K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Bank kreditlari va olingan qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
8.2.Bank kreditlari va olingan qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi
Korxonalar banklardan va boshqa yuridik shaxslardan o‘zlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish, moliyaviy –xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli , shuningdek kapital qurilish ishlarini olib borish va boshqa maqsadlar uchun uzoq muddatli kreditlar va qarzlar olishlari mumkin. Kreditlar va qarzlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq korxonaning kassasiga berilishi, hisob-kitob yoki boshqa maxsus schyotlariga o‘tqazib berilishi, shuningdek bankdagi maxsus ssuda schyoti orqali to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan taqdim etilishi mumkin. 21- son BHMS ga muvofiq bank kreditlarining hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida, olingan qarzlar esa 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida olib boriladi. Ushbu passiv schyotlarning kreditida kreditlar va qarzlarning olinishi, shuningdek ular bo‘yicha majburiyatlarning qoldig‘i, debetida esa ularning qaytarilishi aks ettiriladi. Bank kreditlari va olingan qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlar va ular bo‘yicha hisob –kitoblar maxsus 6920 « Hisoblangan foizlar» schyotida olib boriladi. Olingan bank kreditlari va qarzlar, ularning qaytarilishi, hisoblangan foizlar buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Bank kreditlari va olingan qarzlarning analitik hisobi ularning turlari va qaytarish muddatlari bo‘yicha olib boriladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling