Jurnalistika va ommaviy kominikasiya asoslari


Jurnalistika tushunchasi ma’nolarining tarixiy tadriji


Download 55.6 Kb.
bet6/12
Sana07.05.2023
Hajmi55.6 Kb.
#1437954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik

Jurnalistika tushunchasi ma’nolarining tarixiy tadriji. Endi jurnalistikaning shu besh ma’nosi tarixiga e’tibor qaratamiz.

  1. 1. Ijtimoiy institut sifatidagi jurnalistika – Gutenberg davrida yo‘q edi.

  2. 2. Faoliyat turlari tizimi sifatidagi jurnalistika. Bulardan Gutenberggacha quyidagilar bo‘lgan:

— axborot xizmatlarini tashkil etish (ibodatxona va saroylarning egalarida shunday xizmatlar bor edi);
— axborot siyosatini ishlash va amalga oshirish (birinchi bobda mazkur ish bilan din arboblari va imperatorlar ancha samarali shug‘ullanganliklari aytib o‘tildi);
— saroylar va ibodatxonalarning sarbonlari huzurida faoliyat ko‘rsatadigan axborot xizmatlari (yozuvchilar, shoirlar, naqqoshlar, rassomlarning davra va uyushmalari) bor edi;
— ilmiy tadqiqotlar ham qisman olib borilgan («Musiqaviy palata»);
— axborot yig‘ish va uni ishlash usullari ancha keng tarqalgan edi.

  1. 3. Kasblar majmuasi sifatidagi jurnalistika. Bugungi kunda bular muharrir va uning o‘rinbosarlari, bo‘lim va tahririyatlarning boshliqlari, reportyor, mas’ul kotib, sharhlovchi, suxandon (diktor), efirni olib boruvchi, muxbir, muayyan nashrning o‘z muxbiri, maxsus muxbir, kurer va boshqalar. Gutenbergdan oldin bulardan ayrimlari bo‘lgan – muxbirlar, kurerlar (barcha mamlakatlarda), o‘z muxbirlari (qadimiy Eronda), maxsus muxbirlar (qadimiy Xitoy, Amir Temur davlatida).

  1. 4. Asarlar tizimi sifatidagi jurnalistika. Gutenbergdan ilgari jurnalistika ko‘rinishlari ichida ushbu yunalish eng rivojlangan edi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Birinchi bobda ushbu fikrni tasdiqlovchi ancha misollar keltirildi, masalan, protoxabar, protoreportaj, qisqa yilnomalar, dialog, monologlar va hokazo janrlar haqida.

  1. 5. Ommaviy axborot uzatuvchi vositalar (kanallar) majmuasi sifatidagi jurnalistika ham yo‘q edi.Ijtimoiy voqelikning faoliyat turi sifatidagi jurnalistika mohiyatini ochib beruvchi ma’nolarning tarixiy tadriji qisman ijodiy, ammo ko‘proq texnik kashfiyot, qolaversa, ommaviy zarurat taqozosi bo‘lgan. Jurnalistika tushunchasining eng to‘g‘ri va to‘liq ma’nosi – uni ijtimoiy institut sifatida qabul qilishdir. Ushbu masala «Jurnalistika ijtimoiy institut sifatida» deb nomlangan kitobda batafsil yoritilgan2.


Download 55.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling