va ularni ifoda qilish usullari, vositalari bor. Bular har bir tilning o‘ziga xos grammatik qurilishiga ega ekanini ko‘rsatuvchi faktorlardir.
4.Sintetik va analitik tillar. Tilda ma`no va munosabat ifodalangan bo‘lib, so‘zning qismlari o‘zak bilan mahkam boғlangandir. So‘zlarni qismlarga bo‘lish mumkin. Bunday so‘z qurilishiga ega bo‘lgan tillar agglyutinativ tillardir. Agglyutinativ tillar, A. SHleyxer fikricha, o‘simlikka o‘xshaydi. Bunday tillarni ikki guruhga ajratadi: sintetik tillar va analitik tillar. Sintetik tillarga turkiy tillar, mo‘ғul tillari, fin-ugor tillari, dravid tillarini kiritadi. Analitik tillarga tibet tilini kiritadi.
Grammatik kategoriya - 1) maxsus koʻrsatkichlar yordamida soʻzlarning oʻzgarishi, birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha. G. k. grammatikaning qaysi sohasiga oidligiga koʻra morfologik va sintaktik kategoriyaga boʻlinadi. Sintaktik kategoriyalar morfologik kategoriyaga teng boʻlmaydi. Mas, bizning oila — toʻq oila. Bu jumlada morfologik jihatdan toʻrt soʻz, uch xil soʻz turkumi bor (olmosh, ot va sifat, ot), sintaktik jihatdan esa faqat ikki boʻlak — ega va kesim mavjud. Fe'lda 3 ta gramatik kategoriya bor. Mayl,zamon,shaxs-son kategoriyasi
Grammatik ma'no va grammatik shaklning birikuvidan vujudga kelgan umumiy tushunchalarni ifodalovchi tildagi xususiyatlar grammatik kategoriya deb yuritiladi. Kategoriya tushunchasi (grekcha kategoria) narsalarga tegishli xususiyat­lar ma'nosini ifodalaydi. Grammatik kategoriya bir yo'la gram­matik ma'no va grammatik shaklni qamrab oluvchi tushuncha bo'lib, turli tillarda soni va xususiyatlari bilan farq qiladi.
So'zlarning shakli va ma'no jihatiga ko'ra tildagi sintaktik funksiyasi belgilanadi. Grammatik kategoriya tushunchasi grammatik ma'nolarning butun bir guruhini qamrab oladi.
Grammatik kategoriya loaqal ikkita grammatik ma'noni o'z ichiga oladi. Masalan, otlarga tegishli birlik va ko'plik shakllarini qiyoslash mumkin. Bitta grammatik ma'no hech vaqt grammatik kategoriyaga ega bo'la olmaydi.
Otlarga tegishli bo'lgan kelishik, son, rod (rus tilida), aniqlik-noaniqlik (yordamchi so'z turkumi hisoblanuvchi artikl bo'lgan tillarda) grammatik kategoriyalari turli tillarda mavjud. Jumladan. turkiy tillarda, xususan, o'zbek tilida otlarga tegishli son, kelishik. egalik kategoriyalari bor, biroq rod va aniqlik-noaniqlik kategoriyalari yo'q. Ingliz tilida son, kelishik va aniqlik-noaniqlik kategoriyalari mavjud, lekin rod va egalik kategoriyalari yo'q.
Rus tilida esa, rod, son, kelishik katego­riya­lari bor, egalik va aniqlik-noaniqlik kategoriyalari yo'q. Bular barchasi otlarga tegishli grammatik kategoriyalardir. Rod kategoriyasi hind-ovrupo tillari oilasi german va roman guruhlaridagi tillarning ko'pchiligida yo'qolgan, lekin ba'zila­rida, xususan, nemis tilida uchta rod, fransuz tilida ikkita rod saqlanib qolgan, ingliz tilida esa yo'q.
Grammatik kategoriyalar fe'llar va sifatlarga ham tegish­li­dir. Fe'llarga tegishli grammatik kategoriyalarga zamon, mayl, aspekt, tus (vid) kabilar kiradi. Sifatlarga tegishli gram­matik kategoriya ularning oddiy, chog'ishtirma va orttirma darajasida ifodalangan: oq, oqroq, oppoq (juda oq yoki oppoq) kabi.

Download 92.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling