K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
Muallif
1-BO‘LIM BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY ASOSLARI 1-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA TAMOYILLARI 1.1. Hisob tushunchasi, uning turlari va boshqaruvda tutgan o‘rni Har qanday jamiyatni rivojlanishi uni boshqarishni taqozo etadi. Boshqarish, o‘z navbatida, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida yuz bergan va berayotgan jarayonlar, xo‘jalik faoliyatini olib borayotgan sub’ektlarning mablag‘lari, ularni tashkil etish manbalari, erishayotgan natijalari va boshqa jihatlari to‘g‘risidagi axborotlarni mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday axborotlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi vosita bo‘lib xo‘jalik hisobi hisoblanadi. Xo‘jalik hisobi negizida, ko‘rinib turibdiki, «xo‘jalik» va «hisob» so‘zlari yotadi. «Xo‘jalik» deganda ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan, o‘zining bazisi va ustqurmasiga ega bo‘lgan sub’ektlar tushuniladi. Xo‘jalik sifatida qaraladigan sub’ektlar bo‘lib bir butun mamlakatning o‘zi va uning turli tarkibiy bo‘linmalari, masalan, tarmoqlari, sohalari, mintaqalari, hududlari, vazirliklar, birlashmalar, korxonalar hisoblanadi. Mamlakat doiraisdagi xo‘jalik xalq xo‘jaligi, uning eng qo‘yi bo‘g‘inidagi xo‘jalik korxona xo‘jaligi deb ataladi. Iqtisodiyotning yuqori va qo‘yi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi xo‘jaliklarga tarmoqlar, sohalar, birlashmalar, viloyatlar, tuman va shaharlar xo‘jaliklari kiradi. «Hisob» - bu xo‘jalikda yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi. Demak, hisobning asosiy mahsuli bo‘lib axborot, hisob yuritishning asosiy maqsadi bo‘lib, bu axborotlarni aniq, to‘liq va o‘z vaqtida yig‘ish, qayd etish, guruhlash va foydalanuvchilarga yetkazib berish hisoblanadi. Shunday qilib, ikki so‘z yig‘indisidan tashkil topgan «xo‘jalik hisobi» xalq xo‘jaligining turli bo‘g‘inlarida yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularni natijalarini soniy va sifat jihatdan harakterlovchi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimidir. Xo‘jalik hisobini u yoki bu belgilariga qarab turli turlarga ajratish mumkin (1-chizmaga qarang). Xo‘jaliklarni moliyalashtirilishiga ko‘ra ularda yuritiladigan hisobni ikkiga bo‘lish mumkin: korxona hisobi, byudjet hisobi. Korxona deganda o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlaydigan, mustaqil faoliyat yuritadigan xo‘jalik tushuniladi. Ularga zavod va fabrikalar, firmalar, shirkatlar, jamoa xo‘jaliklari, qurilish tashkilotlari, banklar va boshqalar kiradi. Ushbu xo‘jaliklarda yuritiladigan hisob korxona hisobi deb ataladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling