1. Ilk qadam takomillashtirilgan ikkinchi nashri qachon qabul qilingan?
Javob:2022 yil 4-fevral
2. Rivojlanish bolaning xaritasidagi K.B.T.D qisqartmalaridan K qanday manoni anglatadi.
Javob:Kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi.
3.Paul Koelo uni dunyodagi eng kata kutubxona deb atalgan.Ammo uni hozirgi kunda o`rgimchak to`riga qiyoslashadi.
Savol:Gap nima haqida ketmoqda?
Javob:Internet.
4. . Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?
Javob:Soat
5. Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko’rmaysiz.U – ?
Javob:Kafan
6. . Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar?
Javob: Tabiblarga
7. U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari hafvliroq. Uning kattasimi, kichigimi har birimizda bor. Mantiqiy o’ylab javobini toping.
Javob:Xato
8. Ingliz fermerlari sigirlarga ko’proq tuz berish samarali ekan deyishmoqda. Tuzning qanday foydasi bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz?
Javob:Tuz yegan sigirlar ko’p suv ichadi, ko’p suv ichsa ko’p sut beradi.
9. Qiziq savol: Teatr aktyorlari bir narsadan juda qo’rqishadi, hatto tushlariga kirsa o’ngimda teskarisi bo’ladi deb o’zlarini yupatishadi. Chunki u aktyorlik ijrosiga ham salbiy ta’sir o’tkazadi. Savol: teatr aktyorlari nimadan ko’proq qo’rqishadi?
Javob: Bo’m-bo’sh zaldan
10. . Bir gap borki uni xursand odamga aytsangiz, hafa bo’ladi, hafa bo’lgan insonga aytsangiz xursand bo’ladi. Bu qanday gap?
Javob:Bu kunlar ham o’tib ketadi.
11. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari ilk qadam o`quv dasturining qaysi bobida berilgan?
Javob:Ilk qadamning 3 bobida
12. Yevropa Ittifoqida bu kun – Yevropa kuni, AQSH da – o‘qituvchilar kuni, shu kuni 1958-yili Mixail Botvinnik Vasiliy Smislov ustidan G‘ALABA qozonadi va shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qaytarib oladi.
Savol: Bu kuni bizda qanday ataladi?
Javob:Xotira va qadrlash kuni.
Izoh: Gap 9-may haqida ketmoqda.
13. Ushbu sana Suriyada “Revolyutsiya kuni”, Armanistonda “Onalar kuni” sifatida bayram qilinadi. Savol: Qaysi sana?
Javob:8-mart.
14. Ernest Xeminguey fikri: “Sen baxtli bo‘lmoqchi ekansan, senda mustahkam sog‘liq bo‘lishi kerak va u
kuchsiz bo‘lishi kerak. Chunki u kuchli bo‘lsa, baxtning yo‘liga doim chiqaveradi”. Savol: Xeminguey u
deganda nimani nazarda tutgan?
Javob:Xotira.
Izoh: Xeminguey xotirang kuchsiz bo‘lsin, shunda o‘tmishni eslayvermaysan deb aytgan
15. Sayyoramizdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini qamrab olgan, ancha yuqori darajadagi tabiiy tizim U deb ataladi. Uning elementar birligi biogeotsenoz hisoblanadi, ya’ni barcha biogeotsenozlar yig‘indisi Uni
tashkil etadi. Uning nomi yunoncha “hayot” va “shar” so‘zlari qo‘shilishidan tashkil topgan Savol: Uni yozib
bering.
Javob:Biosfera
16. Tokioda ULARni Samarali qayta ishlash tizimi mavjud.Barcha yonuvchilarni yondiriladi,tutun filtirlar orqali chiqariladi va filtirlangan kul sement ishlab chiqarilishda ishlatiladi. O`zbekistonda ULAR uchun maxsus rangli qutilar ishlab chiqariladi.
SAVOL: ULAR deganda nimalar nazarda tutilyapti?
Javob:Chiqindilar
17. Zavodda istalgan ishchining o‘rnida ishlab keta oladigan bir hazilkash o‘zini Unga o‘xshatadi. U shuningdek “Kuldiruvchi gaz” dan qurol sifatida foydalanadi. Savol: Uni toping.
Javob:Joker.
Izoh: Kartadagi Joker istalgan boshqa karta o‘rnini egallay oladi.
18.Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyallari ketma-ketligini ayting.
Javob:1.Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakilanishi .
2.Ijtimoiy hissiy rivojlanish.
3.Nutq,Muloqot,o`qish va yozish malakalari.
4.Bilish jarayonining rivojlanishi.
5.Ijodiy rivojlanish.
19.Ilk qadam o`quv dasturining 8-bobi qanday nomlanadi.
Javob:Resurs ta’minot.
20.O’rgimchaksimonlar turkimiga kiruvchi BU jonzot bir yildan ortiq oziq-ovqatsiz yashashi mumkin. Bundan tashqari, U bir necha hafta davomida muzlatib, so`ng U eritib yuborilsa ,tirik va yaxshi holatda qolar ekan.23-oktabrdan 22-noyabrgacha tug’ilgan insonlar bu jonzot nomi bilan ataluvchi burjga mansub bo`ladi.
Savol: Bu qaysi Jonzot?
Javob:Chayon
Do'stlaringiz bilan baham: |