Eng awalo bola maktabga qaysi jihatdan tayyor bo'lishi kerak?
A. jismoniy jihatdan *B. Psixologik jihatdan
axloqiy jihatdan
aqliy jihatdan
-184-
GLOSSARIY
Avtoritarizm - buyruq asosidagi talablarga o‘ylamasdan ko‘r- ko'rona bo‘ysunish.
Afeeleratsiya - bolalar va o‘smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo‘y nisbati va jinsiy taraqqiyotning tezlanishi, jadallashishi.
Aniqlovchi ekspcrimentda bola psixik taraqqiyotga xos muayyan xususiyatlar qayd etiladi.
Asab tizimi - hayvon va odam orgarizmining barcha fimksiyalarini o‘zaro hamda tashqi muhit bilan to‘g irlab, uyg‘unlashtirib turuvchi a’zolar tizimi. U organizmning ichki muhitida ro‘y beradigan o‘zgarishlar va tashqi muhit ta'sirida qo‘zg‘alib, turli a’zolarga ta’sir etgan holda ulaming faoliyatini kuchaytirib yoki susaytirib turadi.
Aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanisM nazariyasi - rus psixologi P.Ya.Galperin tomonidan ishlab chiqilgan va uning shogirdlari tomonidan rivojlantirilgan ta’limot bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishining umumiy psixologik asoslari bosqichma- bosqich ma'lum dastur asosida rivojlanadi.
Axloq - shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me'yorlar tizimi, ma’naviy hulq qoidalari.
Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlami egallash va uni o‘zgartirishni ta'minlaydi.
Bine - Simon testi - bolalar aqliy rivojlanish usuli. Fransuz psixologlari Bine va Simon tomonidan ishlab chiqilgan. Ular ilk bor eksperimental psixologiyaga asos solishgan.
Biografik metod - odsrnni uning taijimai holi bilan bog‘liq bo'lgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli.
Birinchi signal tizimi - narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig'ida hosil bo‘ladigan shartli muvaqqat nerv bog‘lanishlari. U sezgi va idrok turlarida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |