K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Mehnat ta’tili haqini hisoblash tartibi


Download 1.67 Mb.
bet160/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Mehnat ta’tili haqini hisoblash tartibi. Korxona xodimlari ish faoliyatining birinchi yili 6 oy ishlaganlaridan so‘ng, keyingi yillarda esa mehnat ta’tili grafigi yoki xodimning arizasiga muvofiq mehnat ta’tilini olish huquqiga egadirlar. Mehnat ta’tilini qaysi sanadan boshlab necha kunga berilishi korxona rahbarining buyrug‘ida ko‘rsatiladi. Buyruq asosida mehnat ta’tili haqi quyidagi tartibda hisoblanadi.


1.Ishbay ishlovchilar uchun



  • oldingi mehnat ta’tilidan keyingi mehnat ta’tiligacha olgan ish haqi summasi, shuningdek shu davrda olgan mukofatlarining summasi topilib, ushbu summa ishlagan oylar soniga bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir oylik to‘lov summasini bildiradi. Aytaylik, xodimning o‘tgan yilda olgan ishbay ish haqi summasi 360000 so‘mni, olgan mukofatlari 120000 so‘mni tashkil qilgan, deylik. Unda ushbu xodimga o‘rtacha bir oylik to‘lov 40000 so‘mni ( ( 360000 +120000 ) /12 ) tashkil etadi.

  • O‘rtacha oylik to‘lov summasi oydagi o‘rtacha ish kunlari soniga (25,4 kun) bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasini bildiradi. Bizning misolimizda ushbu to‘lov 1575 so‘mni (40000:25,4) tashkil qiladi.

  • O‘rtacha bir kunlik to‘lov summasi buyruq bo‘yicha berilgan mehnat ta’tili kunlari soniga ko‘paytiriladi. Topilgan summa xodimning mehnat ta’tili haqini bildiradi. Agar xodimga 15 kunlik mehnat ta’tili berilgan bo‘lsa, u holda uning mehnat ta’tili haqi 23625 so‘mni ( 1575 x 15 ) tashkil qiladi.



2.Vaqtbay ishlovchilar uchun -xodimning oxirgi oydagi maoshi va o‘rtacha bir oylik olgan mukofatlari summasi mehnat ta’tili haqini hisoblashga asos qilib olinadi. Hisob-kitoblarning qolgan qismi yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi.

Ish haqining hisoblangan barcha turlari va ularning jami summasi hisob-to‘lov qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda alohida ustunchalarda ko‘rsatiladi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling