o'quvchilar o'zlari erkin ravishda gap tuzadilar.
B oshlang'ich sinflarda ijodiy m ashqlarning quyidagi turlaridan foyd a
laniladi:
1. G ap tuzish uchun mavzu beriladi, o'quvchilar shu m avzuga
m os gap tuzadilar:
„Quyoshli kunda", „ Bizning uy" yoki „Quyon va
tipratikan “
kabi.
2. N arsa rasmi yoki sujetli rasm beriladi, o'quvchilar rasm asosida
bir yoki bir necha gap tuzadilar.
3. Ikki-uchta „tayanch" so 'z beriladi, o'quvchilar shu so'zlarni
qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so 'z sifatida b olalam in g faol
lug'atiga aylantirish zarur bo'lgan so'zlar olinadi.
B O G ‘L A N IS H L I N U T Q VA U N I O 'S T I R I S H V AZIFALAR I
Fikrni bayon etish ehtiyojini am alga oshirishga qaratilgan, tugal
langan m avzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida
tuzilgan, m ustaqil, tugallangan va o'zaro bog'langan m a’n oli qismlarga
bo'linadigan nutq
bog'lanishli nutq
deyiladi.
B og'lanishli nutq birligi sifatida hik oya, m aqola, rom an, m onogra-
fiya, doklad, hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o'qituvchi ber-
www.ziyouz.com kutubxonasi
gan savolga
0
‘quvchilarning keng, mukammal og'zaki javobini, yozm a
bayon va inshoni olish mum kin.
Boshlang'ich sinflar m etodikasida bog'lanishli nutqqa oid m ashq
turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1
) berilgan savolga keng, mukammal javob;
2
)
0
‘qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o'rganish;
o'quvchilar lug'atini faollashtirish bilan bog'liq holda har xil m atnli
mashqlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |