K arim a q osim ova


Download 48 Kb.
Pdf ko'rish
bet183/280
Sana03.06.2024
Hajmi48 Kb.
#1841679
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   280
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Akam 
va 
kitobim, akang
va 
kitobing, akasi
va 
kitobi
kabi oxiri unli hamda 
undosh tovush bilan tugagan otlar so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi, 
qo'shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri 
unli tovush bilan tugagan otlarga 
-m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si
egalik 
qo'shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga 
-im, -ing, 
-i, -imiz, -ingiz, -i
egalik qo'shimchalari qo'shiladi. Shundan so'ng 
o'quvchilar „Ona tili" darsligidagi qoidani o'rganadilar, jadvalni tahlil 
qiladilar.
O'quvchilarga egalik qo'shimchalari haqidagi ko'nikmani shakl­
lantirish uchun matndan egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan otni 
topish, uni tarkibiga ko'ra tahlil qilib, egalik qo'shimchasining shaxs- 
sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik 
qo'shimchasini qo'shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli 
ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo'shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlaming 
kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida egalik qo'shimchasi 
bilan qo'llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan 
(kitob­
ning muqovasi, Rahimning kitobi),
kishilik olmoshlarining kelishiklar 
bilan turlanishini o'rganish jarayonida esa egalik qo'shimchasi bilan 
kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog'lanib, so'z 
birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
Otlam ing kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'rgatish. 
Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlaming gapda 
boshqa so'zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni 
o'rgatishda o'quvchilaming gapda so'zlaming bog'lanishini bilishlari 
nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o'quvchilar gapda ma’no 
va grammatik tomondan bog'langan so'zlarni (so'z birikmalarini) 
ajratishga o'rganganlaridan so'ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash 
gapda so'zlaming bog'lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bil­
ish uchun o'quvchi ot gapda qaysi so'z bilan bog'langanini aniq bilishi 
kerak. Ot gapda boshqa so'zlar bilan bog'langanda qo'shimchalar 
bilan o'zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o'quvchilar
1-sinfdayoq so'z shakllarining o'zgarishi bilan amaliy tanishadilar, 
ammo ular so'z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O'quvchilar key-


ingi sinfda shakl yasovchi (so‘z o'zgartuvchi) qo'shimchalar bilan 
tanishadilar, bu qo'shimchalar gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat 
qilishini tushunadilar.
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda ot­
ning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini 
to'g'ri yozishga o'rgatish hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o'rganiladi:
1) otlaming kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2) ko'plikdagi otlaming turlanishini o'rgatish;
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o'rganish va u bilan 
bog'liq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida ko'nikma 
hosil qilish.
Otlaming kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi — turlanish 
haqida tushuncha berish bilan o'quvchilarga kelishik qo'shimchalari 
gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat qilishi, o'zbek tilidagi olti keli­
shik, ularning nomi, so'roqlari, qo'shimchalari va joylashish tartibi 
tushuntiriladi.
O'quvchilar turlanish bilan kelishiklaming mohiyatidan kelib 
chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega 
va kesim) va so'z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa 
har xil so'zlar bilan shakl yasovchi qo'shimachalar 

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling