Jurnalistika va ommaviy kominikasiya asoslari


Ommaviy axborot vositalari faoliyatini samaradorligini oshirishda huquqiy asoslar


Download 55.6 Kb.
bet11/12
Sana07.05.2023
Hajmi55.6 Kb.
#1437954
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik

4. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini samaradorligini oshirishda huquqiy asoslar
Bugungi kunda respublikamizda har bir fuqaroning, OAVning va jurnalistlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, ular yaratgan asarlarning daxlsizligini taʼminlash va erkin faoliyat koʻrsatishlari bilan bogʻliq yoʻnalishda izchil davlat siyosati olib borilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jurnalistika sohasida erishilgan yutuqlar qatorida jurnalistlik hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari yaratilganini ham alohida taʼkidlash joiz. Ommaviy axborot vositalari faoliyati bevosita konstitutsiyaviy, xalqaro huquqiy va tegishli qonunchilik asoslari orqali muvofiqlashtiriladi.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy prinsiplari
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro huquqning subyektidir. Bu maqom mamlakatimizga ayni paytda xalqaro hamjamiyatning umumeʼtirof etilgan qonun-qoidalariga rioya qilish masʼuliyatini ham yuklaydi. Binobarin, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir qonunlarimizning deyarli barchasida xalqaro huquq normalarining ustuvorligi taʼkidlangan.
OAV faoliyatining xalqaro huquqiy asoslari sifatida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalarini keltirish mumkin. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va OAV faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi dastlabki normalar hisoblanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida: “Har bir inson eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir toʻsiqsiz oʻz eʼtiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va gʻoyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qatʼi nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini oʻz ichiga oladi”, - deyiladi. Mazkur masala Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktda yanada aniqroq bayon etilgan. Chunki, axborotlarni bunday tartibda izlash, olish, tarqatish boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga, davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi salomatligi kabi qonuniy muhofazadagi subyektlarga daxl qilmasligi lozim. Shu nuqtai nazardan mazkur holat Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning 19-moddasida quyidagicha oʻz aksini topgan: “Har bir inson oʻz fikrini erkin bayon etish huquqiga ega, bu huquq... turli axborot va gʻoyalarni izlash, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi». Ushbu moddaning 2bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish oʻz oʻrnida jurnalist zimmasiga alohida majburiyat va masʼuliyat yuklaydi. Bu holat tabiiyki, ayrim cheklashlar bilan bogʻliq, yaʼni a) shaxslarning shaʼni, qadr-qimmatini hurmat qilish; b) davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki maʼnaviyatiga daxl qilmaslik va h.k.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining Konstitutsiyaviy asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning asosiy qonuni hisoblanadi. Yaʼni barcha qonunlarimiz Konstitutsiya asosida qabul qilinadi va unga zid kelmasligi shart. Demak, ommaviy axborot vositalari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishda ham ana shu tamoyil asos boʻlib xizmat qiladi. Bosh qomusimizda axborotni izlash, olish, tarqatish huquqi va OAV faoliyatining Konstitutsiyaviy asoslari oʻz aksini topgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning alohida bitta bobi, yaʼni 15-bob “Ommaviy axborot vositalari” deb ataladi. Mazkur bobning 67-moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning toʻgʻriligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi”, deb yozilgan.
Soʻz va eʼtiqod erkinligi, axborotni izlash, olish va tarqatish huquqi Konstitutsiyamizning 29-moddasida aniq belgilab qoʻyilgan: “Har kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim oʻzi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli boʻlgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin”. Fuqarolarning oʻz huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati esa 30-moddada oʻz aksini topgan: “Oʻzbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim”.
Konstitutsiyada belgilangan bu huquqlar matbuot va axborotga doir bir qator soha qonunlarida toʻliq oʻz aksini topgan.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining qonunchilik asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul qilingan qonunlar, qonun osti va meʼyoriy hujjatlar ommaviy axborot vositalari faoliyatining qonunchilik asoslari sifatida tushuniladi.
OAV faoliyatiga bilvosita taalluqli boʻlgan qonunlar quyidagilardir:
1. “Aloqa toʻgʻrisida”. 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan.
2. “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan.
3. “Radiochastota spektri toʻgʻrisida” 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan.
4. “Reklama toʻgʻrisida” 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan. Ushbu qonunning maqsadi reklamani tayyorlash va tarqatish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat boʻlib, eng muhim vazifalardan biri – yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulotlar toʻgʻrisida axborot oqimini shakllantirishdir.
5. “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida” 1999-yil 20-avgustdan kuchga kirgan.
6. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” 2000-yil 25-mayda qabul qilingan.
7. “Pochta aloqasi toʻgʻrisida” 2000-yil 31-avgustdan kuchga kirgan.
8. “Axborotlashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 11-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan. Dastlab ushbu qonun 1993-yilda qabul qilingan edi.
9. “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida” 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan.
10. “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida” 2004-yil 29-apreldan kuchga kirgan.
11. “Elektron tijorat toʻgʻrisida” 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan.
12. “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida” 2005-yil 16-dekabrda qabul qilingan.
13. “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida” 2006-yil 4-aprelda qabul qilingan.
Bundan tashqari, ommaviy axborot sohasini bevosita tartibga soluvchi alohida qonunlar ham ishlab chiqilib, amalda qoʻllanilmoqda. Ular quyidagilardir:
1. “Oʻzbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 2-fevral № 52
2. “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrda qabul qilingan.
3. “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktyabr № 421
4. “Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 26-oktyabr № 429
5. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 27-sentyabr № 336
6. “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 7-noyabr № 385
7. “Matbaa korxonalarini roʻyxatga olish va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 17-dekabr № 454
8. “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 17-may № 215
9. “Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-iyun № 274
10. “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-noyabr № 555
11. “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 20-dekabr № 592
12. “2010-yilgacha pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, axborotkommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 19-may № 128
13. “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-avgust № 200
14. “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-noyabr № 256
15. “ZIYONET” axborot tarmogʻini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-dekabr № 282
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari oʻz faoliyati mobaynida Oʻzbekiston
Respublikasining Fuqarolik, Fuqarolik – protsessual, Jinoyat, Jinoyat – protsessual, Jinoyat – ijroiya, Xoʻjalik – protsessual va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslari meʼyorlariga koʻra ish yuritishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari insoniy mezonlarga hurmat nazari bilan qarab, fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmati, eʼtiqodi yoki shaxsiy hayotlari bilan bogʻliq masalalarga putur yetkazmasliklari, davlat siri, shuningdek, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarga daxl qilmasliklari lozim.
Fuqarolik kodeksi va bir qator qonunlarda shaxsiy-nomulkiy va mulkiy huquqlar doirasi, inson shaʼni va qadr-qimmati tushunchasi, tijorat sirlari kabi masalalarga aniq taʼriflar berilgan.Fuqarolik kodeksida konfeditsial axborotlar, tijorat siri, ishchanlik obroʻsi yoki shaxsiy sirlarga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatmaslik borasida cheklar mavjud. Har qanday OAV oʻz faoliyatini amalga oshirar ekan, u albatta qonun bilan qoʻriqlanadigan mazkur huquq va erkinliklarga putur yetkazmasligi lozim.
Keyingi yillarda mamlakatimizda OAVning huquqiy maqomini kengaytirish, vakolatini yanada oshirish, muassislar bilan tahririyatlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar fikrimizning dalilidir.

Download 55.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling