K arim a q osim ova
BADIIY ASAR USTIDA ISHLASH
Download 7.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (birinchi sintez).
- (ikkinchi sintez).
BADIIY ASAR USTIDA ISHLASH
Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o 'qituvchi badiiy asarning san’at asari sifatida o'ziga xos xususiyatlari va o 'quvchilam ing tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi. Badiiy asarda barcha qism lar (g'oyaviy asos, kom pozitsiya, sujet, tasviriy vositalar) o'zaro bog'liq bo'ladi. Sujet rivoji asosida asar qah- ram onlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o'q ish va idrok etishni talab etadi. O 'quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o'rgatish ularda adabiy- estetik tahlil m alakasini shakllantirish va o'stirish orqali ta ’lim -tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar m atnini tahlil qilish m uallif fikrini, hissi- yoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga m unosabat uyg'otadi. Asar tahlili o'qituvchidan o'quvchilar faoliyatini m a ’lum maqsadiga yo'naltirishni taqozo qiladi. „M aktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy m aqsad asarda if odalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o 'quvchilarni badiiy adabiyot olam iga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan m uallifning m unosabati va niyatlarini payqab olishga im koniyat yaratishdan ibo- ratdir. O 'quvchilam ing yozuvchi oldinga surgan g'oya, m uam m olarni to 'liq tushunishlariga erishm ay turib, adabiyotning yoshlam i tarbi- yalashdagi vazifasini amalga oshirib b o 'lm a y d i" 13. O 'quvchi asarning m azm uni bilan uni m utolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga m urojaat qiladi. M u tolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zam iridagi m a’noni c h u q u r o'rganishga yordam beradi. O 'qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi m asalalarni hal qilishi lozim: 1. Asar ustida ishlashning maqsad va m azm unini aniqlab olishi. 2. Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi. 3. H ar bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi. 4. A sam i qanday m etodlar asosida o'rganishni aniqlashi. 13 Z u n n u n o v A. va boshq. A dabiyot o 'q itis h m etodikasi. — Т.: , , 0 ‘q itu v c h i“ , 1992. 160-bet. www.ziyouz.com kutubxonasi 5. 0 ‘quvchilar egallaydigan bilim, k o 'n ik m a va m alakalar doirasini belgilab olishi. B oshlang'ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bos qichga bo'linadi: Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi m atnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq m azm uni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. Ikkinchi bosqich (analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish m azm uni voqealar rivojining bog'lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini o chadi), asar kom pozitsiyasini ochish (tugun, kulm inatsion nuqta, yechim ), asarning aniq m azm unini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qah ram o nlar xulq-atvorini baholash (m uallif nim ani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nim a uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat. Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish m azm uni ishtirok etuvchi shaxslarning m uhim xususiyatlarini um um lashtirish, q ah ram o n lam i taqqoslash va baholash, asarning g'oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish m anbai va sa n ’at asari sifatida baholash (qanday m a ’lum otlarga ega bo'ldik, asar nim aga o'rgatadi, m uallif o 'z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq-ravshan va t a ’sirli tarzda yetkazadi va hokazo)dan iboratdir. Ikkinchi sintezdan so'ng o'qilgan asarga bog'liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o'tkaziladi. A sar m aqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o 'q u vch ilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ular uchu n ijodiy jarayondir. Badiiy asarni o ‘qishga tayyorgarlik Asarni o'qishga kirishishdan oldin o'quvchilarni badiiy asarni o 'qishga tayyorlash lozim bo'ladi. C h unki o 'quvchilar asar m azm unini to 'g 'ri idrok etishlari uchun hayot haqida m a’lum tasaw u rg a ega bo'lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o'tkaziladi. M a ’lum ki, sinfda o 'q ish asosida badiiy va ilm iy-om m abop m a tn lar tu rad i. O 'qu vch ilarn i m atn bilan tan ishtirish o'qishga tayyorgarlik bosq ichidan boshlanadi. Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida m a ’lum ot berish, o 'q uvch ilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalam i idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va k o 'p m a’noli so'zlar, m urakkabroq www.ziyouz.com kutubxonasi tarzdagi obrazli ifodalam i izohlash kabi m asalalarni o 'z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo'lsa, tabiat qo'yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o'qish m uvaffaqiyat ini ta ’m inlashga xizm at qiladi. M atn bilan dastlabki tanishuvdan so 'n g quyidagicha savollar bilan m urojaat qilish darsda o 'quvchilam ing faolligini oshiradi: Download 7.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling