Piramidani yoyish va yig‘ish
Tekshirish materiali: 3 va 4 halqali piramida
Tekshirish metodikasi: bolaga ko'zi oldida “awal katta halqani, endi kichikrog‘ini, undan ham kichikrog‘ini va eng kichkinasini o‘qqa taxlaymiz”, deb piramidaga halqalar yig‘iladi. So‘ngra bolaga piramidani yoyish va halqachalaming katta-kichikligini e'tiborga olib yig‘ish taklif etiladi.
Bajarish:
2 yosh, 2 yoshu 2 oylik - 3 halqachali piramidani halqachalaming katta kcliikligini e'tiborga olib yig‘adi.
2 yosh 6 oylikdan, 3 yoshgacha - 4 halqachali piramidachani halqalaming katta-kichikligini e’tiborga olib yig‘adi.
Tayoqchalardan qurish
Topshiriq idrokning toTiqligi, namunaning ko‘mv fazoviy tahlili, taqlid qilish ko'rsatma bo'yicha harakat qilish ko‘nikmasining rivojlanish darajasini aniqlashga qaratilgan.
Tekshirish materiali: bir xil rangdagi 4 yoki 6 ta yassi tayoqchalar.
-73-
Tekshirish metodikasi: Tayoqchalairdan - “bolg'acha” va “uycha” yasash taklif etiladi: “Mendek, bajar”. Agarda bola ko‘rsatma bo‘yicha topshiriqni bajara olmasa, unga taqlid bo'yicha bajarish taklif etiladi. “Menga qarab yasa”. So'ngra yana toshiriqni namuna bo‘yicha bajarish taklif etiiadi.
Bajarish:
2 yosh, 2 yoshu 6 oylik - bolg‘achani ikkita tayoqchadan yasaydi;
2 yoshu 6 oylikdan, 3 yoshgacha - uychani 6 ta tayoqchadan yasaydi.
Shunday qilib, ushbu bobda ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot xususiyatlari, bu yosh davridagi yetakchi faoliyat, 3 yoshdagi inqiroz, bu davrda shaxs shakllanishining psixologik xususiyatlariga to‘xtaldik. Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar:
Go‘daklik davri, uning tug‘ma xususiyatlari va rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari qanday ?
Ilk bolalik davridiigi muloqotning psixik jihatkiri nimalardan iborat?
Ilk bolalik davridagn asosiy faoliyat turi nima?
3 yoshdagi krizisning sabablari nimalardan iborat?
Ilk bolalik davridn shaxs shakllanishining psixologik asoslari qanday namoyon bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |