M a’nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechm aydi. Buni deyarli
barcha sinflarda o'rganiladigan „O 'zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi" m isolida ko'rish mumkin. M a’lum ki, madhiya kichik
yoshdagi bolalarga mo'ljallab maxsus yaratilmaydi. Binobarin, uning
matnidagi ,,hur o ‘lka“ , „to abad", ,,ilm -u fan", „shuhrating", „ajdod-
lar", „m ardona ruhi senga yor", „o'chm as iym oni", „istiqlol m ash’ali",
„tinchlik posboni", „haqsevar ona yurt", „mangu bo'l o b o d “ , J o 's h
urgan" kabi ko'pdan-ko'p so'zlar, iboralar o'quvchilarga izohlab tu-
shuntirilm asa, ta’limdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lm aydi.
4-sinfda Q. Hikmatning „Qish to'zg'itar m om iq par" sh e’rini
o'rganishda albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. S h e’rni
o'qishdan oldin unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o'tkaziladi
yoki sh e’r m azm unini tushunish uchun o'quvchilar bilishi lozim bo'lgan
voqealam i o'qituvchi qisqa qilib aytib beradi.
M a ’lum ki, qish fasli go'zal ko'rinishi bilan odam da yoqim li
tuyg'ular uyg'otadi. Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash,
qorbo'ron o'ynashdan olam -olam zavq oladilar. Qishdagi s o f va toza
havogina em as, oppoq qorga burkalib turgan daraxtlar, dala-bog'lar
kishida ajib bir kayfiyat uyg'otadi.
„Qish to'zg'itar m om iq par" (Qudrat H ikm at) sh e ’rini o'rganish
jarayonida agar qor yog'm agan bo'lsa, ayni manzara tasvirlangan
rasmlardan foydalanish ham mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan,
albatta, „kiimush" sifati qo'shib aytiladi. Bu shu fasl hukm ronligi
davridagi manzaraga, qorning oppoq bo'lib tovlanishiga, ko'zlarni
qamashtirishiga ishoradir. Ushbu sh e’rni o'rganish darsi dastlab
o'qu vch ilam ing qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlashdan bosh
Do'stlaringiz bilan baham: |