K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Debet 9430 “ Boshqa operatsion harajatlar” Kredit


Download 1.67 Mb.
bet152/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Debet 9430 “ Boshqa operatsion harajatlar”
Kredit 4910 “Shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv”

Shubhali qarzlar da’vo muddatlari o‘tgandan so‘ng yoki ularni da’vo muddati o‘tmasdan oldin hisobdan chiqarishga yetarli asoslar bo‘lganda, masalan debitor korxonaning yopilib ketganligi aniq bo‘lsa, tashkil etilgan rezerv hisobidan hisobdan chiqariladi va unga quyidagicha buxgalteriya yozuvi qilinadi:


Debet 4910 “Shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv”
Kredit Debitorlik qarzlar schyotlari (4010-4020,4110-4120,4310-4330,4810-4890).
Hisobot yilning oxiriga kelib ishlatilmayin qolingan rezerv summasi korxonaning hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartibga muvofiq kelgusi yilga qoldiq sifatida o‘tqazilishi yoki bekor qilininishi mumkin. Agar shubhali qarzlar rezervi kelgusi yilga o‘tqazilsa, u holda uning summasiga balansda debitorlik qarzlar kam qilib ko‘rsatiladi. Agar shubhali qarzlar rezervining ishlatilmayin qolingan qismi bekor qilinsa, u holda ushbu summaga rezervga ajratma summasi storno qilinadi, ya’ni quyidagi qizil rangdagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet 9430 “ Boshqa operatsion harajatlar”
Kredit 4910 “Shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv”
Shubhali qarzlar bo‘yicha rezerning analitik hisobi shubhali qarzlar va ularning muddatlariga qarab yuritiladi. Korxonaning hisob siyosatida shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv tashkil etish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u hollarda mavjud shubhali qarzlarni hisobdan chiqarish bevosita korxonaning boshqa operatsion harajatlariga (9430 –schyot) olib boriladi.
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari



1.Debitorlik qarzlar - bu
a) korxonaning xususiy kapitali
b) korxonaning majburiyatlari
v) olinadigan schyotlar
g) korxonaning foydasi
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri
a) Debitorlik qarzlar milliy valyutada boshlang‘ich qiymatda hisobga olinadi
b) Debitorlik qarzlar chet el valyutasida hisobga olinadi
v) Debitorlik qarzlar milliy valyutada sof qiymatda balansda aks ettiriladi
g) Debitorlik qarzlar hohlagan valyutada hisobga olinadi

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling