K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Axborot berish funksiyasi


Download 1.67 Mb.
bet6/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Axborot berish funksiyasi – bu ichki va tashqi foydalanuvchilarni xo‘jalik faoliyati, uning mablag‘lari, mablag‘larni tashkil topish manbalari, faoliyat natijalari to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash. Foydalanuvchilarga beriladigan axborotlar qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Reallik – beriladigan axborotlarni aniq boshlang‘ich hujjatlarga asoslanganligi;

  • O‘z vaqtidalilik – axborotlarni foydalanuvchilarga kerakli vaqtda yetkazish;

  • Batafsillik- axborotlarni foydalanuvchilarga ularning talablarini qoniqtiradigan mazmunda berish;

  • Neytrallik – axborotlarni foydalanuvchilarga bir-birini huquqlariga putur yetkazmasdan berish;

Xo‘jalik hisobi beradigan axborotlar xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarini strategig va taktik boshqarish vositasi, o‘tqaziladigan iqtisodiy tahlil va auditning asosiy manbai, nazorat qilish quroli hisoblanadi.
Nazorat – bu yuz bergan, berayotgan va beradigan xodisa va jarayonlarni qonuniyligi, haqqoniyligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish. Xo‘jalik hisobi tomonidan olib boriladigan nazoratni asosan uchta turga bo‘lish mumkin:

  • Dastlabki nazorat

  • Joriy nazorat

  • Keyingi nazorat



Dastlabki nazorat – xo‘jalikda yuz bergan va beradigan xodisa va operatsiyalarni qonuniyligi, ular bo‘yicha tayyorlangan boshlang‘ich hujjatlarni to‘g‘riligini ularni imzolash chog‘ida tekshirish.
Joriy nazorat – yuz bergan jarayon va operatsiyalarni ular bo‘yicha tuzilgan hisobotlarni qabul qilish chog‘ida tekshirish.
Keyingi nazorat – xo‘jalikda yuz bergan jarayon va operatsiyalarni, mablag‘lar holatini inventarizatsiya qilish, taftish o‘tkazish, taqqoslama dalolatnomalarni tuzish yo‘llari bilan tekshirish.
O‘z - o‘zini sinash uchun testlar


Buxgalteriya hisobi qanday turlarga bo‘linadi?

a) Operativ va analitik b) Moliyaviy va boshqaruv


v) Moliyaviy va statistik g) Boshqaruv va texnik



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling