K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»


Download 1.79 Mb.
bet66/77
Sana20.11.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1788915
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tayanch so‘z va iboralar:


Axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalari bozori; iqtisodiy samaradorlik; mehnatgalablilik; bilvosita harajatlar; avtomatlashtirilganlik koeffitsiyenti; mehnat unumdorligi.


Takrorlash uchun savollar.



  1. Axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlaridan foydalanish va axbo-rot faoliyatining majmuaviy samaradorligi qanday qilib hisoblanadi?

  2. Qo‘lda bajarilayottan ishning umumiy mehnattalabliligi qanday hisoblanadi?

  3. Mehnatning avtomatlashtirilganlik koeffitsiyenti deganda
    nimani tushunasiz?



5.7-§. ELEKTRON DARSLIKLARNI YARATISH ASOSLARI

Rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi yigirma yilda axborot faoliyatining ko‘p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan bo‘lib bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalari bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi 50 – yillarning ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog‘i har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi bo‘lib hisoblanmoqda. Chunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasi talab etilmoqda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirishda zarur bo‘lgan turli axborot, tahliliy materiallar va ularni tezkor usudda olish axborot-kommunikatsiyalar texnologiya-larining rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda.


Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish yo‘lidagi asosiy masalalardan bo‘lib axborot maydonining barcha tarkibiy qismlarini rivojlantirish va undagi boshqaruv sub’ektlari faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan davlat axborot siyosatini ishlab chiqishi hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bozorini shakllantirishning ob’ektiv zaruriyatidan kelib chiqqan holda, milliy iqtisodning deyarli barcha tarmoqlari manfaatlariga ta’sir etuvchi keng miqyosdagi iqtisodiy, huquqiy va siyosiy yechimlarni hal qilishni talab qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida» gi Farmoni e’lon kilindi. Unda «...Real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng barhamand bo‘lishlari uchun shart – sharoitlar yaratish...» belgilab qo‘yilgan.
Respublikamiz kutubxona, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy – tadqiqot institutlari va vazirliklarida to‘plangan katta miqdordagi axborot resurslari-ga ega. Biroq ushbu manbalarga integratsiyalashgan holda kirish usuli hali yo‘lga qo‘yilmagan. Chunki, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yangi darajasiga o‘tish, jahon axborot mahsulotlari va xizmatlariga chiqish yuqo-rida keltirilgan manbalarga turli aholi guruhlarining tez suratda kirib bori-shini tashkil qilish muammo bo‘lib turibdi. Respublikamizda axborotlar sohasining rivojlanishiga boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatmoqda, jum-ladan: jamiyatni axborotlashtirishning past darajadaligi, axborot texnologi-yalari rivojlanishi uchun zarur resurslarning yetarli darajada emasligi, hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining yetarli darajada rivojlanmagan-ligi, EHM lokal va hudud tarmoqlarini qo‘llash va rivojlantirish borasidagi qoloqlik texnologik ma’lumotlar va bilimlar bazalarining sust qo‘llanilishidir.
Jahon amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘z fukarolarini axborotlashgan muhitda faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatgan jamiyatgina vaqtdan yutadi, chunki faqat miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslangan iqtisodiyot tizimining kelajagi yo‘q.
Axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalari bozorida asosiy tovar bo‘lib axborot mahsulotlari va xizmatlari sanaladi, ya’ni axborot – kommunikatsiyalar texnologiyasi yordamida foydalanuvchilarga ko‘proq axborot xizmatini ko‘rsatish lozim.
Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va to‘liqligi darajalariga yuqori talablar qo‘ymoqda. Chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas. Axborot mahsulotlarining respublikamiz hayotida tutgan o‘rni va roli ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Mamlakatimizda axborot – kommunikatsiyalar texnologiya-lari bozori industriyasini tarkib toptirish jamiyatimizda chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelib, uni «industrialdan axborotlashgan jamiyatga» aylantirishiga ishonchimiz komil.
Axborot va telekommunikatsiyalar bozori AQSH iqtisodiy rivojlani-shining asosiy omillaridan bo‘lib xizmat qilmoqda. Misol uchun, AKDIda jami iste’molchilar sarflagan har 10 dollardan 1 dollari ushbu industriya xizmatlari va mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Keng ma’noda olganda axborot - kommunikatsiya­lar texnologiyalari bozori AQSH ichki iqtisodiy maydonining 10 %ini tashkil etmoqda. Bashorat qilishlaricha, ushbu ko‘rsatkich yaqin o‘n yillikda 20 %ni tashkil etadi. Agar Hindistonning axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalari bozoriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dasturii mahsulotlar industriyasi o‘n yil oldin 10 mln. dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda u 1 mlrd. dollargacha o‘sdi. Mutaxassislar-ning bashorat qilishlaricha, ushbu industriyaning daromadi XXI asr boshi-da 5 mlrd. dollarni tashkil qildi. Hindistonda dasturni mahsulotlarni chetga eksport qilish bo‘yicha 330 ga yaqin kompaniyalar faoliyat ko‘rsatayapti.
Hozirgi kunda jahon ta’lim xizmatlari axborot – kommunikasiyalar texnologiyalariga tayangan holda yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu borada elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalar katta o‘rinni egallamoqda.
Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalalarga aylanmoqda, chunki ular ommaviy ravishda ta’lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarini qamrab olmoqda.
Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • matnning elektron versiyasi;

  • kitobning gipermatnli elektron versiyasi;

  • grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;

  • animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gi­permatnlar mavjud darslik;

  • animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, giper­matnli va test tizimlari mavjud darsliklar.

Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta’minotning yo‘qligi ishlab chiqilayotgan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsat­moqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standart-lari va dasturni vositalarining yo‘qligi turli ishlab chiqaruvchilar tomoni-dan yaratilgan elek­tron darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin.
Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarning baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron darsliklarning an’ana-viy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish mumkin:

  1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli.

  2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.

  3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi.

  4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi.

Quyidagi jadvalda ushbu mezonlar asosida qiyosiy tahlillar keltirilgan (1.15 - jadval).
Shulardan kelib chikib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin:

  • multimedia – ma’lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida axborotlarni taqdim etish;

  • qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish;

  • olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob’ektiv tizimini kiritish;

  • tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro interaktiv va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi.

1.15-j a d v a l.




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling