K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Buxgalteriya hisobining ob’ektlari


Download 1.67 Mb.
bet9/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Buxgalteriya hisobining ob’ektlari



Xo‘jalik faoliyatini tashkil qiluvchi jarayonlar



  • Ta’minot jarayoni

  • Ishlab chiqarish jarayoni

  • Sotish jarayoni







1.Uzoq muddatli aktivlar

  • Asosiy vositalar

  • Nomoddiy aktivlar

  • Kapital investitsiyalar

  • Moliyaviy investitsiyalar

  • Uzoq muddatli qarzlar

2.Qisqa muddatli aktivlar

  • Tovar –moddiy boyliklar

  • Pul mablag‘lari

  • Kelgusi davr harajatlari

  • Kechiktirilgan harajatlar

  • Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar)




Xo‘jalik aktivlari







Xo‘jalik aktivlarining manbalari



1.Xususiy kapital

  • Ustav kapitali

  • Qo‘shilgan kapital

  • Rezerv kapitali

  • Taqsimlanmagan foyda

  • Maqsadli tushumlar

  • Rezervlar

2.Majburiyatlar

  • Qarz va kreditlar

  • Ta’minotchilarga to‘lanadigan schyotlar

  • Soliqlar va majburiy ajratmalar bo‘yicha qarzlar

  • Ish haqi bo‘yicha qarzlar

  • Ta’sischilarga qarzlar

  • Boshqa kreditorlik qarzlari






Xo‘jalik faoliyati natijalari



1.Foyda
2.Zarar





3-chisma. Buxgalteriya hisobining predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlar
olingan foyda yoki zarari, sotish jarayonining harajatlari, unga doir soliqlar va boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Buxgalteriya hisobining birinchi guruh ob’ekti bo‘lib hisoblangan xo‘jalik faoliyati faqatgina uni tashkil etuvchi jarayonlarni doimiy va uzliksiz ravishda amalga oshirib borgan holda mavjud bo‘ladi. Bu jarayonlarni bir birisiz tasavvur etib bo‘lmadi, chunonchi ta’minotsiz ishlab chiqarish, ishlab chiqarishsiz esa sotish jarayoni amalga oshmaydi. Sotish bo‘lmasa korxonaga pul kelib tushmaydi, pulsiz esa ta’minot, ishlab chiqarish jarayonlarini yangidan takrorlab va rivojlantirib bo‘lmaydi. Bundan xulosa qilsa bo‘ladiki, xo‘jalik faoliyati mablag‘larni usliksiz aylanishidan va ko‘payib borishidan iboratdir. Buyuk iqtisodchi Karl Marks xo‘jalik faoliyati jarayonlarini kapitalning aylanishi deb e’tirof etib, uni o‘zining «Kapital» asarida quyidagicha ifodalagan edi.
MP
P ICH TM T P 1
MV
Bu yerda: P-pul, MP-mehnat predmetlari, MV-mehnat vositalari,
TM-tayyor mahsulot, T-tovar, P 1 - sotishdan olingan pul.

Xo‘jalik faoliyatining barcha jarayonlari buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Har bir jarayonda yuz bergan operatsiyalar buxgalteriya hisobida o‘zining soniy o‘lchovini va sifat tavsifini topadi. Buxgalteriya hisobi ta’minot jarayonida mehnat predmetlari va vositalarini qancha miqdorda, qaysi baholarda, qaysi ta’minotchilardan sotib olininganligi, shuningdek ular bo‘yicha ta’minotchilar bilan hisob-kitoblarning holati to‘g‘risida batafsil axborot beradi. Ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha buxgalteriya hisobida qanday mahsulotlar ishlab chiqarilganligi, qancha ishlab chiqarilganligi, buning uchun qancha harajat qilinganligi, omborlarga qabul qilingan tayyor mahsulotning qiymati (tannarxi) va boshqa ma’lumotlar shakllanadi. Sotish jarayoni bo‘yicha buxgalteriya hisobi qancha mahsulot sotilganligi, kimlarga sotilganligi, qanday to‘lov turlari bo‘yicha sotilganligi, qanday baholarda sotilganligi, haridorlar bilan hisob-kitoblarning holati, sotishdan olingan tushum, sotishga doir harajatlar, sotishdan olingan foyda, undan to‘lanadigan soliqlar va boshqalar to‘g‘risida atroflicha axborot beradi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling