K. Alimova Z. T. Nishanova, G. K. Alimova, A. G‘. Turg‘unboeva m. X. Asranboeva


Bog’cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga oilaviy muhitning roli


Download 1.09 Mb.
bet51/85
Sana08.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1758067
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85
Bog'liq
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova-fayllar.org

Bog’cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga oilaviy muhitning roli. Oila bolani o’rab turgan ijtimoiy muhitiing eng muhim bo’g’inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko'rsatadigan tasiri benihoyat kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo’lib, u ko’p jihatdan kattalar qaramog’i va yordamiga muhtoj bo'ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta nndovchi kuchga ega bo’ladiki, u xulq-atvoming regulyatori va psixik rivojlanishining stimulyatori bo'lib xizmat qiladi.

Psixiatrlaming ta’kidlashicha, bolajii haddan tashqari qattiq qo’llik bilan tarbiyalash unda nevrozlami va psixosteniyani keltirib chiqaruvchi omillardan biridir.

Albatta, har bir bolaning oiladagi munosabatlari o’ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining imiumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq atvorini boshqarishda qanday usullardan fovdalanishlariga ko’ra o’rtadagi munosabatlai ko’pincha “demokratik” va “avtoritar” nazorat qiluvchi kabilarga ajratiladi.

Bolalarga oilaviy ta’sir etishning “demokratik” shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko’p narsaga ruxsat beriladi, bola bilafl ko’p kontakt qilinadi, unga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’linadi, ota-onalar bo’lar-bo’lmas ta’qiblami qo’ymaslikka harakat qiladilar, buning o’miga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalami tushuntirishga intiladikir, iloji boricha bolarining savollariga javob h*erishga, ulamig qiziquvchanliklarini qondirishga harakai: qiladilar.

Oilladagi “avtoritar” muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta’qiqlaming ko’pligi bilan xarakterlanadi. “Hukmron” ota-onalar boladan to’liq bo’ysunishini talab qiladilar. Bunday oihdarda bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan-kam o’tkaziladi.

Shu narsa aniqlanganki, “avtoritar” va “demokratik” oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo'ladi. “Demokratik” oilalaming farzandlari ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (guruh fikriga tobe


- 124-


bo’lishni) inkor etuvchi, ijtimoiy munosabatiarida ko’proq emotsiyalami his etuvchi bo’ladilar.

Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo’lishicha oiladagi muhit iliq, ota-ona va bola o’rtasidagi munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo’lsa, bola o’z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, aksincha, nosog’lom oilada tarbiyaUinayotgan bolalar ancha past mavqega ega bo'ladilar.

Shu naisa aniqlanganki, bola qanchalik ko’p mehr-muhabbat ko’rsa, shaxs sifatida anchagins sekin yetiladi, u passivlikka va apatiyaga moil bo’ladilar, ehtimol, keyinchalik ularda kuchsiz xarakter shakllanadi. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo’lgan muloqat xarakteri, ularga mexr-muhabbat bilan, diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo’lishi o’sib kelayotgan inson ahloqiy qiyofasining shakllanishida o’ta muhim rol o’>aiaydi. Shuning uchun ham barkamol inson tarbiyasi awalo oiladagi muhitning sog'lom bo’lishini taqozo qiladi.

Bog’cha yoshidagi bolalaming oila a'zolariga bo’lgan munosabatiari o’g’il va qiz bolalarda farqlanadi. Masalan, o’g’il bolalar qizlarga nisbatan ko’proq o’z jinsidagi oila a'zolari - otasi, akasi, bobosiga o’zini yaqin tutadi.

Oilaning bola shax:si shakllanishi va rivojlanishidagi o’mi beqiyos ekan, oila a'zolari bohilaming psixik rivojlanishini ta.’minlash uchun oilada sog’lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim, tarbiyachilaming eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak.

Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo’ladigan muloqati muhim ahamiyatga egadir. Tengdoshlariga boTgan qiziqish bolada kattalarga boTgan qiziqishidan biroz keyinroq 1 yoshning oxirlarida paydo boTadi. Biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog’cha yosh davrida mustahkamlanib boradi.

4-3 yoshli bola uchun eng og’ir jazo - bu uni o’z tengdoshlari bilan muloqotda boTishidan mahrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning “bolalar jamiyati” a'zolari bilan boTgan munosabatiarini hisobga olmay ko’rib chiqish va o’rganish mumkin emas.

YA.L.Kolominskiy bog’cha yoshidagi bolalar gumhini odamlar ijtimoiy birligining ilk pog’onasi, “kurtagi” deb hisoblaydi.

Bolalar o’z tengdoshlari jamoasiga intiladilaf. Biroq har doim ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatiar o’matishga erishavermaydilar. Ba’z;i bolalar gurahda ancha faol boTib, o’zlarini go’yo “suvdagi baliqday” his etadilar. Ayrimlari anchagina noqulaylikni,

-125-


o’zlariga nisbatan ishonchsizlikni, boshqalarga tobelilaii his etadilar. Nega shunday? Tengdoshlar bilan boTgan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini kucha;/tirib, uning gunihga qattiq bogTanib qolishiga sabab boTadi. Biroq ijobiy mimosabatlari yo'qligi bolani tushkinlika solib, mii xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib qo’yishi mumkin. Bu esa unda bolalarga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy adekvat munosabatni shakllantirishi, ularni yakkalanuvchanlikka moyil qilib qo’yishi ham mumkin.

Bordi-yu, guruhda. bolaga faqat bir odam simpatiya (yoqtirish, ijobiy munosabatda bo’lish) munosabatini bildirsachi? Unda nima boTadi? Bunda simpatiya munosabatining bir tomonlama yoki ikki tomonlamaligi muhim ahamiyatga ega t>oTadi. Agar bu munosabat ikki tomonlama boTsa, bola kimgadir ijobiy munosabatda too’lsa-yu, ijobiy javob ololmasa bola og’ir kechinmalarni kechirishi mumkin. Shuning uchun bog’cha yoshidagi bolalaming o’zaro munosabatlari ijobiy boTishi lozim. Bolalar munosabatlarining xarakteri va bolalar guruhidagi mavqei nafaqat uning shaxsiy xususiyatlari bilan, ayni vaqtda bolalarga nisbatan gumxida shakllangan talablar bilan baholanadi. Odatda ko'pchilik orasida har xil o’yinlami o’ylab topa oladigan “xushchaqchaq, chiroyli rasmlar chiza oladigan, aqliy jihatdan yaxshi rivqjlangan, mashgTlotlarda faol ishtirok etadigan, ancha mustaqil boTgan, saramjon-sarishta bolalar shuhrat qozonadilar.

Ko’p bolali oilalarda oTkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga aka-ukalari, opa-singillari ham kuchli ta'sir ko’rsatadi. Aka-ukalar va opa-singilar bolaga eng yaqin boTgan mikromuhit tarkibiga kirib, unda markaziy o’rinni egallaydi. Bazi tadqiqotchilar, hatto, shunday fikrlardagi, oila a'zolarining soni ko’paygan sari bolalaiga ota-onanig ta'siri susayib, iika-ukalar, opa- singillar ta’siri kuchayib boradi. Katta akalari va opalari davrasida bola o’zini emosional himovalanganday his qiladi. Aka-opalar esa o’zlarini mehribonlik his-tuyg’ularini, tashkilotchilik qobilyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega boTadilar. Ular o’rta,sida bola o'zining tashvishlari, qiziqishlari bilan o’rtoqlashishi mumkin. Akalaru, opalar esa uning ehtiyojlari, jumladan, muloqotda boTish ehtiyojini qondirishlari mumkin.

Demak bog’cha yoshdagi bolalammg boshqa bolalar bilan boTgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi va ana shu munosabatlar maTum miqdorda iming shaxs shakllanishini belgilab beradi.


-126-


0’:z tengdoshlari bilan muloqotda bo’lishga qiynalayotgan, muloqotda bo’lish ehtiyoji yetarlicha shakllanmagan bolalaming tengdoshlari bilan bo’lgan munosabatlarini aktivlashtirmaslik lozim. Yaxshisi, dastlab umumiy qiziqishlarga ega bo’lgan 1- 2 ta sherikni topish, keyinchalik asta-sekin muloqot doirasini kerigaytirib borish maqsadga muvofiqdir. Elolalarda noto’g’ri shakllanib ulgurgan muloqot motivlarini qaytadan qurish, avvalo, boshqalaming fikri bilan hisoblashishga o’rgatish ancha foydalidir.

Kattalaming bog cha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri bolaining boshqa faoliyat: rasm chizish, turli narsalar yasashi, applikasiyalar tayyorlashi, o’quv vazifalarini bajarishi vaqtida ham amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatlami bajarishi davrida bolalarda kattalar va tengdoshlari tomonidan ijobiy bahoga sazovor bo’ladigan narsani yaratishga yo’nalganlik qaror topadi, ijtimoiy yo’nalganlik shakllanib boradi, bilish motivlari, irodaviy va boshqa shaxsiy hususiyatlari tarkib topib boradi.

Insonning psixik rivojlanishi, uning shaxs sifatida shakllanishi o’zini o’zi anglashining ya’ni o’zini jismoniy, ma'naviy hamda ijtimoiy mavjudot sifatida anglashning qaror topishi bilan bog'liq.

0’zini-o’zi anglaslining rivojlan shi har bir bolada o’ziga xos tarzda kechadi. Biroq barcha bolalarda, odatda, xayotning birinchi yili oxiriga kelib, o’zini-o’zi anglashning paydo bo'lganini tasdiqlovchi belgilar kuzatiladi: bola o’zini, o’z tanasini uni o’rab turgan fazodan ajrata boshlaydi. 0’zini-o’zi anglashning keyingi rivojlanishi bolaning o’z xohishlari va umuman, faoliyati motivlarini anglashi bilan bog’liq bo’ladi. 0’z faoliyatining motivlarini anglash bolaga o’zini-o’zi anglashriing keyingi bosqichiga o’tishga, ya’ni o’z harakatlaridan ajrata olishga vordam beradi.

Dastlab bola o’zini faoliyat sub’ekri sifatida anglamaydi. “Doniyor sakrayapti”, “Sevinch mdamoqchi”, - ilk bolalik yoshidagi bolalar o’zi haqida deb aytishadi.

Xayotning 3-yili o’zini-o’zi anglash rivojidagi muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Chunki bu davrda bolada awallari predmetga mahkam biriktirib qo’ygan harakatni asta-sekin imdan ajrata boshlaydi. Bu hodisa birdan, o’z-o’zidan ro'yobga chiqmaydi. Uning amalga oshishiga sabab bolaning awalgi predmetli harakatini y£ingi sharoitlarda bajarishi va uni boshqa predmetlarga ko'chirishidir.

“Men o'ynayapman”, “Men riyinayapman”, “Men ovqat yeyapman” degan gaplami hamda “c>’zim” degan so’zni 3 yoshli

-127 -


bolaning nutqida tez-tez uchratishimiz imumkin. 0’zini uchinchi shaxs olmoshi bilan ifodalashdan “men” olmoshini ishlatishga o’tishi ilk bolalik davrining eng muhim yutuqlaridan biridir. Ba’zi psixologlar, (L,I.Bojovich) hatto, ilk bolalik davrining oxiriga kelib paydo bo'luvchi “Men” tizimi va uning yuzaga keltiradigan mustaqil harakat qilish ehtiyoji, o’z “Men”ini ro’yobga chiqarishi, namoyon etish ehtiyoji ushbu davrda joizaga keluvchi eng markaziy yangi tuzulma, deb hisoblashadi. Bu tuzulma ketidan paydo bo'luvchi tuzuhnalar orasida o’ziga-o’zi baho berishnuig yuzaga kelishi bolaning shaxs sifatida rivojlanishida o’ta muhim aihamiyat kasb etadi.

Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni ilk bolalik davrining oxiri va bog'cha yoshining boshidagi o’ziga-o’zi baho berishning genezisida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan bo’lgan muloqoti hal qiluvchi ahainiyatga ega bo’ladi. Bola o'zining imkoniyatlari haqida adekvat bilimga ega bo'lmaganligi tufayli kattalarning unga bergan bahosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda bola o'zini kattalar orqah, ulaming bola haqidagi fikri orqali baholaydi. Bola bu davrda o’ziga-o’zi baho berishda i;o’lahgicha kattalaming fikriga suyanadi . 0’zi haqidagi mustaqil tasawair elementlari esa biroz keyinroq paydo bo’ladi.

Maxsus taqiqotlaining ko’rsatisfiicha, (B. G. Nechayev va b.) ushbu elementlar dastlab shaxsiy sifatlar. ahloqiy fazilatlami baholashda emas, balki predmetli va tashqi xususiyatlami baholashda namoyon bo’ladi. Bu esa harakatlaming predmetdan to’liq ajralib chiqmaganligini ko'rsatadi.

Bog’cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sezilarli bo'lgan o'zgarish o’zga kishining tashqi xususiyatlarini baholashdan shaxsiy xususiyatlarini baholashga o’tishida ifodalanadi.

Barcha yosh guiuhlardagi bolalarda o’zlaridan ko’ra o’zga shaxslami ob’ektivroq baholashlari kuzatiladi. Biroq bu yerda ham ma’lum bir farqlar uchraydi. Jumladan, katta bog’cha yoshidagi bolalar “Sizlammg orangizdagi eng yaxshi bola kim?” degan savolga odatda “Men” deb javob bermaydilar. Ammo bu bolaning o’ziga-o’zi beradigan bahosi pasayganini bildirmaydi. Bolalaming bimday javobni

bermasliklariga sabab shundaki, bu yoshda ular ko’pincha

maqtanchoqlik yaxshi emasligini biladilar. Agar o'zlarini ijobiy tomondan baholamoqchi bo’Isalar, buni ko’pincha bilvosita amalga oshiradilar. Masalan, “Sen yaxshi bolarnisan yoki yomon bolamisan?” degan savolga bolalar (bog’chaning katia guruh bolalari) “Yaxshi” yoki

-128-


“Yomon” deb javob bermaydilar, buning o'miga “Bilmadim... Men kattalarga quloq solaman”, “Men ham 100 gacha sanashni bilaman”, “Men doim navbatchilarga yordam beraman” deb aytadilar.

Bog’cha yosh davrida o’ziga o’zi baho berish emosional harakterga ega bo'ladi. Bolaning boshqalarga beradigan bahosi ham shunday xususiyatga ega bo’ladi. Bola uni o’rab turgan kattalardan qaysi biriga ishonch his etsa, mehri tovlansa o’sha kishiga ijobiy baho beradi. Katta bog'cha yoshidagi bolalar ulami o’rab turgan kattalaming ichki olamiga baho berishga harakat qiladilar. 0’rta va kichik bog’cha yoshidagi bolalardan farqli ravishda. kattalarning ichki olamiga anchagina chuqur va differensiallashgan baho beradilar.

Aniqlanishicha, bolaning guruhda egallagan mavq[ei uning o'ziga o’zi beradigan bahosiga ta’sir etadi. Masalan, guruhdagi mavqei unchalik baland bo'lmagan bolalarda o’ziga juda yuqori baho berish, aksincha guruhdagi mavqei ancha yaxshi bo'lgan bolalarda o’zini past baholash tendensiyasi kuzatiladi. Bog;’cha yoshining oxiriga kelib, bolaning atrofdagilarga beradigan bahosi ancha chuqur, to'liq detallashgan va kengaytirilgan tus ola boshlaydi.

Bu o'zgarishlar shu bilan tushuntiiiladiki, katta bog'cha yoshidagi bolalardi odamlaming ichki olamiga q[iziqish ortib boradi, ular baho berishda muhim bo’lgan mezonlami o’zlashtirib boradilar, tafakkur va nutqlari rivojlanib boradi.

Bog’cha yoshidagi bolaning o’ziga-o’zi beradigar bahosida xmda rivojlanib borayotgan g urur va uyat tuyg'ulari ham aks etadi. 0’zini- o’zi anglashining rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu sohalaming rivojlanib borishi natijasida bola ham o’zini, hara o’zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo’la boshlaydi, yani unda o'zining ijtimoiy menini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga o’tishida hamda uning maktabga psixologik tayyorligida muhim rol o’ynaydi. Bog’cha yoshining oxiriga kelib, bolaning o'zgalarga va o’z o’ziga beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidchanlik ancha o'sadi. Bog'cha yoshidagi bolaning motivatsion sohasi aktiv rivojlanib boradi. Kichik bog'cha yoshidagi bolaning xulq-atvori ilk bolalik davrlarida unchalik farq qilmaydi. Bu davrda ham bolalar asosan situativ emotsiyalari va xohish-istaklari ta'sirida harakat qiladilar, biror harakatni bajara turib ular nima uchun shunday qilayotganliklarini to’liq tushunmaydilar va tushuntira olmaydilar. Katta bog'cha yoshidagi bolalaming xatti-harakatlari ancha aniqlangan tarzda ro’y beradi. Har

-129-


xilmotivlar bog’cha yoshining turli bosqichlaridagi bolalami aynan bir harakatni amalga oshirishga undaydi. Masalan, 3 yoshli bola o’yinchoqlarini yuvishdan maqsadi suv o'ynash bo’lsa, 6 yoshli bolaning maqsadi o’yinchoqlami toza qilish, onasiga yordam berishidan iborat bo’ladi.

Bog’cha yosh daviida motivatsion sohada aynan shu davrga xos motivlar paydo bo’ladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bo’lgan qiziqish bilan, ularga o'xshashga harakat qilish bilan bog’liq motivlar ham mavjud bo’ladi.

Maxsus tadqiqotlai (L.Z.Neverovic:h va b.)ning ko’rsatishicha, o’z tabiatiga ko’ra ijtimoiy bo’lgan motivlar bog’cha yoshidayoq ancha katta, hatto, shaxsiy manfaat va faoliyatining tashqi, prosessual tomonlariga qiziqish kabi motivlardan ham kattaroq undovchi kuchga ega bo'lishi mumkin. Biroq tabiatdan vamazmunan ijtimoiy bo’lgan motivlar spontan ravishda yuzaga kelmay, balki kattalaming tarbiyalovchi ta’siri ostnda shakllanadi.

Demak, bog’cha yosh davrida xulq-atrofning yangi motivlari paydo bo’ladi. Bu motivlar muayyan o’zaro munosabatlarga kirishadilar, bir biriga t»og’langan holda motivlar ierarxiyasini hosil qiladi. Motivlar ierarxiyasi bog’cha yosh davridagi bolaning motivatsion sohasida paydo bo'luvchi va uning rivojlanishida juda muhim o’rin egallovchi tuzilma bo’lib hisoblanadi.

Motivlar ierarxiyasidagi motivlaming bir-biriga o’zaro tobe bo’lib bog’langanligi tufayli bola muhim, lekin ancha zerikarli vazifani bajarish uchun ayni damda unga qiziqarli bo’lib ko'ringan mashg’ulotdan voz kechishi mumkin. Bog’cha yosh davrida faoliyat motivlari ma’lum bir tizimga tushib, ayrim motivlar boshqalaridan ustun kela boshlaydi. Qanday motivning ustun kelishi bola hulq-atvorinmg yo’nalishini belgilab beradi. Bog’cha yosh davrida bola shaxsining o’zagi endigina shakllanayotgan bo’lsa ham, shu davi dayoq bolalami hulq-atvorida ma’lum bir yo’nalganlik kuzatila boshlaydi. Bu yo'nalganligi har xil - egoistik yo'nalganlikdan tortib, individualistik, ijtimoiy yo’nalganlikkacha bo’lishi mumkin (albatta, ushbu yoshning imqonyatlari doirasi).

Bog’cha yoshidayoq ba’zi bolalar hulq-atvorida yaratuvchanlik, ayrim bolalarda esa buzg’imchilika, iste’molchilikka bo’lgan mayllar yorqin namoyon bo’ladi. Tarbiyachi va ota-onalar bunday mayllami tez payqab olishi lozim. Chunki bu salbiy xususiyatlami o’z vaqtida korreksiya qilish, ijtimoiy jihatdan qadrlanadigan ehtiyoj va motivlami


-130-


shakllantirish, har bir bola uchun o’z-o’zini namoyon etishga sharoit yaratish imkomyatini beradi.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling