K arim a q osim ova
Maktabda so'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishini o'rganish nima
Download 7.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Dasturga muvofiq sozning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini tayyorlang.
1. Maktabda so'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishini o'rganish nima
uchun katta ahamiyat kasb etadi? 2. 1-4-sin flard a so'zning moifemik tarkibini o'rganish tizimi mohiyatini tushuntiring. 3. Siz o'quvchilarni bir xil o'zakli so'zlam ing muhim belgilari bilan qanday tanishtirardingiz? Bu tushunchani shakllantirishga qanday shartlar yordam beradi? 4. So'z yasovchi qo'shimchaning tilimizdagi ahamiyatini o'zlashtirishda o'quvchilarga qanday yordam beriladi? 5. Shakl yasovchi qo'shimchalami o'rganishning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntiring. 6. Dasturga muvofiq so'zning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini tayyorlang. S o ‘z turkum larini o 'rg an ish m etodikasi So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlaming leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So'zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik www.ziyouz.com kutubxonasi (so'zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakl- larning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o'quvchilaming muayyan guruhdagi so'zlaming umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, ol mosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-gram matik guruh alohida o'rganiladi. Bu so'z turkumlarini o'rganishning boshlang'ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, sifat, son, fe’ining quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar: 1) so'z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holat); 2) qanday so'roqlarga javob bo'lishi; 3) o'zgarish-o'zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mav judligi; 4) gapda, asosan, qanday bo'lak vazifasida kelishi. O'quvchilar mana shu o'rgangan belgilari asosida so'z turkum larini taqqoslaydilar. Ular nimani o'rganganlariga qarab, har bir so'z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va chuqurlasha boradi. Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinfda so'zlar dastlab javob bo'ladigan morfologik so'roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda „So'z turkumi“ tushunchasi shakllantiriladi. O'quvchilar har bir so'z turkumiga xos ayrim belgilar (so'z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi, bo'lishli va bo'lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’ining gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so'z turkumlarining morfologik-sintaktik xususi yatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o'quvchilar otlaming egalik va kelishiklar bilan o'zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o'rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'z turkumlari yuzasidan bilimlari hajmi ko'rsatilgan: www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling