Jurnalistika fakulteti


Download 80.36 Kb.
bet4/11
Sana10.02.2023
Hajmi80.36 Kb.
#1185087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Yo`ldasheva Mohinur

Kategoriya atamasi tilshunoslikka falsafadan kirgan termin. U falsafada «obyektiv borliq va bilishdagi mohiyatan ko'proq qonuniy aloqa va munosabatni aks ettiruvchi umumiy tushuncha» tarzida ta'riflanadi. Falsafada ham, tilshunoslikda ham kategoriya bir xil narsani ataydi, ya'ni kategoriya uchun juftlik va alohidalik xos bo'lishi shart. Falsafada juftlikni sabab-natija, mohiyat-hodisa, butun qism, alohidalikni borliq, miqdor, makon tashkil etsa, tilshunoslikda kategoriya atamasi ostida zidlangan ikkilik (son kategoriyasi) yoki ko'plik (kelishik kategoriyasi) tushuniladi.
Bugungi tilshunosligimizda grammatik kategoriya atamasi ostida, asosan, morfologik kategoriyani tan olish ustuvor. Umuman, sintaktik kategoriya ham grammatik kategoriya sifatida qaralsa-da, xususiy hollarda, ya'ni sintaktik tekshirishlarda kategoriya tushunchasi e'tiborga molik ahamiyat kasb etmaydi. Bunga qo'shilib bo'lmaydi, albatta. Bir umumiy grammatik ma'no ostida birlashuvchi, shu asosda bir-birini taqozo etuvchi va bu umumiy ma'noning parchalanishi asosida inkor qiluvchi shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi.
Substansial tilshunoslikda grammatik kategoriyalarni Shohida Shahobiddinova chuqur va atroflicha o'rgangan. Olimaning ishida o'zbek tilida 9 ta kategoriya mavjudligi sanab o'tilgan va ular quyidagicha ko'rsatilgan:
nisbat kategoriyasi;
o`zgalovchi kategoriyasi;
harakat tarzi kategoriyasi;
bo`lishli-bo`lishsizlik kategoriyasi;
son kategoriyasi;
daraja kategoriyasi;
kelishik kategoriyasi;
egalik kategoriyasi;
kesimlik kategoriyasi:

  1. shaxs-son;

  2. zamon;

  3. tasdiq-inkor;

  4. mayl (modallik).

Sh.Shahobiddinovaning "Kategoriya va kategoriyalashtirishga bog'liq ayrim muammolar haqida" nomli maqolasida: "Tilshunoslikning boshqa sohalari, masalan, fonetika, sintaksis hamda leksikologiyada ham kategoriyalar haqida so'z borsa-da ( ega kategoriyasi, unlilar kategoriyasi kabi), ular u qadar ko'p ommalashmadi. Ularning kategorial xususiyatlari to'liq ochib berilmaganligini bunga sabab qilib ko'rsatish mumkin. To'g'ri, "so'zlarning leksik-grammatik kategoriyalari" atamasi ancha keng tarqalgan. Biroq yana ham ko'proq tarqalgan "So'z turkumlari" atamasi ostida birlashtiriluvchi tushunchadan faqat atama jihatigina farqlidir. "So'z" tushunchasi, uning qanday kategorial belgilarga egaligi va ular birlashuvchi kategoriyalarning o'zaro munosabatlari masalasi xususiy tilshunosligimizda zamonaviy fan talablari darajasida ochib berilgan, deb bo'lmaydi"kabi qarashlari mavjud.
Bundan tashqari yana o'zbek tilshunosligida kategoriya va u bilan bog'liq turli muammolarni yechishga doir bir qancha ilmiy ishlar qilingan. Masalan, Sh.Sodiqova "Hurmat kategoriyasining semantik-funksional xususiyatlari", B.Mengliyev "Grammatik kategoriyalarni belgilashga doir mulohazalar", A.G'ulomov "O'zbek tilida ko'plik kategoriyasi", T.Rustamov "O'zbek tilida inkor kategoriyasi", A.Sulaymonov "Hozirgi zamon o'zbek tilida o'tgan zamon fe'l kategoriyalari", S.Asliddinov "Hozirgi zamon o'zbek adabiy tilida egalik kategoriyasi" kabi ko'plab monzodlik ishlari va maqolalar yozilgan.
Xulosa qilib aytganda, kategoriya bilan bog'liq muammolar sekin-astalik bilan atroflicha o'z yechimini topib bormoqda.
R. Sayfullayeva tasnifi bo‘yicha Grammatik kategoriyalar tasnifi:
1) Egalik kategoriyasi
2) Kelishik kategoriyasi
3) Son kategoriyasi
4) Daraja kategoriyasi
5) Nisbat kategoriyasi
6) O‘zgalovchi kategoriya
7) Harakat tarzi kategoriyasi
8) Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi
9) Kesimlik kategoriyasi
Kesimlik kategoriyasi o‘z ichida bir necha turlarga bo‘linadi. a) Shaxs-son
b) Zamon
c) Tasdiq-inkor
d) Mayl(modallik)13
Grammatik kategoriya ham serqirra mohiyatli lisoniy hodisa bo‘lganligi sababli
turli tomonlama tasnif qilinadi. Masalan:
1) Kategoriya shakllarining ma’noviy tarkibiga ko‘ra
2) Morfologik kategoriyaning so‘z turkumi yoki gap bo‘laklariga xosligiga
ko‘ra
3) Morfologik kategoriya sintaktik qobiliyatining yo‘nalishiga ko‘ra
Shuningdek, sifatga xos bo‘lgan shakllar sifatning, songa xos bo‘lgan shakllar
sonning kategoriyasini tashkil etadi. Bunda sifatning daraja yasovchi shakllarini
sifatning tasniflovchi kategoriyasiga kiritamiz: -roq, -chil kabi; sonning ma’no
turlarini hosil qiluvchi shakllarni esa sonning tasniflovchi kategoriyasiga kiritamiz: -ta, -tadan , -ov(-ovlon), -ala, -tacha, -larcha, -lab, -lar, -(i)nchi.
Hozirgi o‘zbek tilida grammatik kategoriyaga munosabatiga ko‘ra so‘zning
grammatik shakllari ikki turga bo‘linadi: 1) kategorial shakllar; 2) nokategorial
shakllar. Kategorial shakllar ma’lum bir so‘z turkumiga xos grammatik shakllar
sistemasiga birlashuvchi, demak, grammatik kategoriya hosil qiluvchi shakllardir:
otlardagi grammatik son, egalik va kelishik shakllari, fe’llardagi zamon, shaxs-son
shakllari: -im, -ing, -i; -ning, -ni, -ga kabi. Nokategorial shakllar ham ma’lum
grammatik ma’noni anglatadi, ammo bir sistemaga birlashmaydi, ma’lum darajada
mustaqillikka ega bo‘ladi.Otlardagi kichraytirish va erkalash shakllari, fe’llarning
vazifa shakllari kabilar nokategorial shakllarga kiradi: -cha, -aloq, -xon, -gan, -
(i)sh, -(i)b kabi. Grammatik kategoriyalarni quyidagi shakllar tizimi hosil qila oladi:

  1. Otlarda: son, egalik, kelishik va kesimlik shakllari.

  2. Sifatlarda: daraja shakllari.

  3. Ravishlarda: qisman daraja shakllari.

  4. Fe’llarda: zamon, shaxs-son, mayl, nisbat (daraja), bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakllari. Grammatik kategoriya sintaktik

munosabat ifodalash yoki ifodalamasligiga ko‘ra morfologik kategoriya va
sintaktik kategoriya kabi turlarga bo‘linadi. Morfologik kategoriya so‘zlarning turli
morfologik ma’nolarini ifodalovchi grammatik ma’no va shaklning birligidir. Masalan, otlardagi son (birlik va ko‘plik), sifatlardagi daraja kategoriyasi, fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi, nisbat kategoriyasi va boshqalar
morfologik kategoriyalar hisoblanadi. Sintaktik kategoriya so‘zlarning sintaktik
munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladigan shakl va ma’no birligidir. Otlardagi
kelishik, egalik, kesimlik shakllari, fe’llardagi zamon, shaxs-son va mayl
kategoriyalari sintaktik kategoriyalar hisoblanadi.




  1. Download 80.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling