Jurnalistika va ommaviy kominikasiya asoslari


Jurnalistikada auditoriyaga taʼsir koʻrsatish usullari


Download 55.6 Kb.
bet9/12
Sana07.05.2023
Hajmi55.6 Kb.
#1437954
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik

2.Jurnalistikada auditoriyaga taʼsir koʻrsatish usullari
Psixologiya fani nuqtai nazaridan qaraganda jurnalistlik kasbi nima oʻzi? Bu savolga javob berish jurnalistikaning boshqa kasblar tizimidagi oʻrni va vazifalarini, jamiyat hayotidagi rolini aniq taʼriflab berishni taqozo etadi. Chunki bir qaraganda, bu kasb egalari buyuk gʻoyalar targʻibotchisi, yana bir qarasang, voqea-hodisalar haqidagi xabarlarning oddiy “sotuvchisi” sifatida namoyon boʻladi.
Mediapsixologiya yoʻnalishining rossiyalik vakillaridan biri Ye. Pronina jurnalistika psixologiyasining asosiy vazifasi sifatida ommaviy axborotni kommunikatsiya va individual ijod fenomenlarini bir tizimga solib tushuntirishda, deb taʼkidlaydi. Bunda zamonaviy jurnalistikaning turli qirralari eʼtibordan chetda qolmaydi. Jurnalistning imidjini yaratish, auditoriyani sotsiologiya va psixologiya nuqtai nazaridan tadqiq etish, tayyorlangan matnlarni voqelik yuzaga keltirgan madaniy qarashlarga nechogʻli mos kelishi kabi masalalar shular jumladandir. Ye. Proninaga koʻra, auditoriya alohida shaxs yoki butun jamiyatdan iborat boʻlsa, jurnalist matn va saʼy-harakatlari orqali auditoriyaning ruhiyatiga taʼsir etuvchi kommunikator vazifasini bajaradi.
Muallif turli ziddiyatlar avj olgan zamonda oʻzini oʻzi boshqaruvchi ommaviy axborot kommunikatsiyalar jamoasi, yaʼni yangicha madaniy qarashlar jamiyati paydo boʻlishini, bunda jurnalistikaning roli alohida boʻlishini taʼkidlaydi .
Jurnalistikada auditoriyaga taʼsir etish usullari haqida gap ketar ekan, muloqot koʻnikmalarini rviojlantirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtmoq joiz. Chunki har kuni turli kasb, turli yoshdagi, turlicha dunyoqarashga ega boʻlgan odamlar bilan muloqot qilish jarayonida jurnalistning kasbiy malakasi va psixologik qarashlari oʻzgarib, boyib boradi. Bugungi kunda jurnalistika auditoriyaga taʼsir koʻrsatish orqali jamiyatni boshqarayapti, deb ham ayta olamiz. Bu esa oʻz oʻrnida jurnalist zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashi tabiiy. Jurnalist material tayyorlash jarayonida, ayniqsa, intervyu olish paytida asosiy eʼtiborni suhbatdoshiga qaratib, uning ruhiy holatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim. Afsuski, ayrim hollarda jurnalistlarda oʻziga yuqori baho berish - egotsentrizm holatlari kuzatiladi. Bularning barchasi auditoriyaga taʼsirning salbiy koʻrinishiga olib kelishi mumkin. Bugun barcha yetakchi mutaxassislar jurnalist auditoriyaning har bir aʼzosiga murojaat etish, uning ongiga, ruhiyatiga taʼsir qilish orqali butun jamiyatga taʼsir etishi kerak, degan fikrdalar. Binobarin, jurnalist butun jamiyatga maʼnaviy-axloqiy koʻrsatmalar beruvchi, jamiyat ruhiyatiga tashhis qoʻyuvchi, uni yaxshiliklarga ragʻbatlantiruvchi, undovchi vazifasini oʻtaydi17.
Jurnalistikada fikrni shakllantirish OAVning asosiy vazifasi — jamoatchilik ongiga taʼsir etish va uni shakllantirishdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Shunday qilib, zamonaviy jurnalistikaning bosh vazifasi odamlarda fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan, jamiyatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablaridan kelib chiqadigan ijtimoiy-psixologik sifatlar, qarashlar va ishonchni shakllantirishdan iboratdir .
Ammo jamiyatdagi turlicha fikrlaydigan, har xil qarashlarga ega boʻlgan kishilarning individual ongini integratsiyalash oson ish emas. Chunki kundalik turmush darajasida yangicha ong va qarashlarni shakllantirish hamda rivojlantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ijtimoiy-iqtisodiy talablar va qiziqishlar kun tartibida turadi. Boshqacha aytganda, oddiy fuqarolarni narx-navo, doʻkon va bozorlarda mahsulotlarning serob hamda arzon boʻlishi, iqtisodchilarni shu yoʻnalishdagi siyosat, tabiat muhofazachilarini atrofmuhitga boʻlgan munosabat koʻproq qiziqtiradi va tashvishga soladi va hokazo.
OAVlarda eʼlon qilingan materiallarning samarasini baholashning mezoni boʻlib ommaviy auditoriya, jamoatchilik ongida, hissiy tuygʻularida, intilishlarida, bilimlarida, dunyoqarashida roʻy bergan oʻzgarishlar darajasi xizmat qiladi.
OAVlarning auditoriyaga taʼsir etish usullari, yoʻllari va vositalariga qarab, quyidagi vazifalarini alohida ajratib koʻrsatish mumkin: axborot berish, maʼrifiy-tarbiya, muvofiqlashtirish, meʼyorlashtirish; targʻibot, siyosiy tarbiya, tashkilotchilik, boshqaruvchilik;
umumlashtirish, tarbiya, maʼnaviy qadriyatlarni targʻib etish va boshqalar; jamiyatni integratsiyalash va oʻz-oʻzini boshqarishga koʻmaklashish, haqiqiy vaziyat va holat haqida axborot berish, bilimlarni tarqatish, jamoat fikrini shakllantirish; jamiyat aʼzolarining ijtimoiy faolligini namoyon etishlariga yordam berish, madaniyatni targʻib etish, koʻngilochar yoʻnalishdagi vazifalar.
Jamiyatning koʻppartiyaviylik sharoitida OAVlarning oʻziga xos partiyalashuvi ham kuzatiladi. Yaʼni maʼlum bir partiya muassisligidagi nashrlar oʻz chiqishlarida ana shu partiyaning ichki va tashqi siyosat, jamiyatda kechayotgan turli jarayonlar borasidagi qarashlarini, strategiyasini bayon etadi. Jamoatchilikda ana shu qarashlar va strategiyaning davlat va jamiyat rivojida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch uygʻotishga harakat qiladi. Lekin bunda suiisteʼmolga yoʻl qoʻymaslik, boshqa siyosiy kuchlarni nooʻrin va notoʻgʻri tanqid qilmaslik, jamiyatning har bir aʼzosini, oʻzi taʼsir obyekti sifatida belgilab olgan auditoriyani hurmat qilishi, chop etayotgan materiallari shaxs manfaatlari va erkinligiga xizmat qilishiga erishish talab etiladi.
2. Jurnalistik faoliyatda sotsiologik usullarning qoʻllanilish yoʻllari va vositalari “Sotsiologiya” atamasi XIX asr oʻrtalarida fransuz faylasufi Ogyust Kont tomonidan isteʼmolga kiritilgan boʻlib, u lotincha “societas” – “jamiyat” va yunoncha “logos” – “soʻz, taʼlim, tushuncha” soʻzlari birikmasidan tashkil topgan hamda “jamiyat haqidagi fan” degan maʼnoni anglatadi .
Haqiqiy jarayonlar, holatlar, faktlar haqida taqdim etilgan ommaviy maʼlumotlarni tahlil etish jarayonida olingan bilimlar jurnalistika sotsiologiyasi, deb ataladi. Sotsiologiya maxsus sotsiologik fan boʻlish bilan birga jurnalistikaning ilmiy yoʻnalishlaridan biri ham hisoblanadi.
Jurnalistik faoliyatda materiallarni umumlashtirishning umumsotsiologik, maxsus va hissiy (emperik) kabi nazariy bosqichlari qoʻllaniladi.
Birinchi holatda matbuotning ijtimoiy tizimlardagi faoliyati va taraqqiyoti, jahon va muayyan davlat miqyosida rivojlanish jarayonlariga taʼsiri nazarda tutiladi. Maxsus bosqichda gazeta yoki OAV auditoriyasining, jurnalist faoliyati va tayyorlagan materiallarining hamda axborotning tarqalish doirasining nisbiy sotsialogik avtonomiyasi eʼtiborda boʻlishi lozim. Yaʼni bunda OAVlarning, jurnalistlarning maʼlum bir yoʻnalish, soha ixtisoslashuvini, taqdim etayotgan materiallar ham asosan shu yoʻnalish va sohalar vakillari yoki ularga qiziquvchilarga moʻljallangan boʻlishi koʻzda tutiladi.
Hissiy, yaʼni empirik bosqichda tahririyat faoliyati, gazetxonlarning fikrlari, ulardan kelgan xatlarning mazmuniga qarab, umumiy faoliyatga baho beriladi, tahliliy xulosalar chiqariladi, kelgusi rejalar belgilab olinadi.
Bugungi kunda jurnalistik faoliyatda sotsiologiyaning quyidagi usullaridan keng foydalangan holda OAVlar taʼsirchanligini, oʻqishliligini oshirish, mavzular va yoʻnalishlarni belgilab olish, auditoriyaning qiziqishlarini aniqlab olish mumkin: Jamoatchilik fikrini oʻrganish yoki tegishli tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan ana shunday soʻrovlar natijalarini tahlil etish.
• Ommaviy hujjatlarni tahlil qilib, xulosalar chiqarish.
• Turli soha ekspertlarining fikrlarini oʻrganib borish.
Har tomonlama va keng koʻlamli kuzatuvlar olib borish.
Tahririyatga kelayotgan xatlarni tahlil etib borish.
Erkin matbuot sharoitida materiallarni oʻquvchiga istalgan shaklda taqdim etish mumkin. Bunda asosiy eʼtibor uning taʼsir kuchiga qaratiladi. Jumladan, materialda dalil yoki biror soha xronologiyasi taqdim etilar ekan, bu material esse yoki koʻngilochar maqola shaklida boʻlishi mumkin. Har bir tahririyat oʻz oʻquvchilarining darajasi, qiziqishlari, saviyasidan kelib chiqib, maʼqul janrlardan birini tanlaydi. Dolzarb va tahliliy maqolalarni chop etishdan, fakt va raqamlar bilan ishlashdan oʻzini chetga oladigan ommaviy axborot vositasi jamiyatda oʻz oʻrnini va mavqeini yoʻqotishi hech gap emas.
Ayrimlarning eʼlon qilinayotgan materiallarda mazmun emas, shakl birlamchi boʻlishi kerakligi borasidagi qarashlari ham unchalik toʻgʻri emas. Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan sotsiologik tadqiqotlarning natijasiga koʻra , gazeta materiallarida oʻquvchilarni koʻproq pragmatika, yaʼni nima haqida gap ketayotgani (xabar berilayotgani) qiziqtiradi. Undan keyingi oʻrinda sintaksis, yaʼni materialning bayon etilish shakli, eng oxirgi oʻrinda esa semantika, yaʼni mazmunning haqiqatga nechogʻli mosligi turadi.
Ammo bundan badiiy mahorat hech qanday ahamiyat kasb etmas ekan-da, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Aksincha, jurnalist mahorati aks etmagan har qanday qiziq mavzu ham fakt, raqam va dalillardan iborat maʼlumotnomaga aylanib qoladi.


Download 55.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling