K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet161/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Ish haqidan ushlanmalar. Hisoblangan ish haqidan turli ushlanmalar qilinadi, ularni ikki guruhga ajratish mumkin:

  • Majburiy ushlanmalar - bularga daromad solig‘i, 2,5 foizlik byudjetdan tashqari pensiya fondiga ushlanma, sud va boshqa organlarning ijro hujjatlari bo‘yicha ushlanmalar ( alimentlar, jarimalar va boshqalar), berilgan avans summasi, ortiqcha hisoblangan mehnat ta’tili haqi, yetqazilgan zararlar kiradi.

  • Ixtiyoriy ushlanmalar – bularga xayriya sifatidagi ushlanmalar, kasaba uyushma va boshqa uyushmalarga a’zolik to‘lovlari, jamg‘arma schyotlariga ushlanmalar, turli kommunal xizmatlar uchun ushlanmalar va boshqa xodimning o‘z arizasiga ko‘ra amalga oshiriladigan boshqa ushlanmalar kiradi.

Ish haqidan ushlanmalarning barcha turlari va ularning jami summasi hisob-to‘lov qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda alohida ustunchalarda ko‘rsatiladi. Mehnat Kodeksiga muvofiq (164-modda ) xodimning ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Hisob-to‘lov qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda hisobot davri boshidagi qarz, shuningdek hisoblangan jami ish haqi va jami ish haqidan ushlanmalar asosida har bir xodim bo‘yicha hisobot davrining oxiridagi qarz, ya’ni korxonaning xodimga bo‘lgan yoki xodimning korxona oldidagi qarzi, aniqlanadi.
Ish haqini berish tizimlari. Xodimlarga ish haqini berishning ikkita tizimi mavjud:

  • Avansli tizim – ushbu tizim asosan vaqtbay ishlovchi xodimlar uchun qo‘llaniladi. Unga muvofiq to‘liq ishlagan xodimlarga hisobot oyning birinchi yarimi uchun belgilangan ish haqining 50 foizigacha avans beriladi. Avans kassadan to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi.

  • Avanssiz tizim –ushbu tizimda ish haqi bo‘yicha korxonaning qarzi faqat hisobot oyi tugagandan so‘ng to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi.

Bankdan ish haqi uchun olingan pul mablag‘lari kassadan olingan kundan boshlab uch kun ichida tarqatiladi. Ushbu muddatda olinmagan ish haqi deponentlangan ish haqi deb ataladi, u alohida qaydnomaga ko‘chirilib yoziladi va bankga topshiriladi. Deponentlangan ish haqlari xodimlarning talabiga ko‘ra bankdan darhol olib kelinishi va tarqatilishi lozim.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling