K arim a q osim ova
Download 48 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
Akam
va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi, qo'shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo'shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo'shimchalari qo'shiladi. Shundan so'ng o'quvchilar „Ona tili" darsligidagi qoidani o'rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar. O'quvchilarga egalik qo'shimchalari haqidagi ko'nikmani shakl lantirish uchun matndan egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan otni topish, uni tarkibiga ko'ra tahlil qilib, egalik qo'shimchasining shaxs- sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo'shimchasini qo'shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi. Egalik qo'shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlaming kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitob ning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida esa egalik qo'shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog'lanib, so'z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi. Otlam ing kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'rgatish. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlaming gapda boshqa so'zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o'rgatishda o'quvchilaming gapda so'zlaming bog'lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o'quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog'langan so'zlarni (so'z birikmalarini) ajratishga o'rganganlaridan so'ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so'zlaming bog'lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bil ish uchun o'quvchi ot gapda qaysi so'z bilan bog'langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so'zlar bilan bog'langanda qo'shimchalar bilan o'zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o'quvchilar 1-sinfdayoq so'z shakllarining o'zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so'z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O'quvchilar key- ingi sinfda shakl yasovchi (so‘z o'zgartuvchi) qo'shimchalar bilan tanishadilar, bu qo'shimchalar gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat qilishini tushunadilar. 4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda ot ning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini to'g'ri yozishga o'rgatish hisoblanadi. Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o'rganiladi: 1) otlaming kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish; 2) ko'plikdagi otlaming turlanishini o'rgatish; 3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o'rganish va u bilan bog'liq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida ko'nikma hosil qilish. Otlaming kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi — turlanish haqida tushuncha berish bilan o'quvchilarga kelishik qo'shimchalari gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat qilishi, o'zbek tilidagi olti keli shik, ularning nomi, so'roqlari, qo'shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi. O'quvchilar turlanish bilan kelishiklaming mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so'z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so'zlar bilan shakl yasovchi qo'shimachalar Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling