Jurnalistika fakulteti
Fonetik jarayonlar badiiy - estetik vazifalari
Download 70.11 Kb.
|
Ўтамуродова Севара
Fonetik jarayonlar badiiy - estetik vazifalari
Badiiy matnning morfologik xususiyatlari haqida gap ketganda, morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog`liq holatlar nazarda tutiladi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deyilganda mahsus so`z shakllari vositasida, shuningdek, ma'lum bir grammatik ma'no va funktsiyaga ega bo`lgan so`z shakllarini mahsus qo`llash orqali ekspressivlik – emotsionallik ifodalanishi tushiniladi. Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlarda aniq ko`rinib turadi. Badiiy matn lisoniy tahlil qilinganda ana shunday birliklarni ajratish, qaysi turkumga oidligi, kimning nutqida, nima maqsadda qo`llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligi e'tiborga olinishi zarur. Odatda, erkalash, suyish, hurmat, ulug`lash kabi ma'nolar ijobiy, jirkanish, mensimaslik, kibr, masxara, nafrat, g`azab, kinoya kabi munosabatlarni bildiruvchi so`zlar salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlar kiradi. Tahlil jarayonida matnda qo`llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko`rinib turgan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o`zgachaliklar haqida so`z yuritiladi. Masalan: takror, morfologik parallelizm. Atoqli otlar: G`oyibnazar Pinxonov, Oldi Sottiev, Tijoratxon, Dehqonqul. Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi. Badiiy adabiyotda ifodali nutq vositasi sifatida muhim rol o`ynaydigan, mazmunan stabillashgan nutq oborotlari sintaktik-stilistik figuralar deyiladi. Sintaktik figuralar nutq ta'sirchanligini oshirish, tasviriylikni kuchaytirishga yordam beruvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko`rinishlaridir. Troplar so`zlar bilan ish ko`rsa, figuralar gap tuzilishi va gapdan anglashilgan umumiy ma'noga asoslanadi. Figuralar nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilishi va shu yo`l bilan tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim uslubiy vositadir. Shuning uchun ham ularni ma'lum darajada nutq muzikasi deyish mumkin. Matnni sintaktik jihatdan tahlil etishda sohaga oid barcha adabiyotlarda quyidagi uslubiy vositalarga e’tibor berish qayd etiladi:31.Sintaktik parallelizm. 2. Emotsional gaplar. 3. Ritorik so’roq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut. 7. Gradatsiya. 8.Antiteza. 9. Farqlash.10. O’xshatish. Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday atamalar parellelizm (yun. parallelos-yonma-yon boruvchi)atamasi ostida o’rganiladi. Parallelizm – ikki hodisani yonma-yon qo`yib tasvirlash orqali ularni bir-biriga qiyoslash usuli bo`lib, undan tasvir etilayotgan ob'ektga tinglovchini diqqatini qayta tortish maqsadida foydalaniladi. Parallelizmning asosiy vazifasi fikrga izoh berish, unga tinglovchini to`la ishontira olishdan iborat.Parallelizm usuli his-hayajon, ko`tarinki ruh bilan aytilgan nutq ko`rinishlari uchun xarakterli bo`lib, tinglovchida turli emotsiyalarni uyg`otuvchi ifoda shakli hisoblanadi. Parallelizm natijasida davomiylik, ko`tarinkilik, qat'iylik kabi ifodalanishiga erishiladi.Ular til uslubiy vositalarining boyish manbalaridan biri bo’lib, poetik nutqda ko’p qo’llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik hisoblanadi. Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini oshirish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrningbatafsil – atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog’liq malumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi. Quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Nutqninggo`zal va jozibador bo`lishini ta'minlaydi. Tinglovchining diqqati asosiy ob'ektga jalb etiladi, u orqali fikr tez anglashiladi. 2. U orqali fikrni lo`nda, aniq, o`tkir, jonli va kuchli ifodalash imkoniyati tug`iladi. 3. Parallelizm vositasida fikrning tub mohiyati ochib beriladi, fikr predmetining asosiy sifatlari yoritiladi. 4. Mantiqiy jihatdan ajratib ko`rsatish orqali fikr ob'ekti haqida keng ma'lumot beradi. Umr degan bir keladi, yoshlik ham bir keladi. Emotsional gaplar.So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini,voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi.Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar ( chehra, o’ktam, tabassum , turq,qo’pol, tirjaymoq kabi ) mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinch, qo’rquv, g’azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo’yoqdor so’z va iboralar,his-tuyg’u ifodalovchi undovlar ( oh, voy, eh attang, voy sho’rim, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’minlashga xizmat qiladi. Inversiya-gap bo`laklarining o`rin almashinishi yoki gap bo`laklarining joylashish tartibini ma'lum maqsad bilan o`zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy asarda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirish, qahramon nutqini individuallashtirish uchun inversiyadan foydalaniladi. She'riyatda ifodalilik ohangdorlik, ta'sirdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Masaln: Bozorga o’xshaydi asli bu dunyo, Bozorga o’xshaydi bunda ham ma’ni. Ikkisi ichra ham ko’rmadim aslo, Molim yomon degan biror kimsani.( A. Oripov ) Antiteza( antithesis – qarama-qarshi qo’yish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo`yish, zidlash hodisasiga aytiladi. Voqea-hodisalar mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun zid ma'noli qo`shimchalar, so`zlar, iboralar, zidlovchi bog`lovchilardan foydalaniladi. Zidlashda voqea-hodisa, belgilarni o`zaro zid qo`yilib, shulardan birining ma'nosi alohida ta'kidlanadi. Zidlanishda ikki qism mavjud: zidlovchi qism va zidlash asosi ta'kidlangan qism. Masalan: 1. Noningni yo`qotsang yo`qot, nomingni yo`qotma!( O’.Hoshimov) 2. Ilmu she'rda shohu sulton, Lek taqdiriga qul. O`z elida chekdi g`urbat, Zoru nolon o`zbegim.( E.Vohidov) Gradatsiya( lot. Gradation – zinapoya, bosqichma-bosqichkuchaytirish).Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.Badiiy adabiyotdaholatlarni, tuyg’u va kechinmalarni qiyoslash, obraz, epitet, metafora va boshqa tasviriy vositalarning ketma-ket kuchayib yoki pasayib borishidan yuzaga chiquvchi uslubiy vositaga aytiladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko’ra turlicha tasnif etiladi: 1. Klimaks (ko`tarilish) 2. Antiklimaks (pasayish) Ifoda usuliga ko`ra: 1. Mantiqiy – mantiqiy gradatsiya tarkibiy qismlari o`rtasidagi ifodalangan tushunchalar va fikrlar nuqtai nazaridan qaralganda ko`zga tashlanuvchi nisbiy belgilar orqali yuzaga chiqadi. 2. Emotsional gradatsiyada his-tuyg`u ifodalovchi tushunchalar bosqichma-bosqich joylashib, kuchayib boradi. 3. Miqdoriy gradatsiyada o`zaro mos tushunchalar hajmi, miqdorining o`sib yoki kamayib borishi:Bir yil o`tdi, uch yil, besh yil. Ifoda materialiga ko`ra: 1. Leksik gradatsiyada uni tashkil qilgan komponentlarning sintaktik jixati emas, leksik-semantik jixati ahamiyatliroq bo`ladi. Shunday holda ham gradatsiya komponentlari sintaktik aloqaga kirishgan bo`ladi. 2. Sintaktik gradatsiyada bir konteks doirasidagi bir necha gap ifodalagan mazmun asos bo`ladi. Bir qo`shma gap doirasida sodda gaplar va bir yoyiq kontekstda yonma-yon holda joylashgan nisbiy mustaqil gaplar ifodalagan fikrlarning bosqichma-bosqich kuchayib yoki pasayib boruvchi nutqiy hodisa sintaktik gradatsiya deyiladi. Yana bir ko`rinishi yonma-yon joylashgan, bir-biriga tobe bo`lmagan nisbiy mustaqillikka ega gaplardir. Ritorik so`roq – ko`tarinki, kuchli emotsiya bilan aytiluvchi, ekspressiv vazifa bajarish uchun xizmat qiluvchi uslubiy vosita. Vazifasiga ko`ra: 1. Tinglovchiga qandaydir ta'sir ko`rsatishga mo`ljallanadi. 2. Faqat ekspressivlik ifodalaydi, sof emotsional ta'sir ko`rsatadi. Ellipsis(yun.tushish,tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bo`laklarining ma'lum maqsad bilan tushib qolish hodisasiga aytiladi. Bunday tushirilish tildagi lingvistik iqtisod – lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bu jonli nutq uchun tabiiy hol bo’lib, badiiy matnga ham xuddi shu – jonli nutqqa xos tabiiylikni ta’minlash maqsadi biln olib kirilgan. Badiiy matndagi ellipsis tekshrilganda, qaysi gap bo’lagi ellipsisga uchraganligi va bundan qanday maqsad kuzatilganligi izohlanadi. Ellipsisni maqollarda ko’p uchratamiz.So’zlarni tushirish orqali maqollarning tabiatiga xos ixchamlik va ifodalilik yuzaga keladi. Masalan: Ayrilganni ayiq er, bo`linganni bo`ri er. Sukut ( yoki jim qolish ) deb, “ so’z yoki so’zlar guruhining gap oxirida tushirib qoldirishga” aytiladi. Bu hodisa adabiyotlarda ellipsisning bir ko`rinishi sifatida talqin qilinadi. Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) ko’p nuqta bilan belgilanadi. Lekin shuni unitmaslik kerakki, ko’p nuqta bilan tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bo’lavermaydi.So`zlovchi nutq jarayonida nutqning tinglovchi uchun ma'lum qismini ataylab aytmaydi. Shunga qaramay, so`zlovchining maqsadi aniq bo`ladi. Ritorik so’roq gaplarham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri hisoblanadi.Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo’lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik so’roq gap deyiladi. Ko’pincha ritorik so’roq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so’zlar qo’llanadi. Ular nutqqa ko’tarinki ruh bag’ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi.Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishi, quvonchi, ajablanishi, shubha va gumonsirashini, g’azab va nafratini ifodalashida juda qo’l keladi.Bunday gaplar ichki va tashqi nutqda, monoligik va dialogik nutqlarda keng qo’llaniladi. Shuningdek, undalmalar ham gap tarkibida so’zlovchi va tinglovchining o’zaro munosabatini ifodalaydi. Undalma gap bo’laklaridan farqli ravishda maxsus intonatsiya bilan aytiladi. Undalmalar ijobiy yoki salbiy baho munosabatini ifodalab keladi.Salbiy baho munosabati ifodalovchi undalmalar badiiy asarlarda qahramonlar tasvirida, ruhiy holatni ko’rsatib berishda, qahramon nutqini individuallashtirishda kuchli uslubiy vosita bo’lib xizmat qiladi.Masalan: 1.- Ov! - dedi bo’ynini xo’rozdek cho’zib. – Raisman, deb o’zingdan ketma! Hasan Dumani endi ko’ryapsanmi, ahmoq! ( O’.Hoshimov). 2. – Shuni ayting, oyimposhsha! Birov bilan qochib ketmabdi.( O’.Hoshimov).4 Farqlashdeb ikki narsa – buyum, voqea – hodisa yoki holatlardagi differensial belgini aniqlashga aytiladi.Farqlash ham qiyos va chog’ishtirishga asoslanadi.Ifoda usuliga ko’ra antitezaga yaqin, lekin antitezada mantiqiy jihatdan qarama-qarshi bo’lgan ikki qutb qiyoslanadi.Bunda biri ikkinchisini rad etadi yoki inkor qiladi. Tasviriy vosita sifatidagi farqlashda belgilar qaysi xususiyatiga ko’ra farq qilayotganligi aniqlanadi. O’xshatish ham qiyosga asoslanadi, boroq o’xshatishda integral belgilar idrok qilinadi. Farqlashda qiyos asosida o’rtaga chiqadigan fundamemtal tafovutni aniqlash nazarda tutiladi. O’xshatishda bo’lgani kabi farqlashning ham ifoda usullarini quyidagicha tartiblash mumkin: 1. Farqlash subyekti. 2. Farqlash nisbati. 3. Farqlash asosi. 4. Farqlashni yuzaga keltiruvchi shakily belgilar. 5. Farqlash natijasi.Farqlashnatijasi yozuvchining badiiy niyatini aniqlashga olib keladi. Xo’sh, yozuvchi nima maqsadda bunday taqqosni keltiradi? Bu kabisavollar asosida farqlashning beshinchi unsuriga javib izlanadi.Badiiy asardagi bunday holatlarni tahlil qilish orqali yozuvchining murakkabkonstruksiyali farqlash, qiyoslash, chog’ishtirish mantig’ini tasavvur etishimiz mumkin bo’ladi. O’xshatish– bu “ ikki narsa yoki voqea-hodisa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to’laroq, konkretroq, bo’rttitibroq ifodalsh” dir.O’xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizni, ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini ta’minlashda foydalaniladi. Adabiyotlarda har qanday o’xshatish munosabati tilde ifodalanar ekan, albatta, to’r unsur nazarda tutiladi, ya’ni : 1) o’xshatish subyekti; 2) o’xshatish etaloni; 3) o’xshatish asosi; 4) o’xshatishning shakily ko’rsatkichlari. O’xshatish etaloni o’xshatish konstruksiyasining poetic qimmatini, estetik salmog’ini belgilaydi. O’xshatish etaloni qanchalik original bo’lsa, o’xshatishli qurilma ham shu darajada ohorli bo’ladi. Bunday matndagi o’xshatishli qurilmalar tekshirilgandaularni an’anaviy va xususiy-muallif o’xshatishlari sifatida tasniflash mumkin. An’anaviy o’xshatishlar og’zaki nutqda ko’p ishlatiladigan, shu sababdan ta’sirchanligini yo’qotgan o’xshatishlardir. Aslida ko’p takrorlanishi tufayli “ siyqasi chiqqan” deb baholanadigan bunday qurilmalarni tasviriylik, obrazlilik maqsadiga xizmat qildirish yozuvchining mahoraiga bog’liq. Xususiy-muallif o’xshatishlari yozuvchining o’z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, anologiya quvvati asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan o’xshatishlardir. Bunday o’xshatishlarda originallik, obrazlilik va ekspressivlik hamisha yorqin ifodalangan bo’ladi. Har qanday o’xshatishdan maqsad tasavvur qilinishi qiyin bo’lgan tushunchalarni konkretlashtirish, mabhum tushunchalarni aniqlashtirsh, narsa-hodisa, harakat-holatlarning eng nozik jihatlarini kitobxon ko’zi o’ngida go’zal bo’yoqlarda gavdalantirishdan iborat bo’lmog’I lozim. Matn tarkibida murakkab sintaktik tuzilma bo’lgan matn tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish deyktik birliklarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Deyktik birliklar ishora birliklar bo’lib, matn semantic qurisishida o’ziga xos o’rin tutadi. Bu birliklar har qanday matnning obyektiv mazmunida voqelik yuz bergan makon, zamon va voqelik ishtirokchilariga ishora mavjud bo’ladi. Mazkur deyktik birliklar matn tarkibiy qismlarini mazmunan bog’lash bilan birga, matn tuzilishidagi izchillikni ta’minlash, matnda aks etgan axborotga tinglovchi diqqatini jalb qilish maqsadlarini yuzaga chiqaradi. Ta’kidlash joizki, yozuvchi tasviridagi holat, qahramon ruhiyati uchun favqulodda muvofiq o’xshatish etaloni tanlagan, ya’ni qahramon – ruhoniy, sham –masjidniki, qahramon – g’arib, dardmand, sham – jaydari, arzonbaho, qahramon tuganmas dard bilan adoyi tamom bo’lib bormoqda, sham – yonib tugashning ham ramziy ifodachisi. Sap-sariq sifati bilan ifodalangan o’xshatish asosidagi belgi benihoya quyuqlashib kata bir dard shaklini olgan.Masalan: O’tgan yigirmanchi astda biz uchun ikkita tarihiy voqea ro’y berdi. Biri – inson qadamining Oyga yetishi, biri – O’zbekistonning Mustaqillikka erishishi. Ikkalasi ham qanchadan-qancha avlodlarning armoni edi. ( O’. Hoshimov). Xulosa Xulosa qilib aytganda fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar — nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutq jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib qolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bunday Fonetik oʻzgarishlar tovushlarning kombinatorpozitsion (lot. combinare — qoʻshmoq, birlashtirmok va positio — holat, joylashish) oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar yonmayon tovushlarning oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida yuzaga keladi va ularga quyidagilar kiradi: akkomodatsiya (lot. accomodatio— moslashish) — yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush) artikulyatsiyasining qisman moslashishi, muvofiq kelishi. Mas, til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g', x)ning talaffuz etilishiga muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.), dissimilyatsiya (qarang), metateza (qarang), diereza (yun. diairesis — ajralish, boʻlinish) — muayyan talaffuz sharoiti tufayli soʻz tarkibidagi tovushning tushib qolishi: pastqam>pasqam kabi. Soʻz oʻzagidagi yoki unga qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi: prokop a (yunoncha: rgokore) — soʻz boshida unli yoki undosh tovushning tushib kolishi: yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope — qisqartirish) — soʻz oʻrtasidagi tovushning tushib kolishi: oʻgʻil > oʻgʻlim kabi; apokopa (yun. arokore — tugallanmani qisqartirish) — soʻz oxiridagi unli yoki undoshning yoxud qoʻshma soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan, doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten > metro kabi. Tovush yoki tarkibiiy qismning tushib krlishiga olib keladigan sabablar qatoriga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham kiradi. Bunda quyidagi F.oʻ. kuzatiladi: eliziya (lot. elisio — siqish, siqib chiqarish) — unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi 2 soʻzning qoʻshilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi. Masalan, yoza oladi > yozoladi, ayta oladi > aytoladi; sandhi (sanskritcha sandhi — aloqa, bogʻlanish) — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga ishlar edi > ishlardi; aferezis (yun. aphaeresis) — oldingi soʻzning oxirgi tovushi taʼsirida keyingi soʻz boshidagi tovushning tushishi: ne uchun > nechun kabi; gaplologiya, mas, tragikokomediya > tragikomediya; sinerezis (yun. syneresis) — soʻz oʻrtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kuchsizlanib, nutkda tushib qolishi: saodat > so: dat, maorif > mo: rif kabi va boshqa Oʻzbek tiliga chet tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlarning anʼanaviy fonetik tarkibiga moslashtirilishida ham bir qator Fonetik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bular: proteza (qarang), epenteza [yun. epenthesis — (tovush) orttirish, qoʻshish] — soʻz tarkibida aslida boʻlmagan tovush, harf, boʻgʻinning paydo boʻlishi; fikr > fikir, hukm — hukum; brigadir > birgadir, traktor > tiraktir; epiteza (yun. epithesis) — soʻz oxirida muayyan fonetik yoki morfologik taʼsir ostida shu soʻzda aslida boʻlmagan tovushning ortishi: tank > tanka, kiosk > kioska kabi. Reduksiya (qarang!) ham nutqda muayyan fonemaning kuchdiz talaffuz qilinishi yoki tushib qolishi bilan bogʻliq fonetik o'zgarishlardan biridir. Download 70.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling