K. Alimova Z. T. Nishanova, G. K. Alimova, A. G‘. Turg‘unboeva m. X. Asranboeva


Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari


Download 1.09 Mb.
bet22/85
Sana08.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1758067
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85
Bog'liq
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova-fayllar.org

Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari


Go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam har;ikat, atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigar quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, tiam ijtimoiy jiliatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan mimosabat o‘matadi, predmetlami ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalami kuzatadl, predmetlami qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e'tibor beradi va predmetlami harakatlantirish yordamida shu tovushlami o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Juda qisqa vaqt ichida, kattalaming yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aykinadi.

Ilk yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi. N.D. Levitovning ko‘rsatishicha, yangi harakatlami egallash analizatorlaming rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langandir, zotan kichkina bola olamni sezish yordami bilan biladigan mavjudot bo‘lg:mligi sababli, h:irakatlaming o‘z vaqtida taraqqiy etishi bola umumiy psixik taraqqiyotini ko‘rsatuvchi omil boiib xizmat qiladi. Ilk yoshdagi bolalaming muskullari juda bo‘sh boiadi.

Go‘daklik yoshida bolalami harakat ko‘nikmalari, ayniqsa qo‘1 va oyoqlaming murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez shakllanadi. Bu harakatlar keyinchalik bolalami bihsh va aqliy qobiliyatlarini yuzaga kelishida judayam sezilarli rol o‘ynaydi. Bola qoi va oyoq harakatlari hisobiga olam haqida axborotlami ahamiyatli qismini oladi. Qo‘lning murakkab harakatlari idrolcning birlamchi shakliga kiradi va odamning aqliy faoliyatini mukammallashuvini la'minlcvchi uning ajialmas qismiga aqlanadi. Bola qoiining katta impulsiv faolligi hayotining birinchi haftasida namoyon boiadi. Bu faollik qoilarni silkitish, ushlash, barmoqlar harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bola 3-4 oyligida predmetlarga qo‘1 uzata boshlaydi, katalaming yordami bilan o‘tiradi. 5 oyligida u harakatsiz predmetlami qo‘li bilan ushlay oladi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalaming tovushlariga e'tibor bera boshlaydi.

-45-



Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorliqdagi emotsional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional mimosabat shu yoshdagi bolalaming asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalaming doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishlariga unga o‘:z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattakr bilan boTadigan muomala- munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatining almashiriishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos boTadi. Kattalaming bolaga nisbatan emotsional munosabati, ulaming gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratishi, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlami yodida saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin boTadi. Ikki oylik


-46-


davridari boshlab bolada oddiy ranglanu ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, csa predmetlaming shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi.

Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini o‘zgalamikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.

3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar qo‘liga tushsa, o‘z xavotirini yig‘isi orqali namoyon etadi. Bu xavotii 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi.

2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlaming shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yetgan bolada atrof muhitni bilishga qiiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga (ashlanadi.

Go’dak bolalar jismoniy jihatdan tez rivojlanishi bilan birga psixik jihatdan ham juda tez rivojlanadilar. Chaqaloq bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, analizatorlaming takomillashuvi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, mustaqil harakatlarining o'sishi bilan bog’liqdir. Analizatorlaming tez takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo’lgandan so’ng unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yo’liga kiradi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, u dastawal bolada harakat analizatorlari bilan bog’liq bo’lgan, undan so’ng eshitish va ko’rish analizatorlari bilan bog’liq bo'lgan shartli reflekslar yuiiaga keladi. Ana shu tariqa barcha analizatorlarga nisbatim har xil muralckablikda shartli reflekslar tobora ko’plab yuzaga kela boradi. Shartli reflekslaming yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin bo’ladi.

Keyitichalik, ya’ni ikld-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatining (akomillashuvi natijasida ta'sir qilayotgan qo’zg’atuvchilami farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastawal turli ovozlami, so’ngra ayrim yorqin ranglami, ta’mlami, farqlay boshlaydi. Niltioyat, uch oylik bola atrofidagi juda ko p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydir boshqacha reaksiya qiladigan bo'ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tikilib, emotsional munosabatda bo’la boshlaydi. (J odamga uzoq vaqt tikilib qaraydi. Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, go’yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo’ladi. Ana shu


-47 -


davrdan boshlab bolalar bilan imkoni boricha mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir aktivlik, kattalarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo’lgan munosabatdan yuzaga keladigan emotsional reaksiyalami jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola uning bilan munosabatda bo’layotgan odamga muloyim tikilib, jilmayadi, qo’l va oyoqlari bilan talpinib qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydfir kuchli mamnunlik hissi yuzaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada. munosabatda bo’lib, ularda jonlanish komj^leksini yuzaga keltira toerilsa, ular kattalarga o’rganib qoladilar va o’yinchoqlarga qarama>' qo’yadilar.

Go’dak bola yoshiga to’lguncha juda ko’p harakadami o’zlashtirib oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman haiakatlari orasida qo’l harakatlari psixik tmaqqiyoti uchurt muhim bo’lgan harakatlardir. To’rt oylik bola narsalarga qo’l cho'zeidigan bo’ladi, ammo u hali o’zining qo’l harakatlarini idora qila olmaydi. Bola besh oylik bo’lgach, narsalami ushlab, uni paypaslab, timirskilab ko’radigan bo’ladi Bolaning qo’l harakatlari atrofidagi riarsalami bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalami paypaslab, timirskilab ko’rish orqali ulaming ayrim xususiyatlarini bilib oladli.

Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlami egallab borishi juda katta rol o’ynaydi. Bola olti oylik bo’lgach, mustaqil o’tira oladigan bo’ladi. Bola o’tira boshlagandan so’ng uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan-yangi taassurotlar paydo bo’ladi. Bola ko’z o’ngida yangi taassurotlaming paydo bo’lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlaming rivojlanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bo’lgach yana bir murakkab bo’lgan harakatni, yani emaklashni boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati kattadir. Emaklay boshlagach, bolaning atrofidagi narsalar bilan munosabatda bo'lish imkonoyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi narsalami taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda bu yoshdagi bolalar biror narsaning qopg’og’ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo’l muskullarini mustahkamlaydi va narsalaming turli xossalarini bilib olishga yordam beradi.

Og’ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog’lom o’sgan bola 9- 10 oylik bo’lganda yura boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura


-48-


boshlashi, uning hayotida nihoyat katta hodisadir. Boia yura boshlagandan so’ng uning psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish inkonoyatiga ega bo'ladi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib mazmumdor bolishiga yordam beradi.

Olti-yetti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlaii paydo bo’la boshlaydi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir. Bola juda ko’p harakatlami va nutqni asosan taqlid qilish orqali egallaydi. Bolani besh-olti oylikdan boshlab nutqni tushunishga o’rgata boshlash lozim. Buning uchun bolaga o’yinchoq yoki biron narsani bir necha marta nomini aytib ko’rsatish kerak. Keyinchalik bolaga ba’zi narsalaming nomi aytilganda, u ko'zlari bilan shu narsani qidirib topadigan bo’ladi. Bu narsa bolaning kattalar nutqini tushuna boshlagjinidan darak beradi. Bola nutqni ozmi-ko’pmi tushima boshlagsmidan so’ng unga faqat narsahiming nomi emas, balki ayrim sodda harakatlaming nomlarini o’rgata boshlash lozim. Harakatning nomini og’zaki takrorlab ayni vaqtda shu harakatning fc'ajarilishini ham bir necha marta ko'rsatilsa, bola harakatning nomini estiitishi bilan uni bajarishga o’rganadi. Masalan, chapak-chapak, deb takrorlab turib chapak chalinsa bola sbiu so’z aytilishi bilan chapak chaladigan, yosh bolaga “assalom alaykuin”, deb ta’zim qilib ko’rsatilsa, bola shu so’zni cshitisbi bilan ta’zim qiladigan bo'ladi.

Bola ayrim so’zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko’proq aloqada bo’lishni xohlaydi. Ana shundan foydalanib, bola bilan imkoni boricha ko'proq munosabatda bo’lishga, uning nutqini o’stirishga harakat qilish lozim. Buning eng oson yo’li bola bilan mashg’ul bo’lgan paytda unga eng sodda so’z elementlarini to’g’ri ayta bilishni o’rgatishdir.Chunonchi, kuchukning rasmini ko’rsatib “rnana, vov-vov”, mushukning rasmini ko’rsatib, “mana, miyov-miyov”, xo'roz yoki tovuqning rasmini ko’rsatib, “mana ku-ku” deyish kerak.Bunda bolalar “vov-vov”, “miyov-miyov”, “kuk-ku” kabi so’z elementlarini ravon talaffuz qilishga o’rganadilar. Bundan tashqari 9-10 oylik bolalarga o’z tana a’zolarining nomlarini ham o’rgata boshlash kerak. Bolaga - “mana bumi”, “mana og’zi”, “mana ko’zi”, “mana qoshi”, “mana qo’li” deb bir nccha marta takrorlab ko’rsatilgandan keyin, bola o’z a’zolarining nomini aytish bilan ularni birin-ketin kcfrsatadigan boladi. Keyinchalik bolalarda ana shimday sodda so'zlami umunlashtirish qobilyatini ham o'stirish kerak. Bolaga “oyingning ko’zi qani”, “qo’g’irchoqning bumi

-49-


qani”, “akangning qo’li qani?” kabi savollar berilsa, bola a’zolarini to’g’ri ko’rsatishga o’rganadi. Bola dastlabki paytlarcla tilga tushuna boshlashi katta odamlarning talafifuz intonasiyalari va Irolaga ko’rsatib qiladigan ishora harakatlari bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun hali yoshiga to’lmagan bolalar har bir so'zni shu so’z orciali ifodalangan konkret narsalar bilan bog’lay olmaydilar. Boshqagha qilib aytganda, yoshiga etmagan bolalarda ayrim so’zlarni tushunish hali ikkinchi signal darajasiga (ya’ni signalning signali darajasiga) ko’tarilgan emas. Bu degan so’z shuki, hali yoshiga etmagan bolalar so’zhuni shu so’zlar orqali itbdalangan narsalar bilan assosiativ tarzda bog’lash orqali emas, balki intonasiya va imo- ishora, harakatlar orqali tushunadilar. Bolalar nutqining o’sishi ular idroki, xotirasi, tiifakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam t>eradi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bolaning psixikasi iming aktiv faoliyati, turli-tuman harakatlari, o’z atrofidagi narsalami ko’proq bilib olishi jarayonida rivojlanar ekan, uning erkin harakatlaii uchun qulay sharoit yaratish zarur. Bola harakatlarini cheklash esa psixikasining normal rivojlanishiga ma'lum darajada zarar etkazadi. Shu sababli bolani harakat qilishga imkon bermaydigan holatga solib qo’yish haddan tashqari qattiq siqib yo rgaklamaslik, uzoq vaqt yo’rgaldangan holatda qolib ketmasligi kerak .Bir yoshga to’lgan davrdan boshlab bolalarga ayrim gigienik odatlami singdirib borish kerak. Odat qanchalik yoshlikdan boshlab singdirilsa, u shunchalik mustahkam, ya’ni odamning qalbiga shunchalik chuqur joylashadi. Bolalarga dastawal ozodalik odatlarini singdirib borish kerak. Buning uchun ovqatlantirishdan oldin, bolaning oldiga fartukcha yoki sochiqcha tutub qo’yish va ovqatni qoshiqda oz-ozdan olish kerak. Agar ovqat bolaning og’iz atroflariga surkalib tegib ketsa, shu zahotiyoq artib turish kerak. Ana shulaming hammasi so’z bilan ifodalab bajarilsa, bola zehn solib turadi va tez orada shunga odatlanib qoladi. Keyinchalik ovqatlanishdan oldin fartukcha yo sochiq tutmasangiz, bolaning o’zi talab qiladigan bo’ladi.



  1. Download 1.09 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling