K arim a q osim ova


Maktabda so'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishini o'rganish nima


Download 7.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/283
Sana14.08.2023
Hajmi7.78 Mb.
#1667148
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   283
Bog'liq
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)

1. Maktabda so'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishini o'rganish nima 
uchun katta ahamiyat kasb etadi?
2. 1-4-sin flard a so'zning moifemik tarkibini o'rganish tizimi mohiyatini 
tushuntiring.
3. Siz o'quvchilarni bir xil o'zakli so'zlam ing muhim belgilari bilan 
qanday tanishtirardingiz? Bu tushunchani shakllantirishga qanday shartlar 
yordam beradi?
4. So'z yasovchi qo'shimchaning tilimizdagi ahamiyatini o'zlashtirishda 
o'quvchilarga qanday yordam beriladi?
5. Shakl yasovchi qo'shimchalami o'rganishning o'ziga xos xususiyatlarini 
tushuntiring.
6. Dasturga muvofiq so'zning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini 
tayyorlang.
S o ‘z turkum larini o 'rg an ish m etodikasi
So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi 
so'zlaming leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga 
ko'ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so'z turkumlari haqidagi ilm 
hisoblanadi.
So'zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga:
1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki 
holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik
www.ziyouz.com kutubxonasi


(so'zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakl- 
larning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, 
so‘z turkumlari ustida ishlash o'quvchilaming muayyan guruhdagi 
so'zlaming umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi 
sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, ol­
mosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-gram­
matik guruh alohida o'rganiladi. Bu so'z turkumlarini o'rganishning 
boshlang'ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi 
va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini 
aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, 
sifat, son, fe’ining quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) so'z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib
harakat yoki holat);
2) qanday so'roqlarga javob bo'lishi;
3) o'zgarish-o'zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mav­
judligi;
4) gapda, asosan, qanday bo'lak vazifasida kelishi.
O'quvchilar mana shu o'rgangan belgilari asosida so'z turkum­
larini taqqoslaydilar. Ular nimani o'rganganlariga qarab, har bir so'z 
turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va 
chuqurlasha boradi. Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinfda so'zlar dastlab 
javob bo'ladigan morfologik so'roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda 
„So'z turkumi“ tushunchasi shakllantiriladi. O'quvchilar har bir so'z 
turkumiga xos ayrim belgilar (so'z turkumlarining umumlashtirilgan 
leksik ma’nolari, otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi, bo'lishli 
va bo'lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’ining gapdagi vazifasi) bilan 
tanishtiriladi. 4-sinfda so'z turkumlarining morfologik-sintaktik xususi­
yatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o'quvchilar otlaming egalik 
va kelishiklar bilan o'zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, 
kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda 
shaxs-son va zamonni o'rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang'ich 
sinf o'quvchilarining so'z turkumlari yuzasidan bilimlari hajmi 
ko'rsatilgan:
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 7.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling