K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv hisobi
- Tashqi hisob
- Moliyaviy hisob
- Statistika hisobi
Operativ-texnik hisob deganda xo‘jalik bo‘limlari tomonidan u yoki bu maqsadda yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. Kadrlar bo‘limini xodimlarni ishga o‘z vaqtida kelishi va ketishining operativ hisobi, smena boshlig‘ini yoki masterining stanoklarni ish holati hisobi va boshqalar operativ-texnik hisobga misol bo‘la oladi.
Boshqaruv hisobi – bu xo‘jalik rahbariyati talablariga ko‘ra boshqaruvga tegishli qarorlarni qabul qilish maqsadida batafsil (analitik) tarzda yuritiladigan hisob tizimi. Bunday hisobni xo‘jalikning hamma bo‘limlari olib borishlari mumkin. Ishlab chiqarish hisobi – bu xo‘jalikni ishlab chiqarish jarayonlari va ularning natijalarini u yoki bu usullarda aks ettiruvchi hisob tizimi. Odatda, ishlab chiqarish hisobi negizida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari yotadi, masalan, normativ, reja, haqiqiy tannarx usullari. Tashqi hisob deganda xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni tashqi axborot foydalanuvchilarga taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Tashqi hisobga qo‘yidagilarni kiritish mumkin: Moliyaviy hisob Statistika hisobi Moliyaviy hisob deganda xo‘jalik moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni asosan tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun asosan hisobotlar ko‘rinishida taqdim etiladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilar ham keng foydalanadilar. Moliyaviy hisob ma’lumotlarini keng iste’mol qiluvchi tashqi va ichki foydalanuvchilarning tarkibi 2-chizmada keltirilgan. Statistika hisobi deganda jamiyatda yuz bergan va berayotgan yoppa hodisa va jarayonlarni soniy aks ettiradigan va sifat jihatdan izohlaydigan hisob tizimi tushuniladi. Statistika hisobining asosiy mahsuli bo‘lib statistik hisobotlar hisoblanadi. Statistik hisob ma’lumotlarni tuman, viloyat va yaxlit mamlakat doirasida jamlaydi. Statistik hisob davlat tomonidan strategik boshqaruvni olib borishga asos hisoblanadi. Davlat tomonidan tartibga solinishiga ko‘ra xo‘jalik hisobini ikki turga bo‘lish mumkin: Reglamentlashtiriladigan Reglamentlashtirilmaydigan Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling